Ozib ketgan Kim Chen In: uning sog'lig'i haqida yangi muhokamalarga sabab bo'ldi (foto, video)

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning internetda chop etilgan so'nggi foto va videotasvirlari keng muhokama qilinmoqda. Kadrlar Kimning sog'lig'i haqida yangi mish-mishlarga sabab bo'ldi, deb yozadi Daily Mail.
Internetda Shimoliy Koreya rahbarining foto va videotasvirlari u Pxenyandagi «qiyin va murakkab» sohalarda ishlash uchun «ko'ngilli ravishda» daʻvogar bo'lib chiqqan talabalar va maktab o'quvchilari bilan uchrashuv o'tkazganidan so'ng paydo bo'ldi. Shimoliy Koreya davlat ommaviy axborot vositalari tomonidan eʻlon qilingan fotosuratda davlat rahbarining juda ozib ketganini ko'rish mumkin.
Foto: Reuters
Kim Chen In o'z nutqi chog'ida yoshlarni ixtiyoriy ravishda eng qiyin va og'ir vazifalarni bajarishga rozi bo'lgani uchun maqtadi va ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlashini aytdi.
«Inqilob qilayotgan partiyaning ishonchli vorislari, zaxiralari va istiqbolli asosiy kuchi bo'lish — bu eng katta g'urur, boylik va taraqqiyot tomon harakatlantiruvchi kuch», — dedi Kim.
«Albatta, katta ehtimol bilan u kasal bo'lishi mumkin. Balki u vaznini kamaytirish uchun va sog'lig'ida semizlik bilan bog'liq muammolarning oldini olish maqsadida bariatrik jarrohlik (oshqozonni kichraytirish)ni boshdan o'tkazgandir», — dedi Avstraliyaning Dikin universiteti terrorizmga qarshi kurash bo'yicha mutaxassisi Greg Barton.
Iyun oyining oxirida KXDR davlat matbuoti mamlakat rahbarining vazn yo'qotganini rasman tan oldi. Shuningdek, Janubiy Koreya nashrlarida qayd etilishicha, uning bo'yi 170 santimetrni, vazni 140 kilogrammni tashkil etgan, bu 30-40 yoshli odamlar uchun meʻyordan oshiq bo'lib, qandaydir kasallik mavjudligidan dalolat berishi mumkin.
Kimning sog'lig'i yuzasidan ommaga kamdan kam beriladigan izohlar iyun oyining boshida xorijiy tahlilchilar KXDR yetakchisi ozib ketganini qayd etganidan keyin paydo bo'ldi. Kim Chen Inning sog'lig'i haqidagi mish-mishlar 2020 yil boshida kuchaygan.
Avgust boshida Kim Chen Inning boshidagi dog'lar uning sog'lig'i haqida yana bir munozaraga sabab bo'lgandi.
"Zamin" yangiliklarini "Telegram"da kuzatib boring
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi
Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin
AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem