Birinchi xonim Ziroat Mirziyoyeva xalqaro sammitda ishtirok etdi


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva Qatarda boʻlib oʻtgan XI Taʼlim boʻyicha xalqaro innovatsion sammitda ishtirok etdi.
Ushbu yirik anjuman 2011-yildan buyon Qatar Davlati Taʼlim, fan va ijtimoiy taraqqiyot fondi (Qatar Foundation) raisi shayxa Muza bint Nosir al-Misnad shafeligida oʻtkazib kelinmoqda. Undan koʻzlangan asosiy maqsad – siyosat, tadqiqotlar, yetakchilik kabi sohalarda tashabbuslarni ilgari surish orqali taʼlimda innovatsion dasturlarni yaratishdir.
Bu yilgi tadbir “Sunʼiy intellekt davrida inson ijodkorligi” mavzusiga bagʻishlandi.
29-noyabr kuni sammitning asosiy tadbirlarida yuqori darajadagi mehmonlar, jumladan, xorijiy davlatlar vazirlari, taʼlim va ijtimoiy sohalar ekspertlari qatnashdi.
Bu sammitdagi ishtirok soʻnggi yillarda jadal rivojlanib borayotgan Oʻzbekiston bilan Qatar oʻrtasidagi hamkorlikning yana bir ifodasi boʻldi.
Toshkentda qimmatbaho elektromobil yonib ketdi
Toshkent shahar Mirzo Ulugʻbek tumanida elektromobil yonib ketdi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi'xabar berdi.Qayd etilishicha, hodisa kecha, 17-aprel kuni soat 23:51 da Mirzo Ulugʻbek tumani Yalangʻoch mavzesida yuz bergan. Elektromobil yonayotgani toʻgʻrisida shahar FVBga kelib tushgan xabarga koʻra, yongʻin-qutqaruv texnikalari aytilgan manzilga soat 23:56 da yetib borib, yongʻinni soat 23:59 da toʻliq oʻchirgan.Taʼkidlanishicha, yongʻin oqibatida halok boʻlgan
Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi
Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati tomonidan 2025-yil 19-martda qabul qilingan 171-sonli qarorga muvofiq, Adliya vazirligi huzuridagi Yuridik kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari belgilandi.Mazkur qarorga asosan Institutning bir qator asosiy vazifalari aniqlab berildi. Jumladan, adliya organlari va muassasalari xodimlari, yuridik xizmat, advokatura, notariat, sud ekspertizasi, arxiv ishi, ish yuritish, ijro intizomi, murojaatlar b
Samarqandda jamoat transporti uchun toʻlov narxlari oshirildi
Elektron toʻlov tizimini ommalashtirish va jamoat transporti moliyaviy faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida toʻlovlar naqd pulda amalga oshirilganda 3 ming soʻm plastik va yagona transport kartalari (ATTO) orqali amalga oshirilganda 2 ming soʻm etib belgilandi.Bundan tashqari, pensionerlar, nogironlar, talaba va oʻquvchilar hamda jamoat transportidan bepul foydalanish huquqiga ega shaxslar uchun alohida tariflar joriy etilgan.
2024-2025-oʻquv yilida oliy taʼlim bilan qamrab olinganlik darajasi qanday?
Ushbu yosh toifasidagi aholining oliy taʼlim bilan qamrov koʻrsatkichlari 2014-yilda 6,8 foiz, 2017-yilga kelib 8,3 foiz, 2020-yilda 18,7 foiz, 2022-yilda 36,6 foiz va 2024-yilda esa 47,7 foiz koʻrinishida boʻlgan.2024/2025 oʻquv yili boshidagi natijalar 2014-yil bilan solishtirilganda 40,9 % ga yuqoriroqdir.Taʼkidlash joiz, 2024-yilda respublikada oliy taʼlim muassasalari soni 211 tani tashkil etib, ulardan 112 tasi davlat, 30 tasi xorijiy va 69 ta nodavlat oliy taʼlim muassasalari ekan