Mashhur hind filmlaridagi kayfiyatni ko‘taruvchi yoqimli qo‘shiqlar (video)

Hind kinosanoati vakillari tomonidan suratga olingan filmlar rang-barang raqslar va musiqiy chiqishlarga boy ekani bilan boshqalardan ajralib turadi. Band turmush tarzidan charchagan va biroz chalg‘ishni istaganlar uchun Bollivud filmlaridagi kliplar ayni muddao.
“Pakana oshiq” filmidan
Shohrux Xonning filmografiyasidagi eng muvaffaqiyatsiz, Bollivudning eng yomon filmlaridan biri ekaniga qaramay, kartinadagi musiqa va qo‘shiqlar kishining kayfiyati ko‘tarilishiga hissa qo‘shadi.
“Hiqichoq” filmidan
Sujetga ko‘ra Turetta sindromidan aziyat chekadigan Nayna Matur ismli qiz muallim bo‘lishni istaydi.
Muvaffaqiyatga erishishiga hech kim ishonmagan bir vaqtda qizga Avliyo Notker maktabidan ish taklif qilinadi.
Yaqinlari, maktab rahbari va o‘quvchilarning masxara hamda pichinglariga qaramay Neyra yuklatilgan vazifaning uddasidan chiqadi.
“Nuqson” filmidan
2019-yilda suratga olingan mazkur filmda Aliya Bhatt va Varun Dhavan suratga tushgan.
Musiqalar Pritam Chakraborti va Ankit Bahlara tomonidan yozilgan.
“Yashirin yulduz”
Otasi qattiqqo‘l bo‘lgan Insu ismli qiz mashhur xonanda bo‘lishni istaydi. Uning iste’dodidan faqat buvisi, onasi va ukasining xabari bo‘ladi.
Yaqinlarining ko‘magi bilan qiz qo‘shiq kuylab YouTube’ga qo‘yadi. Minglab muxlislar yuzini yashirib qo‘shiq kuylagan, iste’dodli qizning kim ekanligini bilishni va uni sahnada ko‘rishni istaydi.
“Pikey” filmidan
Amir Xon mazkur filmda Yerda qurilmasini yo‘qotib qo‘ygan va uyga qaytishni istaydigan o‘zga sayyoralik (bosh qahramon) rolini ijro qilgan.
Unga bu borada jurnalist qiz yordam beradi. Pikey esa o‘z navbatida qizga yoqtirgan yigitini qaytarishga ko‘maklashadi.
Qurilmasini topmagunicha odamlar orasida qolishga majbur bo‘lgan qahramonning beradigan savollari hayotga boshqacha nazar bilan qarashga undaydi.
Mualliflik huquqini buzgan 10 nafar xonanda litsenziyasidan ayriladi
Oʻzbekistonda 10 nafar xonanda mualliflik huquqini buzgani uchun litsenziyasidan ayrilishi mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi xabar berdi.Qayd etilishicha, konsert-tomosha faoliyatini amalga oshirayotgan ijrochilar tomonidan mualliflik huquqi va turdosh huquqlarini buzish litsenziya talablari va shartlarini qoʻpol ravishda buzish deb hisoblanadi. Bunday hollarda litsenziyalovchi organ litsenziat hujjatining bekor qilishni soʻrab sudga murojaat yoʻllashi lozim.Shunga koʻra, Adliya vazirligi s
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra
Teatr san’ati rivoji yo‘lidagi muhim qadam
Festival doirasida teatr jamoasi 'Bremen musiqachilari' spektaklini namoyish qilib, xalqaro tomoshabinlar e'tiborini qozondi. Shu bilan birga, yosh tomoshabinlarda iliq taassurot qoldirdi.Mazkur ishtirok'O'zbekiston teatr san'ati rivoji yo'lida muhim qadam bo'lib, mahalliy ijodkorlarning xalqaro miqyosdagi muvaffaqiyatini namoyon etadi.
Vatan manzumasi
Toshkentdagi 'Turkiston' saroyida 'Vatan manzumasi' deb atalgan maʼrifiy-musiqiy dastur namoyish etildi. Yurtimizning barcha hududlarida tomoshabinlar hukmiga havola etiladigan bu dasturda yangi Oʻzbekiston armiyasining hayotimizda tutgan oʻrni madh etiladi.Harbiy orkestr va milliy cholgʻu asboblari ansambli ohanglari ostida Vatan tuygʻusi, ona yurt himoyasi ulugʻlanadigan jangovar qoʻshiqlar, publitsistik sheʼrlar tomoshabinlarda ajib zavq uygʻotdi.Yangi Oʻzbekiston armiyasining qudra