Fermerlarga soliqdan imtiyoz bor, lekin undan foydalanish uchun birorta ariza kelib tushmagan

2023 yil 1 apreldan boshlab 2024 yil 1 mayga qadar fermer xo'jaliklarida ishlovchi xodimlar uchun to'langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i summasi davlat byudjyetidan ish beruvchilarga to'liq qaytarib berilishi amaliyoti joriy etildi.
Ish beruvchi quyidagi amaliyotni bajarishi zarur:
Birinchidan, My3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetga elektron raqamli imzo (ERI) yordamida kirib, ketma-ketlikda «Xizmatlar» – "Elektron hujjatlar aylanishi" – "Paxta va g'alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari ishchilarining jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini qaytarish" bo'limlari tanlanadi.
Shundan so'ng ochilgan oynada ish beruvchi haqidagi maʻlumotlar (korxona nomi, STIR, manzili va faoliyat turi) avtomatik shakllanadi.
Keyin jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i summasini qaytarish so'ralayotgan davr ko'rsatiladi.
Masalan, iyun oyi uchun soliq hisoboti 2023 yil 15 iyulda topshirilgan. Bunda fermer xo'jalik hisob raqamiga ishchilarining mehnatga haq to'lash tarzidagi daromadlari bo'yicha to'langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'ini hisobot oyidan keyingi oyning 25 sanasidan keyin to'liq miqdorda qaytarish mumkin.
Tegishli sanalar kiritilgach, fermer xo'jaliklar xodimlari ro'yxati va jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i summasi avtomatik tarzda shakllanadi.
Maʻlumotlarning haqiqiyligi va ishonchliligini, xususan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i stavkasi, miqdori va yuridik shaxsning bank rekvizitlari - pul mablag'lari qaytariladigan hisob raqami tekshiriladi.
Amaliyot yakunlangach, "Ariza shakllantirish" tugmasi bosiladi. So'ngra ariza va uning ilovasi shakllanadi.
Kiritilgan maʻlumotlarning to'g'riligiga yana bir bor ishonch hosil qilingach, "Arizani yuborish" tugmasi bosiladi.
Maʻlumot uchun, ariza 5 ish kunida o'rganib chiqiladi. Taqdim etilgan ariza barcha talablarga javob bersa, 1 ish kuni ichida shakllantiriladigan soliq organlarining tegishli xulosasi bilan birga Moliya vazirligi huzuridagi G'aznachilikka yuboriladi.
Xodimlar uchun to'langan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig'i summasini qaytarish tartibi paxta va g'alla yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo'jaligi o'tgan yil yakuni bo'yicha Soliq kodeksining 57-moddasi talablariga javob bergan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etiladi.
Qayd etish lozim, ushbu imtiyozdan foydalanish yuzasidan Samarqand viloyatida bugungi kunga qadar murojaatlar kelib tushmagan.
Viloyat soliq boshqarmasi maʻlumotlari asosida Yoqubjon Marqayev tayyorladi.
***
Ushbu maqola Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi huzuridagi nodavlat notijorat tashkilotlari va fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo'llab-quvvatlash jamoat fondi granti loyihasi asosida tayyorlandi.
Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi
Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Italiyaning mashhur avtomobil kompaniyalaridan boʻlgan 'Ferrari' oʻz tarixida ilk bora elektromobil ishlab chiqarmoqchi. Mashinaning taqdim etilishi shu yilning 9-oktyabriga rejalashtirilgan. Bu haqda 'Reuters' xabar qildi.Yangi model toʻliq kompaniya tomonidan mustaqil tarzda yigʻilib, barcha asosiy elektr uskunalari 'Ferrari' tomonidan yasaladi. Elektr komponentlari ishlab chiqarish va yigʻish uchun yangi sex ham qurilmoqda.'Ferrari' yangi elektromobil uchun uch xil elektr uzatmalar tizim
Buyuk Britaniya Rossiyaga qarshi: London Moskvani ogʻir ahvolga solib qoʻymoqchi
Buyuk Britaniya Ukrainadagi urush boshlanganidan beri Rossiyaga tegishli 25 milliard funt sterlingdan (deyarli 30 milliard yevro) ortiq aktivlarni muzlatib qoʻydi. Bu haqda mamlakat Moliya vazirligi qoshidagi Moliyaviy sanksiyalarni amalga oshirish boshqarmasi (OFSI) 21-mart kuni maʼlum qildi. London va uning ittifoqchilari Rossiyaga nisbatan tarixdagi eng qattiq moliyaviy sanksiyalar joriy etilganini qayd etmoqda.OFSI hisobotida qayd etilishicha, 2022-yil fevral oyidagi toʻliq miqyosli urush
Argentina prezidenti dunyoda yangi yetakchi paydo boʻlganini maʼlum qildi
Argentina prezidenti Xavyer Miley Rossiyani yangi dunyo tartibining yetakchilaridan biri deb atadi. Bu haqda u 'Neura Media' YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib oʻtdi.'Biz hozir dunyo tiklanayotganini koʻryapmiz. Ikkinchi jahon urushidan keyin mavjud boʻlgan dunyo tartibi endi oʻlik. Amerikada AQSH, Yevroosiyoda Rossiya, Osiyoning Rossiya yetakchilik qilmaydigan qismida esa Xitoy yetakchilik qiladi', ' deydi u.Shu bilan birga, Miley Yevropani 'uygʻonish' (inglizcha 'woke' soʻzidan o