Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi (inauguratsion) majlisi boʻlib oʻtadi


2021-yil 13-dekabr kuni Toshkent shahrida Oliy darajadagi erishilgan kelishuvlarga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi va Amerika Qoʻshma Shtatlari oʻrtasidagi Strategik sheriklik muloqotining birinchi (inauguratsion) majlisi boʻlib oʻtadi.
Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi maʼlum qildi.
Xabarda qayd etilishicha, Oʻzbekiston Respublikasi delegatsiyasiga tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov rahbarlik qiladi.
Amerika tomonidan AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari boʻyicha yordamchisi Donald Lu boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.
Ayrim shifokorlarning maoshi 20 foizga oshiriladi
Joriy yilning 19-may kuni 'Respublikada sogʻliqni saqlash tizimini va aholiga tibbiy xizmat koʻrsatish tamoyillarini takomillashtirish orqali sohani isloh qilishni izchil davom ettirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining 'Huquqiy axborot' Telegram kanalida'xabar berildi.Farmonga koʻra, tajriba-sinov loyihasi doirasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari tibbiyot xodimlari bazaviy tarif stavkalariga quyidagi miqdorlarda
Sirtqi taʼlim shakliga qabul butunlay yopiladi
Prezidentning tegishli farmoniga asosan, 2025/2026 oʻquv yilidan taʼlimning sirtqi shakliga qabul tugatiladi hamda kunduzgi taʼlimdan boshqa muqobil taʼlim shakllari boʻyicha qabul kvotalari oshiriladi.Ushbu oʻquv yilidan oliy taʼlim tashkilotlarining muqobil taʼlim shakllari boʻyicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi taʼlim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yoʻl qoʻyilmaydi hamda magistratura bosqichida muqobil taʼlim shakllari asosida ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorl
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev xalqaro investorlarni qabul qildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 'Al Mirqab Capital' kompaniyasi boshqaruvi raisi Hamad bin Jassim Ol Soniy va 'Blackrock' investitsiya kompaniyasi katta boshqaruvchi direktori Adebayo Ogunlesidan iborat xorijiy investorlar delegatsiyasini qabul qildi.Oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatimizda istiqbolli investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari koʻrib chiqildi.Davlat-xususiy sheriklikda yirik infratuzilma va sanoat loyihalarini amalga oshir
Zarafshon daryosida noqonuniy qazish ishlarini olib borgan shaxs javobgarlikka tortildi
Unga koʻra, tekshiruv davomida Navoiy viloyati Navbahor tumanida yashovchi fuqaro I.I. oʻziga tegishli texnika vositalari yordamida daryo tubidan noqonuniy ravishda qum-shagʻal aralashmasini qazib olib, transport vositalariga ortganligi aniqlandi.Huquqbuzarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilib, BHMning 30 baravari, yaʼni 11 million 250 ming soʻm miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, huquqbuzarning texnika vositalari jarima maydonchasiga joylashtirildi.Shuningdek, tabiatga yet