calendar 18 May 18:39
eye 235
comments 0
comments Manba: qalampir.uz

Tojikiston chegaradagi xavfsizlik choralarini kuchaytirdi

image

Tojikistonda fuqarolarning chegara zonasida bo‘lishi, kirishi va chiqishi qat’iy nazoratga olinadi. Bu haqda Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari matbuot markazi xabar berdi.

“Mintaqadagi va jahondagi vaziyatni murakkablashtirish tendensiyasi, terroristik va ekstremistik tashkilotlarning davlat chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishga, sayyoramizning turli burchaklarida, jumladan, Tojikiston Respublikasida ham g‘ayriinsoniy terroristik harakatlarni amalga oshirishga urinishlari mamlakat hududi xavfsizligi va mudofaasini, barqarorlik va osoyishtalikni, shuningdek, aholining tinch hayotini ta’minlashni mustahkamlashni talab qiladi”, deyiladi xabarda.

Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning chegara zonasiga Tashqi ishlar vazirligi va ichki ishlar organlari ruxsatisiz kirishi qat’iyan man etiladi. Chegara chizig‘iga boshqa shaxslarni kiritishga rozilik esa faqat sayohat uchun berilgan shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar bilan beriladi.

Chegara postlari fuqarolarning chegara hududlariga kirishi va chiqishi ustidan tegishli nazoratni amalga oshiradi. Shu munosabat bilan Tojikiston hududida bo‘lgan yoki kirib kelayotgan barcha mamlakat fuqarolari hamda mehmonlariga Tog‘li Badaxshon avtonom viloyati va Xatlon viloyatining chegaradosh hududlariga sayohat qilishda pasport va boshqa shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni olib kelishlari tavsiya etiladi.

"Ushbu hududlarga sanab o‘tilgan talablarga rioya qilmasdan kirishga yo‘l qo‘yilmaydi", deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, 16 may kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev Markaziy Osiyo davlatlari xavfsizlik kengashlari kotiblarini qabul qilgan va mintaqa davlatlarini bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish va bo‘lib tashlashga intilayotgan tashqi kuchlarga birgalikda qarshilik ko‘rsatishga chaqirgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

26 Jul 10:19
 
36
0
qalampir.uz

BMT Bosh kotibi global Olimpiya sulhiga chaqirdi 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish Yer yuzidagi barcha qurolli mojarolar ishtirokchilarini Olimpiya yarashuvi ruhida qurollarini tashlashga chaqirdi. Bu haqda BMT matbuot xizmati xabar berdi. Tinchlik tashabbusi BMT matbuot xizmati tomonidan tarqatilgan videomurojaatda aytilgan. Guterrish bu 26 iyun kuni Fransiyada boshlanadigan yozgi Olimpiada musobaqasining tantanali ochilishiga to‘g‘ri kelishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Olimpiadadan u

26 Jul 10:19
 
44
0
qalampir.uz

Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli qurilish kompaniyasi rahbari qo‘lga olindi

Rossiya Mudofaa vazirligining Harbiy qurilish kompaniyasining 46 yoshli bosh direktori Andrey Belkov Moskvada qo‘lga olindi. U davlat mudofaa topshiriqlarini bajarishda mansab vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda (Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 285.4-moddasi). Bu haqda 24 iyul kuni huquq-tartibot idoralaridagi manbalariga tayanib, “Kommersant” gazetasi xabar berdi. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, 2019 yilda o‘sha paytda maxsus ob’ektlar uchun Har

23 Jul 10:13
 
62
0
qalampir.uz

Zelenskiy prezidentlikni qachon tark etishini aytdi

Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiya bilan kechayotgan urush o‘z nihoyasiga yetgach lavozimini tark etishi mumkinligini aytdi. Bu haqda u BBC'ga bergan intervyusida so‘z ochdi. Jurnalist undan Zelenskiy endi prezident bo‘lib qolishi mumkinmi, deb so‘radi. U esa, “Biz hammamiz insonmiz”, deya javob qaytardi. Prezident hokimiyatni boshqa birovga topshirishi mumkinligini tan oldi, lekin kim davlat rahbari bo‘lishi faqat Rossiya bilan urushdan keyin aniq bo‘li

20 Jul 23:08
 
102
0
qalampir.uz

AQSHda 43 yil qamoqda o‘tirgan ayol oqlandi

AQSHning Missuri shtatida 43 yil qamoqxonada jazo o‘tagan 64 yoshli ayol Sandra Hemme kecha, 19 iyul kuni sudda oqlandi. Bu haqda “Associated Press” xabar berdi. Hemme 1980 yilda kutubxonachini pichoq bilan o‘ldirganlikda ayblanib, umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan. Yagona dalil – mahkumning chin dildan iqror bo‘lishi edi. “Associated Press” xabariga ko‘ra, shtat prokurori Missuridagi uchta sud: quyi sud, apellyatsiya sudi, keyin esa Oliy sud qarorig