Yosh onaning Nobel mukofotiga tavsiya qilishga arziydigan samarali layfxaklari (foto)

Ona bo‘lish bir vaqtning o‘zida mas’uliyatli va qiziqarli vazifadir. Ba’zida ota-onalar qiyin vaziyatga duch keladi, chunki ular farzandiga doimo e’tiborda bo‘lishi kerak. Yosh ona Loren Mexia o‘zining TikTok sahifasida layfxaklarni taqdim etdi, ular, masalan, bolaga hech qanday muammosiz dori-darmon ichirishga va qisqa vaqt ichida chap va o‘ng tuflini chalkashtirmaslikni o‘rgatishga yordam beradi.
Bola chap va o‘ng poyabzallarni chalkashtirib yuboradimi? Ularning ichki qismiga rasmni ikkiga bo‘lib yopishtirish tavsiya etiladi. Shu tarzda bola jumboqni yig‘adi va oyoq kiyimni to‘g‘ri kiyishga odatlanadi.
Foto: AdMe
Agar bolani tozalash jarayoniga jalb qilish kerak bo‘lsa, pol tozalaydigan uskunani ular uchun mos holda kichraytirib berish mumkin.
Foto: AdMe
Elastik tasmalar bola sochining chigal bo‘lishiga sabab bo‘lyaptimi? Ularga bir tomchi limonli efir moyi surilsa, muammo darhol bartaraf etiladi.
Foto: AdMe
Bolaga kichik kelgan kiyimlarni tashlashga shoshmaslik zarur. Ularni kesib, yangi kiyim hosil qilish mumkin.
Foto: AdMe
Bolaning tagligini almashtirishda xalaqit berishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun uning qo‘llarini futbolkasining pastki qismiga o‘rab qo‘yish kifoya.
Foto: AdMe
Do‘kondan rezina o‘yinchoq olib kelgach, uni dezinfeksiyalashdan oldin teshiklarni yelim bilan yopish kerak. Shundagina ular mog‘orlamaydi.
Foto: AdMe
Bolaga dori ichirish muammo bo‘lsa, shpris va so‘rg‘ich yordamida buni osongina amalga oshirish mumkin. Shpris ichiga dori tortiladi va uchiga so‘rg‘ich joylashtiriladi. Bola so‘rg‘ichni torta boshlaganda, shprisdan dori yuboriladi.
Foto: AdMe
Agar bola sut shishasini ushlab turishda qiynalayotgan bo‘lsa, uni o‘yinchog‘i ichiga solish mumkin.
Foto: AdMe
Sayrga chiqayotganda issiq suv solingan termos olish tavsiya etiladi. Shunda bolaning ovqatini suvga solib, tezda isitish mumkin.
Foto: AdMe
Bolaning tili tezroq chiqishini xohlovchilar oddiy qutidan foydalanishi mumkin. Unda bolaning tovushi ajoyib tarzda yangraydi va bola tez orada gapira boshlaydi.
Foto: AdMe
Salfetka qadog‘idagi qopqondan rozetkani yopish uchun foydalanish mumkin.
Foto: AdMe
Bola tagligini almashtirishdan avval uning qornini artib olish ishni ancha osonlashtiradi.
Foto: AdMe
Bolalarga issiq ovqat berishdan oldin uni kichik ventilyator yordamida sovitish mumkin.
Foto: AdMe
Agar nam salfetkalar qadoqdan bir nechtalab chiqsa, shunchaki qadoqning bir qismiga rezina tasma taqish kifoya.
Foto: AdMe
Mavzuga doir:
- Bolani qanday qilib qo‘lda ko‘tarmaslikka o‘rgatish mumkin? Toliqqan onalar uchun ko‘rsatmalar
- Farzandingizga ingliz tilini samarali o‘rgatish uchun 5 ta layfxak
- Manej, xodunok va bolalarga mo‘ljallangan boshqa vositalar: nima uchun ularni sotib olmaslik kerak?
- Chaqaloqlardagi notinch uyquning 6 sababi
- Bolalar o‘rtasida qizg‘anish hissini bartaraf etishda samara beruvchi tavsiyalar
Buyuk Britaniya ohtml5-dom-document-internal-entity2-039-endz qoʻshinlarini Ukrainada besh yilgacha joylashtirish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda
Britaniya ittifoqchilar tomonidan muhokama qilinayotgan rejalar asosida Ukrainaga besh yil davomida qoʻshin kiritish imkoniyatini koʻrib chiqmoqda. Bu haqida 'The Telegraph' nashri xabar berdi.Unda aytilishicha, Ukraina hududiga qoʻshin kiritish mamlakatga qilinishi mumkin boʻlgan yangi bosqinning oldini olishi hamda Ukraina armiyasini tayyor holatga keltirish va qayta shakllantirishga yordam beradi.Ukraina hududiga kiritilishi mumkin boʻlgan qoʻshinlarning aniq soni haqida hech qanday ma
AQSH moliya vaziri Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim qachon imzolanishini maʼlum qildi
AQSH moliya vaziri Skott Bessent shu hafta Ukraina bilan mineral resurslar boʻyicha bitim imzolanishi mumkinligini aytdi.Uning taʼkidlashicha, tomonlar kelishuvlarga 'juda yaqin' va hujjat yaqin kelajakda imzolanishi mumkin. Vazir, shuningdek, oʻtgan hafta oxirida Kiyev vakillari bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda kelishuv boʻyicha yangi takliflar ilgari surilgani va muzokaralar hali ham davom etayotganini aytdi.Shu yilning 11-12-aprel kunlari Ukraina va AQSH oʻrtasida Ukraina resurslariga o
GʻAROYIB DARAXT
Italiyaning shimolida, Piyemont mintaqasida eng gʻayrioddiy daraxt oʻsadi. Bu daraxtning nomi Bialbero de Casorzo, bu “ikki karra Casorzo daraxti”degan maʼnoni anglatadi. Haqiqatan ham bir vaqtning oʻzida ikki xil oʻsimlik turidan iborat gʻaroyib daraxt. Bu moʻjiza haqiqatan ham juda gʻayrioddiy koʻrinadi. Yuqorida gilos daraxti oʻsadi. U bahorda gullaydi va yozda meva beradi. Faqatgina farq shundaki, uning ildizlari toʻg
Xitoy dunyodagi birinchi 10G internet tarmogʻini ishga tushirdi
Xitoyning Xebey provinsiyasidagi dunyodagi birinchi 10G keng polosali internet tarmogʻini ishga tushirildi. Bu haqda 'Mydrivers' portali'xabar berdi.Qayd etilishicha, 'Huawei' kompaniyasi va 'China Unicom' bilan hamkorligida ishga tushirilgan yangilangan tarmoq dunyodagi ilk 50G PON texnologiyasi asosida ishlaydi. U orqali har bir foydalanuvchi uchun internet tezligi anʼanaviy gigabit darajasidan 10G darajasigacha oshiriladi. Yaʼni yuklab olish ' 9834 Mbit/s, uzatish ' 1008 Mbit/s, kechikish