calendar 28 Jan 08:51
eye 25
comments 0
comments Manba: zarnews

AQSh harbiy-havo kuchlari generali qo'l ostidagilarni 2025 yilda Xitoy bilan urushga tayyorgarlik ko'rishga chaqirdi

image

Harbiy-havo kuchlari generali Mayk Minixan o'z qo'l ostidagilariga yo'llagan rasmiy xatida Qo'shma Shtatlar ikki yildan so'ng Xitoy bilan urushga kirishishini aytdi, deya xabar bermoqda NBC telekanali.

"Umid qilamanki, men adashyapman, lekin sezishimcha, biz 2025 yilda jang qilamiz", - deya hujjatdan parcha keltirgan telekanal. Xatning haqiqiyligini AQSh havo kuchlari transport qo'mondonligi vakillaridan biri tasdiqlaydi.

Generalning so'zlariga ko'ra, Xitoy rasmiylari 2024 yilda bo'lib o'tadigan AQSh prezidentlik saylovlaridan Tayvan ustidan nazorat o'rnatish bo'yicha operatsiya o'tkazish uchun foydalanishi mumkin.

Bundan tashqari, Minixan o'z qo'l ostidagilarini fevral oyi oxirigacha Xitoy bilan harbiy harakatlarga tayyorgarlik ko'rish choralari haqida hisobot berishga chaqirgan.

Tayvanning eng katta oroli 1949 yildan beri o'z maʻmuriyati tomonidan boshqariladi. Pekin bu hududni Xitoy provintsiyalaridan biri deb biladi.

Tayvan atrofidagi keskinlik 2022 yil avgustida Vakillar palatasining o'sha paytdagi spikeri Nensi Pelosining Taypeyga tashrifi ortidan kuchaygan. U tugallangandan keyingi kun Xitoy xalq ozodlik armiyasi orol suvlaridagi oltita zonada keng ko'lamli raketa otish manevrlarini boshlagan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 May 16:25
 
26
0
qalampir.uz

Bishimbayev sud hukmi ustidan shikoyat qilmoqchi

Kecha, 13 may kuni Qozog‘istonning sobiq iqtisodiyot vaziri Kuandik Bishimbayev turmush o‘rtog‘i Saltanat Nukenovani o‘ldirgani uchun 24 yil qamoq jazosiga hukm qilingandi. Biroq uning advokatlari sud hukmidan norozi va apellyatsiya shikoyati kiritmoqchi. Bu haqda advokatlardan biri Leyla Ramazonova “Orda.kz”ga bergan intervyusida ma’lum qildi.  “Ha, biz shikoyat qilamiz. Albatta, biz hukmga rozi emasmiz. Hujjatlarni hali olmaganmiz, qanday rejalarimiz borli

10 May 13:30
 
26
0
qalampir.uz

Peskov Zelenskiyga suiqasd uyushtirish haqidagi ma’lumotlarga izoh berdi

Kreml voizi Dmitriy Peskov Ukraina Xavfsizlik xizmatining Prezident Vladimir Zelenskiyga suiqasdni oldini olgani haqidagi xabari haqida gapirar ekan, bu ma’lumotlarini haqiqat deb qabul qilish qiyinligini aytdi. Bu haqda u bugun, 8 may kuni mahalliy matbuotga bergan izohida so‘z ochdi. “Men umuman izoh berolmayman. Umuman olganda, siz tushunganingizdek, SBUdan kelayotgan ma’lumotni haqiqat deb qabul qilish qiyin, shuning uchun men hech narsa deya olmayman ", deydi u. E

16 May 10:44
 
21
0
qalampir.uz

Isroil BMTning Falastin huquqlari haqidagi rezolyutsiyasini rad etadi

Isroil hukumati o‘tgan hafta BMT Bosh Assambleyasining Falastinni BMTga to‘laqonli a’zo sifatida qabul qilishni tavsiya qiluvchi rezolyutsiyasini bir ovozdan rad etdi. Bu haqda kecha, 15 may kuni Isroil Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishidan so‘ng Bosh vazir Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi. “Biz 7 oktyabrdagi dahshatli qirg‘inni rag‘batlantirmaymiz, hududidan bizga hujum qilish mumkin bo‘lgan terrorchi davlatning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaymiz”, degan Netanya

12 May 09:41
 
27
0
qalampir.uz

Braziliyada suv toshqini qurbonlari 130 nafardan oshdi

Braziliya janubida suv toshqinlari oqibatida kamida 136 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Argentina va Urugvay bilan chegaradosh Rio-Grande-du-Sul shtati fuqarolik mudofaasi xizmati xabar berdi. “141 nafar kishi bedarak ketgan, 136 nafar kishi esa vafot etgan”, deyiladi hisobotda. Avvalroq suv toshqinlari paytida 113 kishi qurbon bo‘lgani aytilayotgan edi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, suv toshqini tufayli deyarli 340 ming kishi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘lg