calendar 19 Nov 14:10
eye 34
comments 0
comments Manba: daryo

Berdimuhamedov Axal viloyatida ikkinchi to‘qimachilik majmuasini ochib berdi (foto)

image

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 17-noyabr kuni Axal viloyatining Bobodayxon etrapidagi to‘qimachilik majmuasini tantanali ravishda ochib berdi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Turkmaniston rahbari majmuaga vertolyotda yetib keldi. U yerda prezidentni To‘qimachilik sanoati vazirligining “Dokmaçylar” madaniyat markazi ansambli kutib oldi, undan so‘ng Berdimuhamedov Turkmaniston xalq artisti Jemal Saparova bilan suhbatlashdi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

So‘ng davlat rahbari binoga kirib bordi va u yerda yig‘ilganlar oldida nutq so‘zladi. “Asosiy maqsadimiz – mamlakatimizni sanoati rivojlangan, jahonning ilg‘or davlatlari qatoriga olib chiqish, xalqning ijtimoiy va turmush darajasini sezilarli darajada oshirishdir”, – dedi prezident.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

151,8 million dollarlik majmua 20 gektar maydonni egallagan. U ma’muriy bino, sanoat omborlari, ustaxona, 450 o‘rinli oshxona, sport maydonchasi va 16 o‘rinli ikkita mehmonxonani o‘z ichiga oladi.

Majmua yiliga 5 ming tonna nozik tolali paxtani qayta ishlash va yiliga 3 300 tonna ip-kalava, 20 million kvadrat metr turli gazlamalar, jumladan, 18 million metr bo‘yalgan mato va 3,5 million dona tayyor kiyim-kechak ishlab chiqarishga mo‘ljallangan.

“Import o‘rnini bosishga mo‘ljallangan yangi korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar katta mablag‘ni tejab, ortiqcha tayyor mahsulotlarni boshqa mamlakatlarga yetkazib berish uchun zamin yaratadi”, — dedi Gurbanguli Berdimuhamedov va majmua foydalanishga topshirilishi bilan 1150 ish o‘rni yaratilishini qo‘shimcha qildi.

So‘ngra yig‘ilganlarga Rieter Management AG (Shveysariya) ishbilarmon doiralari rahbari Rojer Albrextning korxona ochilishi munosabati bilan prezidentga tabrigi aks etgan videoyozuv namoyish etildi. Kompaniya majmuaga ip-kalava qadoqlash uskunasini o‘rnatgan va Turkmaniston tomoniga tegishli sertifikat taqdim etgan. Picanol kompaniyasining (Belgiya) direktori, Rieter (Shveysariya) kompaniyasining aksiyadori Lyuk Tak ham videomurojaat yo‘llab, ular 110 ta to‘quv dastgohini o‘rnatib berganini ma’lum qildi va tegishli sertifikatni taqdim etdi.

Davlat rahbari ma’ruzalardan so‘ng majmuani tantanali ravishda ochib, “maxsus avtotransport”da yigiruv fabrikasiga yetib bordi. U yerda sexlar ishini ko‘zdan kechirdi, ishchilar bilan suhbatlashdi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Telereportajdan olingan kadrlarga qaraganda, “maxsus transport” Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 2021-yilning 26-oktabr kuni Ashxobodga tashrifi chog‘ida Berdimuhamedovga sovg‘a qilgan mikroavtobusdir. Bu haqda Turkmaniston davlat axborot agentligi materialida qayd etilmagan.

U yerda Gurbanguli Berdimuhamedovga fabrika faoliyati haqida gapirib berildi, so‘ng fabrikada ishlab chiqariladigan to‘qimachilik mahsulotlari ko‘rsatildi. Tadbir yakunida prezident korxona jamoasiga yangi avtobus, yengil va yuk avtomobillari kalitlarini topshirdi.

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Foto: “Xronika Turkmenistana”

Eslatib o‘tamiz, 25-avgust kuni Berdimuhamedov Axal vilyotining Kaaxki etrapida 1300 ish o‘ringa mo‘ljallangan qiymati 147 million 850 ming dollarlik to‘qimachilik majmuasini ochib bergandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

18 Apr 11:08
 
27
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem

20 Mar 12:55
 
62
0
xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti

04 Apr 16:20
 
57
0
xs.uz

Ozarbayjonda ogʻir dardga chalingan oʻzbekistonlik yurtimizga qaytarildi

Maʼlum boʻlishicha, M.J. ogʻir dardga chalingani (insult) sababli tibbiy yordam olish va Oʻzbekistonga qaytish uchun amaliy yordam soʻrab diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan. U 10-yil davomida oʻgʻli J.J. bilan Ozarbayjonda noqonuniy yashab kelgan.Bemorga tezkorlik bilan tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida shifoxonaga yotqizish choralari koʻrilgan, ammo tibbiy sugʻurta va zarur hujjatlar yoʻqligi sababli turli muammolar kelib chiqqan. Yakunda bemor va oʻgʻli bilan kelishgan hold

20 Mar 12:50
 
51
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi