Frantsiya Buyuk Britaniyaga «baliq urushi» eʻlon qildi

La-Mansh bo'g'ozida yuzaga kelgan holat tufayli Parij diplomatik munosabatlar keskinlashishiga-da tayyor. Chunki Buyuk Britaniya ko'pchiligi uchun baliqchilik avloddan-avlodga o'tib kelayotgan kasb yoki yagona tirikchilik manbai hisoblangan frantsuz dengizchilariga ov qilishlari uchun kvotalarni tasdiqlash va litsenziyalar berilishini rad etmoqda.
Frantsiya hukumati spikeri Gabriyel Attal mamlakat hukumati Buyuk Britaniyaga qarshi qator sanktsiyalarni tayyorlayotgani haqida bayonot berdi. Frantsuzlarning arazini tushunish mumkin.
Buyuk Britaniya va Evropa Ittifoqi o'rtasida Brexit natijasida tuzilgan kelishuvlarga muvofiq, tomonlar bir-birlarining hududiy suvlarida baliq ovlashga to'sqinlik qilmasligi kerak, hisobi yuritilib, ruxsat etuvchi hujjatlar taqdim etib borilsa bas.
Maʻlumot uchun: frantsuzlardan tashqari belgiyaliklar va gollandlar ham baliq tutuvchi Britaniya hududiy suvlarida dengiz mahsulotlari aylanmasi yiliga 635 million yevroga teng. Britanlar birlashgan Evropa dengizlarida tutadigan baliq va boshqa mahsulotlar qiymati yiliga 110 million yevroni tashkil etadi.
Brexitni rasmiylashtirishda eng bahsli va eng ko'p vaqt sarflangani baliqchilik sohasi bo'lgandi. Kechagi do'stlari bilan xayrlashayotgan London qarama-qarshi sohillardan kelgan baliqchilarga to'sqinlik qilmaslikka yozma vaʻda bergandi. Biroq 2021 yil og'ir keldi: pandemiyaning ikkinchi to'lqini, energiya tashuvchilar narxlari osmonga chiqib ketdi — britanlar vaʻdalarini buzishlariga to'g'ri keldi...
Parij oqilona ish tutishga har qancha chorlamasin, London sukut saqlashni afzal bildi, baliq tutishga noqonuniy chiqishga majbur bo'layotgan frantsuz baliqchilarining yolvorishlarini eshitmaslikka oldi.
«Baliqchilarimizga dengizlaringizni ochmas ekansiz — energiya ko'prigi orqali elektr yetkazishni to'xtatamiz», — dedi diplomatik yo'llar bilan qo'shni davlatni insofga keltira olmagan frantsuz dengiz vaziri Annik Jirarden.
Bu bayonot qanchalik jiddiyligini tushunish uchun ayrim faktlarga eʻtibor qaratamiz. Ayni paytda La-Manshning ikki sohilini quvvati 2 ming va 1 ming megavattli IFA-1 va IFA-2 energiya ko'priklari tutashtirib turibdi. Bularning birinchisi 1986 yilda, ikkinchisi esa Britaniyada elektr energiyasiga talab tinmay oshib borayotgani va o'z ehtiyojlarini taʻminlay olmagani uchun 2020 yilda qurilgan. Energoko'priklar boshqaruvi Frantsiya—Buyuk Britaniya qo'shma korxonasi — «Interconnexion France-Angleterre» (IFA) izmida. Ko'priklardagi energiya taʻminotida Frantsiya yetakchi o'rin tutadi — 80 foiz. Bu shuni anglatadiki, frantsuzlar tokni uzib qo'ygan taqdirda Britaniyadagi har o'n birinchi lampochka, yo'l chirog'i yoki do'kon tepasidagi chiroq o'chib qoladi.
Frantsiya so'nggi daqiqalargacha ustunlik mavqeini suiisteʻmol qilmagan holda shartnoma majburiyatlariga amal qilib keldi. Biroq, aftidan, uddaburon britan diplomatiyasi Parijni alal-oqibat «buloqqa olib borib, suv ichirmay kelgan» ko'rinadi. "Zamin" yangiliklarini "Ёutube"da kuzatib boring
“Nvidia” AQShda superchiplar ishlab chiqarishni boshladi
Unga koʻra, 'Nvidia' Xyustonda 'Foxconn' va Dallasda 'Wistron' bilan hamkorlikda oʻzining zavodlarini qurmoqda. 'Blackwell' chiplarini Tayvanning TSMC kompaniyasi Arizonadagi zavodida ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan. Katta hajmli ishlab chiqarishni 12 ' 15 oy ichida yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan.Taʼkidlash joiz, kompaniya TSMC, 'Foxconn', 'Wistron', 'Amkor' va SPIL bilan hamkorlik qilgan holda kelgusi 4 yil ichida davlatdagi sunʼiy intellekt infratuzilmasidan yarim trillion dollargac
Elektr avtomobillar global isishga qarshi kurashda samarasiz ekani maʼlum boʻldi
Yangi Zelandiyaning Oklend va Xitoyning Syamin universitetlari olimlaridan iborat xalqaro guruh elektromobillarning atrof-muhitga haqiqiy taʼsiri boʻyicha kutilmagan xulosalarni taqdim etdi.Jamoa soʻnggi 15-yil davomida 26 mamlakat maʼlumotlarini, avtomobillarning toʻliq hayoti sikli ' ishlab chiqarishdan to utilizatsiya qilishgacha boʻlgan davrni hisobga olgan holda tahlil qildi.'Maʼlum boʻlishicha, elektromobillarning joriy etilishi iqlimning antropogen oʻzgarishining asosiy omili bo
Qozogʻistonda ayrim oʻzbekistonlik haydovchilar harakatiga taqiq qoʻyildi
Unga koʻra, taqiqqa uchragan fuqarolar Qozogʻistonning 'Kaspi bank' onlayn tizimidagi 'davlat xizmatlari' jarimalar qismida tayinlangan jarimani toʻlashi zarur. Shundan soʻng mazkur davlat mutasaddi tashkilotlari tomonidan qoʻyilgan cheklovni olib tashlash boʻyicha choralar koʻriladi.'Hurmatli haydovchilar, yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilib, ortiqcha ovoragarchiliklardan oʻzingizni xalos eting', deyiladi xabarda.
YI Rossiya bilan gaz yetkazib berish boʻyicha tuzilgan barcha shartnomalarni bekor qilmoqchi
Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiya bilan gaz shartnomalarini jarima toʻlamasdan bekor qilish yoʻllarini qidirmoqda, deb yozdi 'Financial Times' gazetasi oʻz manbalarga tayanib.'Bryussel Yevropa kompaniyalariga Moskvaga katta jarimalar toʻlamasdan, Rossiya gazini yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli shartnomalarni buzishga imkon beradigan qonuniy variantlarni oʻrganmoqda', ' deyiladi nashrda.Gazetaning qayd etishicha, bu masala Rossiya energetika resurslaridan voz kechish boʻyicha yoʻl xarit