“Tolibon” Afg‘onistonda yana bir shaharni va Pokiston bilan chegaradagi o‘tkazish punktini egalladi

Afg‘oniston va Pokiston o‘rtasidagi eng gavjum chegaradan o‘tish yo‘li — Torkxam 15-avgust, yakshanba kuni ertalab “Tolibon” harakati jangarilari tomonidan egallab olindi. Bundan tashqari, Vardak viloyatining ma’muriy markazi — Maydonshahr shahri ham ularning qo‘l ostiga o‘tdi. Bu haqda harakat matbuot kotibi Zabixulla Mujohid ma’lum qildi.
“Nangarhor viloyatidagi Lal Pur uyezdida Pokiston bilan chegarada joylashgan Torkxam mujohidlar qo‘liga o‘tdi. Komissarlik va shahardagi boshqa obyektlar ham mujohidlar nazorati ostiga o‘tdi. Mujohidlar komissiyalar, chegara o‘tish yo‘li faoliyati, shuningdek, odamlarning ishlari va ularning bizneslari iloji boricha tezroq qayta tiklanishi uchun harakat qilmoqda”, — dedi “Tolibon” vakili.
Afg‘onistonning Nangarhor viloyatini Pokistonning Xayber-Paxtunxva viloyati bilan bog‘lovchi Torkxam chegaradan o‘tish yo‘li mamlakatlararo yuklar olib o‘tiladigan asosiy joy bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, Vardak viloyati ma’muriy markazi Maydonshahr ham “Tolibon” nazorati ostiga o‘tgani haqida Zabixulla Mujohid o‘z Twitter’ida ma’lum qildi.
Uning xabariga ko‘ra, gubernator, politsiya boshlig‘i va boshqa boshqaruv organlari vakillar tomonidan egallab olingan. Hukumat kuchlarining qurol-yarog‘lari va aslahalari “Tolibon” qo‘liga o‘tgan.
Maydonshahr Kobuldan janubi-g‘arbda, undan 45,7 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Avvalroq “Tolibon” vakili Nangarhor viloyati poytaxti Jalolobod va Daykundi viloyati ma’muriy markazi Nili shaharlari harakat tomonidan egallab olinganini ma’lum qilgandi.
Undan avval, shanba (14-avgust) kuni kechqurun to‘qqizta viloyat markazlari kun davomida ularning nazorati ostiga o‘tgani aytilgandi.
Afg‘oniston sharqida endi faqat poytaxt Kobulgina hukumat kuchlari nazorati ostida qolmoqda. Avvalroq “Tolibon”ning old otryadlari Kobuldan 11 kilometr masofada aniqlangani xabar berilgandi.
Avvalroq 84 nafar afg‘on harbiy xizmatchisi O‘zbekiston tomoniga o‘tib, yordam so‘ragani xabar berilgandi.
Afg‘onistondagi o‘zbeklar yetakchisi sifatida ko‘riladigan marshal Abdurashid Do‘stum va mamlakatdagi tojik millatiga mansub aholi yetakchisi, Balx viloyatining sobiq gubernatori Ato Muhammad Nur hozirgi vaqtda “xavfsiz joyda” bo‘lib turgani ma’lum qilingan, ayrim manbalarga ko‘ra, ular vertolyotda O‘zbekistonga uchib ketgan bo‘lishi mumkin.
“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН
Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича
Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi
Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-
Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)
21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar
Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin
AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem