calendar 05 Sep 10:31
eye 24
comments 0
comments Manba: qalampir

Tarixdagi eng arzon MacBook sotuvga chiqariladi

image
image

Apple kompaniyasi o'z tarixida ilk bor eng arzon MacBook sotuvini yo'lga qo'yish ostonasida turibdi. Uning narxi oddiy mijozlar uchun 849 dollardan, talabalar uchun 799 dollardan boshlanadi. Bu haqda ixbt.com maʻlumot berdi. 

Maʻlumotga ko'ra, MacBook'ga 12 dyuymli Retina ekran o'rnatiladi. U 8 yoki 16 GB tezkor xotira, 256 dan 1 TB gacha bo'lgan SSD, Facetime HD kamerasi bilan taʻminlanadi. Quvvatining ishlash muddati 15 dan 20 soatgacha yetadi. U bitta USB Type-S porti, "kapalak" mexanizmli to'rtinchi avlod klaviaturasiga ega bo'ladi. Og'irligi esa taxminan 900 gramm.

Yangi MacBook'ning ranglari kumushrang, oltinrang va to'q kul rang bo'ladi. 

Shunday qilib, yangi MacBook Apple tarixidagi eng arzon noutbukga aylanishi mumkin.

Hozirgi kunda AQShdagi eng arzon noutbuk - Apple kompaniyasining 13 dyuymli MacBook Air'i hisoblanadi. Uning narxi 999 dollardan boshlanadi (talabalar uchun 899 dollardan).

Rushanabonu Sultonova


Doʻstlaringiz bilan ulashing

11 Apr 13:57
 
24
0
qalampir.uz

Maskning miya chipi o‘rnatilgan falaj bemor kompyuter sichqonchasini boshqardi

Amerikalik milliarder Ilon Maskga tegishli Neuralink kompaniyasi inson miyasiga chip o‘rnatish tajribalarida ilk bor muvaffaqiyatga erishdi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.  Bildirilishicha, kompaniyaning neurochipi o‘rnatilgan birinchi bemor shunchaki fikrlash orqali kompyuter sichqonchasini boshqara olgan.  “Tajriba yaxshi o‘tyapti. Bemor yomon asoratlarsiz to‘liq tuzalib ketganga o‘xshaydi. Hozirda u shunchaki o‘ylash orqali sichqonch

11 Apr 13:57
 
18
0
qalampir.uz

Amerika kosmik kemasi 50 yil ichida birinchi marta Oyga qo‘ndi

Intuitive Machines kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan IM-1 missiyasining “Odysseus” uchuvchisiz qo‘nish moduli Oy yuzasiga qo‘ndi. Bu haqda Amerika kosmik agentligi NASA ma’lum qildi. Qayd etilishicha, “Odysseus”ning Yerdan uchirilishi 15 fevral kuni bo‘lib o‘tgan. U NASA’ning Kanaveral burnidagi Kennedi koinot markazidan ko‘tarilgan. Koinot kemasining Oyga yetib borishi uchun sakkiz kun kerak bo‘ldi. “Odysseus” qo‘nganidan ko

11 Apr 13:57
 
16
0
qalampir.uz

Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini ko‘ra boshladi

Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini boshladi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi. “To‘rt kun avval Telegram teraktlarga chaqiruvchi xabarlarning oldini olish choralarini ko‘ra boshladi”, deydi u. Durovning qayd etishicha, mutaxassislar ushbu faoliyatni bostirish uchun texnik va tashkiliy choralarni qo‘llagan. Messenjer asoschisi bu tufayli teraktlarga chaqiruvchi xabarlar

11 Apr 13:57
 
16
0
qalampir.uz

AQSH Adliya vazirligi Apple'ni smartfonlar bozorini monopollashtirishda aybladi

AQSH Adliya vazirligi va 16 ta shtatning bosh prokurorlari Apple kompaniyasini smartfonlar bozorini monopollashtirishda ayblab, sudga murojaat qildi. Bu haqda Adliya vazirligi tarqatgan press relizida aytiladi. “Apple'ning cheklovchi harakatlari amerikaliklarning yangi smartfonlarga (boshqa ishlab chiqaruvchilardan – tahr.) o‘tishini qiyinlashtiradi, ilovalar, mahsulotlar va xizmatlardagi innovatsiyalarga putur yetkazadi va ishlab chiquvchilar, biznes hamda iste’mol