calendar 01 Jul 04:31
eye 37
comments 0
comments Manba: qalampir

"Яngi Ўzbekiston kўчasi" ishbilarmonlik markazi tashkil etiladi

image
image

Toshkentda "Яngi Ўzbekiston kўчasi" ishbilarmonlik markazi tashkil etiladi. Uning hududida xizmat ko'rsatish va servis obʻyektlari, savdo va ko'ngilochar majmualar, sayilgohlar hamda ko'p qavatli turar joylar barpo etiladi. Bu haqda Prezident imzolagan  "Yangi O'zbekiston ko'chasi yo'l bo'yi infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarorida belgilangan. 

Quyidagilar:

Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, Qurilish vazirligi va Transport vazirligining Yangi O'zbekiston ko'chasi bo'ylab infratuzilmani rivojlantirish bo'yicha ishlab chiqilgan bosh rejaga muvofiq "Яngi Ўzbekiston kўчasi" ishbilarmonlik markazini tashkil etish hamda uning hududida xizmat ko'rsatish va servis obʻyektlari, savdo va ko'ngilochar majmualar, sayilgohlar hamda ko'p qavatli turar joylarni barpo etish;

Vazirlar Mahkamasi, Qishloq xo'jaligi vazirligi, Suv xo'jaligi vazirligining "Яngi O'zbekiston kўчasi" ishbilarmonlik markazini tashkil etish uchun Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek va Yashnobod tumanlari hamda Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumani hududidan ilovaga muvofiq, tanlangan jami 241,93 gektar, shundan 198,12 gektar sug'oriladigan yer maydoni yer fondi toifasi qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan yerlar toifasidan aholi punktlari shahar va posyolkalar qurilishi yerlari toifasiga o'tkazish to'g'risidagi takliflari maʻqullandi.

Shuningdek, Toshkent shahar hokimligi huzurida davlat unitar korxonasi shaklida tashkil etilgan Avtomobil yo'li bo'yi infratuzilmasini rivojlantirish direktsiyasi" "Яngi Ўzbekiston kўчasi" ishbilarmonlik markazini qurish va ekspluatatsiya qilish direktsiyasi" deb qayta nomlanadi.

Toshkent shahar hokimligi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi bilan birgalikda "Яngi Ўzbekiston kўчasi" ishbilarmonlik markazi hududida barpo etiladigan loyiha obʻyektlarini elektr energiyasi bilan taʻminlash maqsadida yangi podstantsiya qurish uchun "Toshkent shahar elektr tarmoqlari" AJga (ko'paytiruvchi koeffitsiyentlarni qo'llamagan holda ijara to'lovi eng kam stavkasida) ijaraga berish sharti bilan Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi asosida zarur yer uchastkasini ajratish masalasini Qishloq xo'jaligiga mo'ljallangan va o'rmon fondi yerlari yer fondi toifalarini o'zgartirish masalalarini ko'rib chiqish bo'yicha hukumat komissiyasi muhokamasiga kiritadi.

Toshkent shahar hokimligi Ekologiya qo'mitasi va O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi bilan birgalikda loyiha obʻyektlari qurilishi mo'ljallangan hududdagi mavjud ko'p yillik daraxtlarga shikast yetkazmasdan boshqa joyga ko'chirib o'tkazadi hamda ularni kelgusida saqlab qolish uchun zarur agrotexnik tadbirlarni amalga oshiradi va parvarishlash choralarini ko'radi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:53
 
53
0
xs.uz

Oʻzbekistonda qizlar necha yoshdan turmushga chiqmoqda?

2025-yilning yanvar fevral oylarida, FHDYO organlarida respublika boʻyicha 31 ming 775 ta nikoh holatlari qayd etilgan. Bu haqida Milliy statistika qoʻmitasi xabar berdi.Statistika qoʻmitasi, qayd etilgan nikohlarda ayollarning yosh guruhlari boʻyicha taqsimlanishi haqidagi maʼlumotni eʼlon qildi.Unga koʻra, nikohlanayotgan umumiy ayollar sonining eng katta ulushi 52,4 foiz koʻrsatkich bilan 20 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan ayollarda kuzatilgan.Shuningdek, 20 yoshgacha nikohdan oʻtayotg

20 Mar 12:53
 
51
0
xs.uz

Jizzaxdagi ayanchli YTHda 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonada qolmoqda

Jizzaxda yuk mashinasi va mikroavtobus toʻqnashuvi oqibatida 3 kishi halok boʻldi, yana 13 kishi shifoxonaga yotqizilgan. Viloyat YHXB hodisa yuzasidan'maʼlumot berdi, biroq axborotda fuqarolar oʻlimi bilan bogʻliq hech qanday gap aytilmagan.Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-mart kuni Jizzax shahri 'Nurliobod' mahallasi hududidan oʻtuvchi xalqaro ahamiyatga ega boʻlgan A-376 'Qoʻqon-Jizzax' avtomobil yoʻlining 151-kilometrida sodir boʻlgan. Harakatlanib kelayotgan yuk mashinasi o

20 Mar 12:53
 
50
0
xs.uz

Sahro javohiri

1' Bu yoqqa qarang! ' xitob qildi uchogʻimiz Haydarkoʻldan oʻtganda oykulchaday oynadan osmonni tomosha qilib kelayotgan hamrohim, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi, taniqli fotomuxbir Abdugʻani Juma. ' Kim aytadi bu yerlarni Qizilqum deb, choʻl deb?!Oʻrnimdan yarim koʻtarilib, tashqariga moʻralayman. Qarayman-u, yuragim hapriqib ketadi. Pastda ertaklarda 'Qush uchsa qanoti, odam yursa oyogʻi kuyadi' deyilmish choʻl ' Qizilqum emas, afsonaviy eram bogʻlari yastanib, t

23 Mar 16:44
 
62
0
xs.uz

Shavkat Mirziyoyev Samarqandga joʻnab ketdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga joʻnab ketdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.Davlatimiz rahbari tashrif davomida Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qiladi, bunyodkorlik ishlari va turli loyihalar bilan tanishadi.