Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati bahslari boshlandi


Kurash muxlislari uchun uzoq kutilgan, hayajonli daqiqalar keldi. Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XIV jahon chempionati boshlandi. “Basha Bash” sport majmuasida 5000 ga yaqin muxlislar olqishlari ostida sportchilar Gilamga yo'l olishdi.
Bugun chempionat dasturiga ko‘ra erkaklar -90 kg, -100 kg, +100 kg, ayollar esa -48 kg, -52 kg, -57 kg -63 kg va -70 kg vazn toifalarida bahs olib boradi.
Musobaqa hakamlari Kurash xalqaro assotsiatsiyasining eng tajribali 25 nafar hakamlaridan iborat bo'ladi. Ularga 2-3 darajali hakam yulduzi uchun imtihonning 15 nafar ishtirokchisi yordam beradi.
Taniqli futbol mutaxassisi Bahodir Davlatov vafot etdi
Uzoq yillar davomida turli jamoalarda murabbiylik qilgan, Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan mutaxassis Bahodir Davlatov vafot etdi. Bu haqida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi xabar berdi.Bugun, 18-aprel kuni uzoq yillar davomida turli jamoalarda murabbiylik qilgan, Oʻzbek futboli rivojiga hissa qoʻshgan sobiq professional futbolchi Bahodir Davlatov 60 yoshida olamdan oʻtdi.Bahodir Boyjonovich Davlatov 1964-yilning 15-iyul kuni Sirdaryo viloyati Yangiyer tumanida tugʻilgan. U futbol
Yosh yengil atletikachilarimiz Osiyo chempionatini ikki medal bilan boshladi
Milliy olimpiya qo'mitasi xabariga ko'ra, musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasi a'zolari 2 ta bronza medallariga sazovor bo'lishdi.Har ikki medalni qizlarimiz bosqon uloqtirish va 1500 metrga yugurish dasturlarida qo'lga kiritishdi.Bronza medal:Shahribonu Zaripova (bosqon uloqtirish)Marjona Saydullayeva (1500 metr).
Talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasi o‘tkaziladi
Musobaqaning mukofot jamg'armasi quyidagicha:1-o'rin ' 20 million so'm;2-o'rin ' 15 million so'm;3-o'rin ' 10 million so'm.Musobaqa g'oliblari avgust oyida Xalqaro shaxmat federatsiyasi prezidenti tomonidan taqdirlanadi va xalqaro shaxmat universiadasida qatnashish huquqini oladi.
TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI
Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining