calendar 16 Oct 03:31
eye 63
comments 0
comments Manba: qalampir

Endi ID-kartasi bor haydovchilardan "prava"ni ko'rsatish talab etilmaydi

image
image

O'zbekiston Vazirlar Mahkamasining "Ichki ishlar organlari faoliyatiga zamonaviy axborot texnologiyalarini keng joriy etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilindi

Qarorga ko'ra, 2022 yil 1 martdan quyidagi xizmatlar YaIDXP orqali elektron shaklda ko'rsatiladi:

•    O'zbekistonga chet davlat fuqarosini taklif qilish;
•    chet davlatda O'zbekiston fuqaroligini tasdiqlash bo'yicha tegishli hujjatlar va maʻlumotnomalar olish;
•    sudlanganlik (sudlanmaganlik) haqidagi maʻlumotlar olish;
•    avtotransport vositalarida taqiq mavjudligini tekshirish;
•    jazoni ijro etish muassasalari va manzil koloniyalarida saqlanayotganlarni ularning yaqin qarindoshlari bilan uchrashuv vaqtini belgilash.

Haydovchining yo'l-patrul xizmati inspektoriga taqdim etilishi lozim bo'lgan hujjatlari yonida bo'lmagan taqdirda ular maxsus planshet qurilmasi yordamida identifikatsiya ID-kartasi orqali tekshiriladi.

Bunda, identifikatsiya ID-kartaga ega fuqarolarga tegishli transport vositasi haydovchisidan quyidagilarni talab qilish amaliyoti bekor qilinadi:

•    yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi;
•    transport vositasini ro'yxatdan o'tkazganlik to'g'risidagi, transportga egalik qilish, egasi yo'qligida undan foydalanish yoki uni tasarruf etish huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
•    transport egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug'urta qilish bo'yicha sug'urta polisi.

2022 yil 1 fevralgacha sug'urta shartnomalari to'g'risidagi maʻlumotlar yagona axborot tizimiga to'liq kiritiladi.

Qaror bilan shuningdek, Ichki ishlar organlari tizimiga axborot texnologiyalarini joriy etish bo'yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

04 Apr 16:19
 
44
0
xs.uz

Xoʻjalik jamiyatlari boshqaruv organlari yigʻilishida masofadan ishtirok etish tartibi yangilanadi

Bu nizom aksiyadorlik jamiyatlari hamda masʼuliyati cheklangan jamiyatlar uchun moʻljallangan boʻlib, raqamli imkoniyatlar orqali ishtirokni yanada osonlashtirishga qaratilgan.Nizomda jamiyatlar tomonidan yigʻilish haqidagi xabarda masofaviy ishtirok etish va ovoz berish tartibi toʻgʻrisida aniq maʼlumotlar keltirilishi shartligi belgilangan. Jumladan, yigʻilishda foydalaniladigan onlayn platforma nomi, unga kirish havolasi, identifikatsiyadan oʻtish uchun talab qilinadigan maʼlumotlar

20 Mar 12:54
 
60
0
xs.uz

Endi taʼlim granti talabalarning oʻzlashtirishiga qarab har yili qayta taqsimlanadi

Oʻzlashtirish koʻrsatkichiga qarab talabalarga grantlarni qayta taqsimlash tartibi tasdiqlandi. Bu haqda Hukumatning Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisidagi'nizomida soʻz boradi.Hujjatga koʻra, taʼlim grantiga talabgorlardan joriy oʻquv yilida oʻzlashtirish koʻrsatkichi boʻyicha GPA koʻrsatkichi 3,5 va undan yuqori boʻlishi talab etiladi. Oʻzlashtirishi ushbu koʻrsatkichdan past boʻlgan talabalarning taʼlim grant

22 Mar 08:54
 
40
0
xs.uz

Xorijiy hamkorlar Shavkat Mirziyoyevni Navroʻz bayrami munosabati bilan samimiy tabriklamoqda

Xorijiy hamkorlar oʻz maktublarida yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik, barqaror rivojlanish, doʻstlik, totuvlik va yaxshi qoʻshnichilik muhitini yuqori baholamoqda. Tinchliksevar va pragmatik tashqi siyosat tufayli Oʻzbekistonning xalqaro maydondagi nufuzi tobora ortib borayotgani alohida taʼkidlanib, Yangi Oʻzbekistonga ravnaq tilaklari izhor etilgan.Oʻzbekiston Respublikasi PrezidentiShavkat Mirziyoyev Janobi OliylarigaAssalomu alaykum va rahmatullohi va barakotuhu.Navr

22 Mar 08:54
 
62
0
xs.uz

22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 22-mart kuni qanday ob-havo kuzatilishini'maʼlum qildi.Toshkent'shahrida havo bir oz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja iliq, kunduzi 25-27 daraja iliq boʻladi.Qoraqalpogʻiston'Respublikasi va'Xorazm'viloyatida havo bir oz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda yomgʻir yogʻadi. Shamol gʻarbdan 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 5-10 daraja iliq, kunduzi 12-17 daraja iliq boʻladi.Buxoro'va'Nav