calendar 30 Oct 18:10
eye 53
comments 0
comments Manba: daryo

APL. “Manchester Siti”da sensatsion mag‘lubiyat, “Chelsi” yirik g‘alabaga erishdi. “Liverpul” esa 2 to‘p farqi bilan oldinda borib, g‘alabani qo‘ldan chiqardi

image

Futbol bo‘yicha Angliya Premyer Ligasining 10-turidan o‘rin olgan bir qator o‘yinlar 30-oktabr, shanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Amaldagi chempion “Manchester Siti” o‘z maydonida “Kristal Pelas”ni qabul qilib, kutilmaganda 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi. Dastlab, Uilfrid Zaa mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. O‘yin yakunlanishi arafasida esa Konor Gallaxer oradagi farqni yana bittaga oshirdi.

Qayd etish kerak, “shaharliklar” birinchi bo‘lim so‘ngidan boshlab, bir kishi kam bo‘lib qoldi. Emerik Lyaport qizil kartochka olib, maydondan chetlatildi.

Foto: Getty Images

“Liverpul” ham bu turda o‘z maydonida o‘yin o‘tkazib, “Brayton” bilan murosa yo‘lini tanladi. Mersisayd klubi birinchi bo‘limda Jordan Henderson va Sadio Manening gollari evaziga hisobda oldinda borayotgandi. Ammo bo‘lim so‘nggi va ikkinchi 45 daqiqalik o‘rtasida mehmonlar ikkita gol urib, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi.

“Chelsi” “Nyukasl” maydoniga safar qilib, yirik hisobdagi g‘alabani tantana qildi. “Aristokratlar”ning har uchala goli ham ikkinchi bo‘limda kiritildi, Ris Jeyms dubl muallifiga aylandi, Jorjinyo esa 11 metrlik jarima zarbasidan unumli foydalandi.

Uchrashuvlardagi gollar videosini bu yerda tomosha qilish mumkin — havola.

Ushbu g‘alabadan keyin “Chelsi” 25 ochko bilan musobaqa jadvalida peshqadamlik qilmoqda. “Liverpul” (22) 2-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, “Manchester Siti” (20) 3-pog‘onani band etgan.

APL

10-tur bahslari

30-oktabr, shanba

“Manchester Siti” – “Kristal Pelas” 0:2

Gollar: 0:1 – 6 Zaa, 0:2 – 88 Gallaxer.

“Manchester Siti” – Ederson, Uoker, Lyaport, Ruben Diash, Joau Kanselu (Mahrez, 78), de Bryuyne (Stounz, 59), Bernardu Silva, Rodri, Grilish (Sterling, 78), Foden, Gabriel Jezus.

“Kristal Pelas” – Guaita, Uord, Andersen, Gexi, Mitchell, Kuyate (Olise, 85), Makartur, Gallaxer, Ayyu (Benteke, 65), Zaa, Eduar (Shlupp, 73).

Ogohlantirishlar: Ayyu (27), Bernardu Silva (45), Ederson (45), Gallaxer (65), Guaita (86).

Chetlatish: Lyaport (45).

“Liverpul” – “Brayton” 2:2

Gollar: 1:0 – 4 Henderson, 2:0 – 24 Mane, 2:1 – 41 Mvepu, 2:2 – 65 Trossard.

“Liverpul” – Alisson, Aleksander-Arnold, van Deyk, Konate, Robertson, Henderson, Keyta (Oksleyd-Chemberlen, 20), Jons (Minamino, 87), Firmino (Diogu Jota, 78), Saloh, Mane.

“Brayton” – Sanches, Veltman, Daffi, Dank, Kukurelya, Lallana (Gross, 77), March, Moder (Lempti, 66), Bissuma (Mak Allister, 60), Mvepu, Trossard.

Ogohlantirishlar: Minamino (88), Lempti (90), Daffi (90), Robertson (90).

“Nyukasl” – “Chelsi” 0:3

Gollar: 0:1 – 65 Jeyms, 0:2 – 77 Jeyms, 0:3 – 81, penalti Jorjinyo.

“Nyukasl” – Darlou, Mankilyo, Klark, Lassels, Kraft, Ritchi, Freyzer (Uillok, 66), Heyden (Almiron, 67), Longstaff (Shelvi, 81), Sen-Maksimen, Uilson.

“Chelsi” – Mendi, Jeyms, Tiago Silva, Ryudiger, Kristensen, Chiluell, Jorjinyo, Kante (Loftus-Chik, 64), Ziyesh (Barkli, 64), Haverts, Hadson-Odoi (Saul, 88).

Ogohlantirishlar: Heyden (17), Ritchi (39), Kante (54), Lassels (55), Ziyesh (57).

“Uotford” – “Sauthempton” 0:1

0:1 – 20 Adams.

“Byornli”  – “Brentford” 3:1

Gollar: 1:0 – 4 Vud, 2:0 – 32 Louton, 3:0 – 36 Korne, 3:1 – 79 Goddos.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:20
 
35
0
xs.uz

Yunon-rum kurashi: medallar bor, biroq bu yetarli emas

Musobaqaning so'nggi ikki kunida erkin kurash bahslari bo'lib o'tdi. Afsuski, bu galgi Osiyo chempionati ushbu yo'nalishdagi sportchilarimiz uchun omadsiz tugadi.Shu tariqa, musobaqada yunon-rum kurashchilarimiz 3 ta oltin, 2 ta kumush va 1 ta bronza, qizlarimiz esa 1 ta bronza medaliga sazovor bo'ldi.

04 Apr 16:20
 
39
0
xs.uz

Hamyurtlarimiz yilning eng kuchlilari safida

Ahamiyatlisi, figurali uchish bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Dmitriy Chigirev hamda Yekaterina Geynish juftligi 'Eng yaxshi debyutant' nominatsiyasida g'olib bo'ldi.Ta'kidlash joizki, hamyurtlarimiz joriy mavsum ilk bor kattalar o'rtasidagi xalqaro turnirlarda ishtirok etdi. Shunday bo'lsa-da, ular 'Xarbin ' 2025' qishki Osiyo o'yinlarida oltin, Kanada Gran-prisida kumush medallarga sazovor bo'lishdi.Qolaversa, Boston shahrida o'tgan jahon chempionatida kuchli o'nlikdan joy olib, 'M

04 Apr 16:20
 
53
0
xs.uz

22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi

22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter

20 Mar 12:50
 
38
0
postda.uz

Арқонда сакраш

Саломатлик Арқонда сакраш ✅ 15 дақиқа арқондан сакраш 60 дақиқа югуришга тенг. Мунтазам арқонда сакраш билан шуғуллансангиз, сизда ёғ тўпланиши камаяди.✅ Бундан ташқари, арқонда сакраш юрак мушаклари учун фойдали бўлиб, қон босими ва нафас ритмини нормаллаштиради, юр