calendar 19 Sep 07:10
eye 51
comments 0
comments Manba: daryo

Video: Toshkentdagi chiqindixonani botanika burchagiga aylantirgan fuqaro

image

Toshkent shahri Yangihayot tumanida joylashgan chiqindilarni qabul qilish shoxobchasida ishlovchi Temur ismli fuqaro u yerni obodonlashtirib, turli xildagi o‘simliklar bilan bezatdi. Bu haqda UzReportTV telekanalida ma’lum qilindi.

Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Furqat Mahmudxo‘jayev Yangihayot tumani “Furqat” mahallasiga tashrif buyurib, chiqindilarni to‘plash shoxobchasida o‘zgacha atmosfera hosil qilgan fuqaro bilan suhbatlashdi.

Chiqindixona ozoda bo‘lib, u yerdan turli xildagi ko‘rkam o‘simliklar joy olgan.

“Odamlar shunchaki chiqindi tashlashga emas, balki bu narsa ularga yoqimli bo‘lishi, ular kelib tomosha qilib, ko‘rganlarini kimdir bilan bo‘lishishi uchun harakat qildik. Ba’zida bu konteynerlar saqlanadigan joymi yoki chiqindixonami, deb adashishadi ham”, – deydi Temur.

Ta’kidlanishicha, chiqindixonada birorta yoqimsiz hid yo‘q. Chiqindixonaning tutash yeridagi kichik hududda botanika burchagi tashkil qilingan. U yerda ham turli o‘simlik va daraxtlar ekilgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
43
0
xs.uz

Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi

Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o

18 Apr 11:08
 
322
0
xs.uz

Dollar va yevro kursi pastladi, rubl esa koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'30,16 soʻmga'tushdi va'12 964,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'17,40 soʻmga'pastlab,'14 744,45 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,60'soʻmga'oshdi va'158,28 soʻmni'tashkil qildi.

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

16 Apr 09:12
 
39
0
xs.uz

Tramp dori vositalari va chiplarga ham boj joriy etmoqchi

Yangi bojlar sunʼiy intellekt, avtomobilsozlik va elektronika sohalarida katta ahamiyat kasb etuvchi chiplar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga qattiq zarba boʻlishi mumkin. Chunki bojlar narxlarning oshishiga va dorilarning tanqisligiga olib keladi.Tramp mahsulotlarni xorijdan olib kelish oʻrniga, ularni AQShda ishlab chiqarishni kuchaytirmoqchi. Lekin ishlab chiqarishni davlatning oʻziga koʻchirish yillarni talab qiladi va qimmatga tushadi.Taʼkidlash joiz, bojxona toʻlovlar