calendar 09 Aug 18:40
eye 234
comments 0
comments Manba: sof

Abror Muxtor Aliy Musulmonlar idorasida masʻul lavozimga tayinlandi

image

Abror Muxtor Aliy O'zbekiston musulmonlari idorasida yangi tashkil qilingan bo'limdagi lavozimga tayinlandi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar berdi.

Xabarga ko'ra, Abror Muxtor Aliy (Abror Abduazimov) O'zbekiston musulmonlari idorasida yangi tashkil etilgan «Qurʻon tajvidini o'rgatish» bo'limi mudiri o'rinbosari sifatida tayinlangan.

Qayd etilishicha, Abror Muxtor Aliy O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi faxriy doktori hisoblanadi. U Andijon viloyatidagi «Sayyid Muhyiddin Mahdum» madrasasidagi tayyorlov kursida tahsil olib, Namangan shahridagi «Mulla Qirg'iz» (hozirgi «Hidoya») o'rta-maxsus diniy taʻlim muassasasida o'qigan. Shundan so'ng Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida tahsil olgan.

Maʻlumot uchun, Abror Abduazimov 2008 yil Respublika qorilar musobaqasida ishtirok etib, «mujavvid qorilar» yo'nalishi bo'yicha 3-o'rinni olgan. 2008 yil Toshkent viloyati «Olimjon ota» jome masjidida imom-xatib bo'lib ishlagan. 2008–2009 yillarda Xorazm viloyatidagi «Faxriddin ar-Roziy» o'rta-maxsus diniy taʻlim muassasasi o'qituvchi vazifasida xizmat qilgan. 2009–2011 yillarda O'zbekiston Milliy universitetining Oliy jurnalistika kurslarida magistrlik darajasini olgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Jun 02:26
 
138
0
xs.uz

Hafta boshida xorijiy valyutalarning soʻmga nisbatan qiymati qanday boʻladi?

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 9-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,29 soʻmga tushdi va 12 777,52 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 15,80 soʻmga pasaydi va 14 590,65 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 2,21 soʻmga tushib, 161,54 soʻmni tashkil etdi.

31 May 08:51
 
195
0
xs.uz

Togʻlar orasidan vodiy sari yoʻl — “Qamchiq” dovonidan fotoreportaj

'Xalq soʻzi' va 'Narodnoye slovo' gazetalari ijodiy jamoasi bu safar Andijon viloyatiga xizmat safari uyushtirdi. Yoʻlimiz, tabiiyki, Oʻzbekistonning eng muhim va betakror maskanlaridan biri ' 'Qamchiq' dovonidan oʻtdi.Dovon oʻzining goʻzalligi, tabiat bilan uygʻunlashgan zamonaviy yoʻl infratuzilmasi hamda har faslda har-xil tus oluvchi manzaralari bilan kishini hayratga soladi. Bahorning soʻnggi kunlari boʻlishiga qarmay dovonidagi salqin havo kishiga oʻzgacha huzur bagʻishlaydi.Do

08 Jun 02:26
 
135
0
xs.uz

Soʻmning dollarga nisbatan qadri oshdi

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki xorijiy valyutalarning oʻzbek soʻmiga nisbatan 5-iyun kuni amalda boʻladigan qiymatini belgiladi.Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 25,54 soʻmga tushdi va 12 831,81 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 66,36 soʻmga pasaydi va 14 606,45 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,30 soʻmga oshib, 163,75 soʻmni tashkil etdi.

13 May 14:38
 
58
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollar kursi pastladi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'14,77 soʻmga'tushib,'12 910,15 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'40,10 soʻmga'oshib,'14 660,77 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,16 soʻmga'tushdi va'159,78 soʻmni'tashkil qildi.