Aziz G'aniyev jamoasi Otabek Shukurovning «Sharja»sini mag'lub etib, BAA Superkubogiga ega chiqdi

Futbol bo'yicha BAA Superkubogi doirasida «Sharja» va «Shabob al-Ahli» jamoalari 22 yanvar, juma kuni o'zaro bahs yuritdi. Uchrashuvdagi yagona gol so'nggi daqiqalar o'tib borayotgan vaqtda urildi: Aziz G'aniyevning jarimadan amalga oshirgan uzatmasini Muhammad Mazruq boshi bilan darvozaga joylab qo'ydi.
Bu gol orqali nominal mehmonlar sovringa ega chiqdi. Mazkur bahsda Otabek Shukrov va Aziz G'aniyev to'liq qatnashdi.
«Sharja» — «Shabob al-Ahli» 0:1
Gol: 0:1 – 90+5 Muhammad Marzuq.
«Sharja»: Odil al-Husani, Shahin Abdulrahmon, Salim Sulton, Ali ad-Dhanhani (Muhammad Xalfan, 89), Markus Meloni, Igor Koronado, Saif Rashid (Majid Surur, 75), Xolid Ba Vazir (Kayo, 75), Otabek Shukurov, Muhammad Abdulvosit, Velliton (Salim Solih, 89)
«Shabob al-Ahli»: Majid Nosir, Volid Abbos, Abdulaziz Hussain, Hamdan al-Kamoli, Abdulaziz Sanqur (Muhammad Marzuq, 46), Karlos Eduardo, Majid Hassan, Fabio Kartabiya, Azizjon G'aniyev, Yahyo al-G'assoni (Muhammad Juma, 77), Igor Jyesus.

Foto: «Shabob al-Ahli» FK "Zamin" yangiliklarini "Telegram"da kuzatib boring
Tursunoy Jabborova — Osiyo chempionati sovrindori
Biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg. vazn toifasida bahslar o'tkazildi. E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg. natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.Afuski, Jabborovaga siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.
Nukusda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Qizg'in bahslarga boy bo'lgan musobaqa yakuniga ko'ra:16 ' 21 yoshlilar orasida:1-o'rin: Beruniy tumani 'Shabboz' MFY2-o'rin: Qorao'zak tumani 'Dosnazarov' MFY3-o'rin: Qo'ng'irot tumani 'Sanoat' MFY.22 ' 30 yoshdagilar orasida:1-o'rin: Mo'ynoq tumani 'Jayhun' MFY2-o'rin: Shumanay tumani 'Momiy' MFY3-o'rinni Xo'jayli tumani 'Uzumzor' MFY jamoalari egalladi.Musobaqa yakunida g'oliblar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, qimmatbaho sovg'alar va O'zbekiston Respublikasi bosqichiga yo'llan
“Sport – tinchlik elchisi” musobaqasi mamlakatimiz talabalarini birlashtirdi
Marosimda so'z olgan rasmiylar oliy va diniy ta'lim muassasalari o'rtasida sportni ommalashtirish, talabalarni sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollikka jalb qilish, ta'lim muassasalari o'rtasida sportni targ'ib qilish orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.Musobaqa doirasida yoshlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kibersport, kurash, arqon tortish, tosh ko'tarish kabi turlar bo'yicha bellashishmoqda.Shuningdek, sport sohasid
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi
Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.