Putin Lukashenkoga yana moliyaviy ko'mak vaʻda qildi, faqat sharti bor...

Tugayotgan haftada Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko Kremlda hamkasbi Vladimir Putin bilan uchrashdi. Bu – Belarus rahbarining Rossiyaga 8 oy ichidagi beshinchi tashrifidir. Yopiq eshiklar ortidagi muzokaralar 3 soatdan ziyod davom etgan. Yakunda ikki davlat integratsiyasi bo'yicha 28 ta dastur bo'yicha kelishuvga erishilgani maʻlum qilingan.
Muzokaralar davomida Rossiya energiya resurslari bahosi ham muhokama etilgan va pirovardida Putin tabiiy gaz narxini yangi yilda ham joriy yilgi tarif bo'yicha sotishga rozilik bergan. Shuningdek, saxovatli qo'shni sentyabrdan to 2022 yil yakuniga qadar Minskka 630 million dollar kredit ajratilishini eʻlon qilgan.
Kuzatuvchilarga ko'ra, G'arb mamlakatlari tomonidan sanktsiyalar joriy etilayotgan bir paytda Rossiya moliyaviy ko'magi Belarus rahbariyati uchun asosiy tayanch bo'lib qolmoqda.
Jahon banki maʻlumotlariga ko'ra, 2019 yili Belarusning Rossiyadan qarzi 8,1 mlrd dollarni tashkil etgan. O'tgan yili Minskda ommaviy namoyishlar davom etayotgan paytda Putin qo'shni hukumatga yana 1,5 milliard dollar qarz vaʻda qilgan. Bu mablag'ning bir qismi 2020 yil dekabr oyida, qolgani joriy yil iyun oyida o'tkazilgan.
Iqtisodiy tahlilchilarga ko'ra, Evropa Ittifoqi sanktsiyalari xorij bozoriga yo'lni yopib qo'ygan hozirgi sharoitda Minsk maʻmuriyati mavjud qarzlarni yopish uchun yana qo'shnilarga murojaat qilsa ajab emas.
Moskvaning moliyaviy ko'magidan shundangina iborat emas. Belarus Rossiyadan tabiiy gazni imtiyozli narxda, neft va neft mahsulotlarini esa boj to'lovisiz xarid qiladi. 2012 yildan buyon taqdim etib kelinayotgan energetika subsidiyalari miqdori 50 mlrd dollardan oshadi.
Bu o'rinda xorijiy sarmoyalarni ham unutmaslik kerak. 2019 yili Belarus 7,2 milliard dollar miqdorida to'g'ridan-to'g'ri sarmoya qabul qilgan bo'lsa, uning 26 foizi Rossiya hissasiga to'g'ri keladi.
Rossiyalik iqtisodchi Evgeniy Gontmaxerga ko'ra, Minskka taqdim etilayotgan kreditlar Moskvaga u qadar og'irlik qilmasligi mumkin. Ammo bu o'rinda mablag'larning qaytmaslik ehtimoli bor. Gap shundaki, dunyo hamjamiyati, xususan, Evroittifoq Lukashenkoning qonuniy prezident ekanini tan olmagan. Bu esa ayni paytda imzolanayotgan bitimlar qonuniyligini ham shubha ostiga qo'yadi. Mamlakatda hokimiyat almashgudek bo'lsa, yangi maʻmuriyat Moskva qarzlarini qaytarishdan bosh tortishi mumkin.
E.Gontmaxerning qayd etishicha, mo'l-ko'l moliyaviy ko'mak evaziga Moskva Minskdan xayrixohlik va siyosiy sadoqat kutmoqda. Zotan, Kreml Belarusning Ukraina, Moldova, Gruziya kabi o'z qutbidan chiqish ketishini istamaydi.
Moskva va Minsk 1990-yillardayoq Rossiya–Belarus ittifoq davlatini tashkil etishga kelishgan. Ammo bu g'oya 20 yildan buyon amalga oshmay kelmoqda. Lukashenko ittifoq davlati taʻsis etish taklifiga keyingi yillarda ro'yxushlik bermay kelayotgan edi. Lukashenko o'tgan yil 9 avgust kuni bo'lib o'tgan saylovdan keyin 6-muddatga davlat rahbari kursini egallaganini eʻlon qilgach, unga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari avj oldi. Pirovardida u yana ko'mak istab Kremlga yuzlanishga majbur bo'ldi.
Keyingi oylarda norozilik namoyishlari ish tashlashlarga ulanib ketdi. O'sha kezlar hatto Rossiya Belarusga qo'shin yuborishi haqida taxmin-tusmollar yoyildi. «Zamin» yangiliklarini «Vkontakti»da kuzatib boring
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi
Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin
AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem