calendar 01 Dec 15:54
eye 101
comments 0
comments Manba: zarnews

Kichik biznesni moliyalashtirishning yangi tizimi joriy etiladi

image

Urgut tumanida davlatimiz rahbarining 2023 yil 15 noyabrdagi "Aholini kichik va o'rta biznesga keng jalb qilishning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori mazmun-mohiyatini tushuntirish maqsadida seminar o'tkazildi.

Biznes-ombudsman devoni, Savdo-sanoat palatasi viloyat boshqarmasi hamda bandlik va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasi vakillari hokim yordamchilari, tadbirkorlar hamda tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan fuqarolarga qarorda belgilangan yangi tartib va qoidalar, oilaviy tadbirkorlik, kichik va o'rta biznes uchun yaratilayotgan moliyaviy imkoniyatlar haqida maʻlumot berdi.

– Qarorda nazarda tutilgan asosiy vazifalardan biri 2024 yilda 2 million aholini tadbirkorlikka jalb qilish bo'yicha tizimni joriy etish, – deydi Biznes-ombudsman devoni xodimi Nodir Namozov. – Shuningdek, aholi va tadbirkorlik subʻyektlarini o'qitish orqali ularning biznes tashabbuslarini moliyaviy va konsultativ qo'llab-quvvatlash tizimini yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan. Bunda "oilaviy tadbirkor — mikrobiznes — kichik biznes — o'rta biznes" zanjiri asosida ularning faoliyatini kengaytirish uchun zarur shart-sharoit yaratish ustuvor yo'nalishlardan biri hisoblanadi.

Yaqinda transformatsiyaga uchragan quyidagi tashkilotlarda 2024–2026 yillar uchun keyingi maqsadli ko'rsatkichlar belgilanmoqda. Yaʻni, "Biznesni rivojlantirish banki" ATBga kichik tadbirkorlik subʻyektlariga ajratiladigan kreditlar qoldig'ini 1,7 baravarga oshirish orqali kredit portfelidagi ulushini 28 foizdan 43 foizga yetkazish, kichik biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlaridan 800 million AQSh dollarigacha miqdorda resurslar jalb qilish, 300 million AQSh dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)larni xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqarish, 150 mingta kichik tadbirkorlik subʻyekti faoliyatini yo'lga qo'yish va kengaytirish vazifasi topshirilgan.

"Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi" aktsiyadorlik jamiyatiga esa kichik va o'rta tadbirkorlik subʻyektlariga ko'rsatiladigan moliyaviy xizmatlar hajmini 8 trillion so'mdan 14 trillion so'mga yetkazish, 150 ta o'rta biznes korxonasiga ulush kiritish va xizmatlar ipotekasi asosida 300 ta loyihani tadbirkorlik subʻyektlariga sotish, o'rta tadbirkorlik subʻyektlari sonini 2,5 baravarga oshirish, 300 million AQSh dollari miqdorida obligatsiya (yevrobond)larni xalqaro kapital bozorlarida muomalaga chiqarish vazifasi qo'yildi.

Qaror ijrosi yuzasidan Biznes-ombudsman devoni tomonidan Savdo-sanoat palatasi hamda mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi hududiy boshqarmalari bilan birgalikda har hafta mahallalarga chiqqan holda aholi va tadbirkorlik subʻyektlari o'rtasida davlat dasturlarida kichik va o'rta biznes uchun belgilangan moliyaviy imkoniyatlar to'g'risida targ'ibot-tashviqot ishlari olib boriladi. "Kichik biznesga ko'maklashish markazi" MChJlarda namunaviy qo'llanmalar asosida aholi va tadbirkorlik subʻyektlari uchun o'quv seminarlari o'tkaziladi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
32
0
xs.uz

Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi

Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o

12 Apr 21:15
 
41
0
xs.uz

Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi

Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.

18 Apr 11:08
 
25
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem

04 Apr 16:20
 
54
0
xs.uz

Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi

Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold