Qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartirilmoqda

Parlamentga «Ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida»gi qonun loyihasi kiritildi.
Senat vakolatlari yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirilmoqda. Unga ko'ra, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlariga o'z faoliyatini amalga oshirishda ko'maklashish, Qonunchilik palatasi tarqatib yuborilgan davrda Oliy Majlisning qonunlarni qabul qilishga doir vakolatlarini bajarish, qonunni u Senatga kelib tushgan kundan eʻtiboran 60 kun ichida ko'rib chiqish va boshqalar nazarda tutilmoqda.
Senat aʻzolari har bir maʻmuriy-hududiy birlikdan 4 nafardan saylanishi, 9 nafari prezident tomonidan tayinlanishi (jami 65 nafar) belgilanmoqda. Doimiy asosda ishlovchi senatorlar soni 25 nafar miqdorda saqlanib qolmoqda.
Senatning prokuratura organlari faoliyati ustidan nazorat qiluvchi komissiyasini tugatish taklif etilmoqda.
Senatning quyidagi vakolatlari bekor qilinib, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari sifatida belgilanmoqda:
• davlat byudjyetining ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshirish va Hisob palatasining hisobotini ko'rib chiqish;
• prezident taqdimiga binoan bosh vazir nomzodini ko'rib chiqish va maʻqullash;
• bosh vazir, hukumat aʻzolarining hisobotlarini hamda Vazirlar Mahkamasining har yilgi maʻruzasini eshitish.
Qonunchilik palatasi spikeri o'rinbosarlari soni 7 tadan 2 taga qisqartiriladi. Bunda:
• spikerning o'rinbosarlari fraktsiya aʻzosi bo'lishi mumkin emasligi hamda lavozimda bo'lish davrida siyosiy partiyadagi aʻzolikni to'xtatib turishi belgilanmoqda;
• fraktsiya rahbari moddiy, tibbiy va transport xizmati ko'rsatish shart-sharoitlariga ko'ra spiker o'rinbosariga tenglashtirilmoqda.
Qonunchilik palatasi va Senatning o'zini o'zi tarqatib yuborish vakolati kiritilmoqda. Bunday holatda Qonunchilik palatasiga yangi saylov 2 oy mobaynida o'tkaziladi, Senatning yangi tarkibi 1 oy mobaynida shakllantiriladi.
Rossiyalik oʻquvchilar Oʻzbekiston oromgohlariga keladi
Viloyat oʻquvchilari uchun oromgohlariga sayohatlar tashkil etilishi haqida gubernator Oleg Kojemyako Navroʻz munosabati bilan tashkil etilgan bayramda maʼlum qilgan.'Biz oʻquvchilarimizni tabiiy mevalar bilan toʻyinishlari va yaxshi quyoshli kunlarni oʻtkazishlari uchun Oʻzbekistondagi lagerlarga joʻnatamiz. Hamkorligimiz uzoq va mustahkam boʻlishi uchun barcha ishni qilamiz', degan u.Tadbirda madaniyat doʻstlikning eng yaxshi elchisi ekanligini taʼkidlanib, bunday hamkorlikdagi ishl
Oʻzbekistonda 100 ta uy xoʻjaligiga nechta yengil avtomobil toʻgʻri keladi?
Milliy statistika qoʻmitasi uy xoʻjaliklari tanlanma kuzatuvlarining dastlabki maʼlumotlari eʼlon qilindi.Unga koʻra, 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasida 100 ta uy xoʻjaligiga oʻrtacha toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar soni 58 tani tashkil etgan.100 ta uy xoʻjaligiga toʻgʻri keladigan yengil avtomobillar sonini yillar kesimida hisoblaganda 2010-yilda 21 ta, 2015-yilda 42 ta, 2020-yilda 49 ta hamda 2024-yilda 58 tani tashkil qilgan.Ushbu maʼlumotlardan koʻrish mumkinki, 100 t
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-mart kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ikki tomonlama munosabatlar va mintaqaviy hamkorlikning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.Suhbat avvalida davlat rahbarlari yaqinlashib kelayotgan bahor ayyomi - Navroʻz munosabati bilan bir-birlarini samimiy qutlab, mustahkam sogʻlik, farovonlik va muvaffaqiyatlar, birodar Oʻzbekiston va Tur
Oʻzbekiston jahon parlamentarizmining markaziga aylanadi
2025-yilning 5-9-aprel kunlari 190 ta mamlakatni birlashtirgan Parlamentlararo Ittifoqning eng yirik xalqaro tadbiri ' 150-yubiley Assambleyasiga Oʻzbekiston mezbonlik qiladi.Bunday tadbir Markaziy Osiyo davlatlari tarixida ilk bor yurtimizda oʻtkazilmoqda.'Ijtimoiy taraqqiyot va adolat uchun parlament harakati' mavzusida oʻtkaziladigan Assambleyaning turkum yigʻilishlarida butun dunyo parlament delegatsiyalari tomonidan:Aholini ijtimoiy himoya qilish va kambagʻallikni qisqartirish;Qonun us