Dunyo voqealari qisqa satrlarda: Qozog'istonning asosiy aviakompaniyasi jarimaga tortildi. Evropaning uch davlati Kiyevga yordam berishni to'xtatmoqchi

🔻 Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo'g'on Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni Xalqaro jinoiy sudda sud qilish kerakligini aytdi. Avvalroq Erdo'g'on Netanyahu tez orada "lash-lush"ini yig'ishtirib, mamlakatni tark etishini istisno etmagan edi.
🔻 Isroil mudofaa kuchlari bir necha minomyotdan otilgan snaryadlarga javoban Livanni o'qqa tutgan.
🔻 Tahlilchilar prognozi: 2030 yilga kelib Rossiyada kadrlar tanqisligi 2-4 million kishiga yetishi mumkin. Na ish haqini oshirish, na muhojirlarni jalb qilish muammoni hal qilishga yordam bermaydi. Eng katta kamomad o'rta kasb-hunar va oliy maʻlumotli shaxslar orasida bo'ladi.
🔻 Olma-ota shahri sudi Air Astana aviakompaniyasini monopol mavqeini suiisteʻmol qilgani uchun 876 million tenge (1 million 800 ming dollar) miqdorida jarimaga tortdi. Aviakompaniya chiptalar narxiga yonilg'i uchun qo'shimcha haqni asossiz ravishda kiritgan. Hozirda aviakompaniyaning 51 foiz ulushi Qozog'istonning "Samruk-Kazina" jamg'armasiga, 49 foizi esa Britaniyaning BAE Systems kompaniyasi sho'ʻba korxonasiga tegishli.
🔻 Indoneziyadagi "Merapi" vulqoni otilishi natijasida 11 sayyoh halok bo'ldi. Yana kamida 12 kishi bedarak yo'qolgan.
🔻 Uch mamlakat Ukrainaga moliyaviy yordam berishdan bosh tortishni ko'rib chiqmoqda: Vengriya, Niderlandiya va Shvetsiya. Bunday rejalar Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Gollandiya Ozodlik partiyasi rahbari Geyert Vilders tomonidan ishlab chiqilayotgani aytilmoqda. Shuningdek, Kiyevni Evropa Ittifoqiga aʻzo bo'lish imkoniyatidan mahrum qilish g'oyasi ham muhokama qilinmoqda.
🔻 BAA suv tanqisligini bartaraf etish uchun 150 million dollar ajratadi. Bu haqda BMTning iqlim o'zgarishi bo'yicha doiraviy konventsiyasi (COP28) ishtirokchilarining 28-konferentsiyasi raisligida maʻlum qilingan.
🔻 Paragvay deputati samolyot halokatida halok bo'ldi. Mamlakat sharqida kichik samolyot qulashi oqibatida yana uch kishi halok bo'lgan.
🔻 Eyfel minorasi yaqinidagi Grenel qirg'og'i hududida bir kishi pichoq va bolg'a bilan yo'lovchilarga hujum qilgan, natijada nemis sayyohi halok bo'lgan. Hujumchi politsiya tomonidan qo'lga olinmaguncha, u yana ikki kishini yaralashga ulgurgan.
🔻 Qo'shma Shtatlar Rossiyaning Ukrainada g'alaba qozonishiga yo'l qo'ymaslik maqsadida Kiyevni harbiy resurslar bilan taʻminlashni davom ettirishga tayyor. Bu haqda Pentagon rahbari Lloyd Ostin Kaliforniyada milliy mudofaa bo'yicha Reygan forumidagi chiqishida maʻlum qildi. U Rossiya-Ukraina urushini NATO ittifoqchilariga chaqiruv va "qoidalarga asoslangan xalqaro tartibga to'g'ridan-to'g'ri hujum" deb atadi.
🔻 Nyu-York Comex birjasidagi savdo maʻlumotlariga ko'ra, oltinning narxi tarixda birinchi marta untsiya uchun 2100 dollardan oshdi.
GʻAROYIB DARAXT
Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt. Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg
Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish
“Ijobiy va konstruktiv” — Tramp davrida birinchi Eron — AQSH muzokaralari qanday oʻtdi?
Eron va AQSH oʻrtasida Tehron yadro dasturi boʻyicha muzokaralarning birinchi raundi Oʻmonda boʻlib oʻtdi. Aytib oʻtish kerak, ikki davlat 2018-yildan buyon bu qadar yuqori darajada hamkorlik qilmagan edi.Har ikki tomon uchrashuvni konstruktiv deb atadi va joriy hafta muzokaralarning ikkinchi bosqichiga kelishib olganliklarini tasdiqladi. Qoʻshma Shtatlar 'toʻgʻridan-toʻgʻri aloqa' mumkin boʻlgan kelishuvga erishishda muhim rol oʻynashini aytdi.Muzokarada Eron delegatsiyasiga ushbu
Afrikalik ayol Xalqaro Olimpiya qoʻmitasiga prezident etib saylandi
Yangi saylangan prezident XOQ tarixida prezident lavozimini egallagan birinchi ayol va Afrikaning birinchi vakili boʻldi. U 2025-yil 23-iyunda amaldagi rahbar Bax tomonidan vakolatlar topshirilgandan soʻng lavozimga kirishadi.'Men shunday harakat qilamanki, barchangiz bugun qabul qilgan qaroringizdan faxrlanasiz. Oldinda bizni koʻplab hamkorlikdagi ishlar kutmoqda. Bu saylov kurashi gʻoyat ajoyib boʻldi', degan Koventri sessiya ishtirokchilariga.Taʼkidlash joiz, Koventri suzish boʻyicha i