calendar 03 Aug 18:10
eye 50
comments 0
comments Manba: daryo

AQShda Kapitoliyga uyushtirilgan hujum guvohiga aylangan to‘rtinchi politsiyachi o‘z joniga qasd qildi

image

AQShda shu yilning yanvar oyida Kapitoliyda sodir etilgan tartibsizliklarni bostirishda qatnashgan Vashington politsiyasi ofitseri Gunter Xashida o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Vashington politsiya boshqarmasiga tayanib, CNN xabar berdi.

Foto: Global Look Press

Xashida 29-iyul kuni o‘z uyida o‘lik holda topilgan. Bundan avvalroq 10-iyul kuni Vashington politsiyasining yana bir xodimi Kayl Defraytag vafot etgandi. Uning oilasi o‘limga o‘z joniga qasd qilish sabab bo‘lganini tasdiqlagan.

Kapitoliydagi tartibsizliklar guvohi bo‘lgan yana ikki politsiya ofitseri Jeffri Smit va Govard Libengud yanvarda o‘z joniga qasd qilgandi.

Kapitoliyga hujum haqidagi ish bo‘yicha 500 dan ortiq amerikalikka ayblov e’lon qilingan. Iyul oyining oxirida ushbu ish bo‘yicha birinchi marta qamoq jazosi tayinlandi — 38 yoshli Pol Xojkins sakkiz oylik qamoqqa hukm qilindi.

Kapitoliydagi tartibsizliklarni bostirishga Kapitoliy politsiya kuchlari va Vashington shahar politsiya departamentining kamida 850 xodimi jalb qilingan. Ularning 140 ga yaqini jarohatlangan. Iyul oyi oxirida bir nechta politsiya xodimi Kapitoliyga uyushtirilgan hujum bo‘yicha Kongressda guvohlik berdi.

Eslatib o‘tamiz, 6-yanvar kuni AQSh Kongressi a’zolari Donald Trampning prezidentlik saylovlarida mag‘lub bo‘lganini tasdiqlash uchun yig‘ilgan vaqtda Trampning tarafdorlari Kongressga bostirib kirgan. Politsiya bir necha soat o‘tibgina namoyishchilarni Kapitoliydan haydab chiqarishga muvaffaq bo‘lgan. Huquq-tartibot organlari xodimlari o‘qotar qurol, dubinka, ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan. Kapitoliyning xavfsizlik xodimi bilan birgalikda, besh kishi halok bo‘lgan. Tartibsizlikdan keyin federal qidiruv bo‘limi namoyish ishtirokchilariga qarshi 160 dan ortiq ish ochgan.

AQSh hukumatining xabar berishicha, Kapitoliyga qilingan hujum natijasida tarixiy ahamiyatga ega san’at asarlari va mebellar zarar ko‘rgan. Avvalroq Kapitoliyni ta’mirlash uchun 30 million dollar talab etilishi ma’lum bo‘lgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
55
0
postda.uz

“ЖАНОБ БИН” – ЖУДА АҚЛЛИ ИНСОН

Жаноб Бин роли билан машҳурликка эришган, кўпинча довдир ва кулгили қаҳрамонлар образларини маромига етказиб ижро этадиган Роуэн Аткинсон ҳаётда жуда ақлли инсон. Унинг IQ даражаси 178 баллга тенг. Гарчи ҳеч қачон синовдан ўтмаган бўлса-да, дунёга машҳур олим, физика бўйича

22 Mar 08:54
 
41
0
xs.uz

Zelenskiy Rossiya vakillari bilan uchrashishga tayyorligini maʼlum qildi

Kiyev har qanday emotsiya va his-tuygʻularni chetga surib, mojaroning yechimiga erishish uchun Rossiya vakillari bilan uchrashadi.Bu fikrlarni Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy jurnalistlar bilan boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida aytib oʻtdi.'Agar siyosiy iroda boʻlsa..., uchrashuv muammo emas. Agar bizni urushni tugatishga yaqinlashtiradigan ishlab chiqilgan variantlar mavjud boʻlsa, biz hech qanday tanaffus yoki hayajonlarsiz oldinga intilamiz', ' deydi Ukraina rahbari.Shu yilning 19-

23 Mar 16:44
 
72
0
xs.uz

Janubiy Koreyadagi oʻrmon yongʻinlari tufayli toʻrt kishi halok boʻldi, minglab insonlar evakuatsiya qilinmoqda (+video)

21-mart, juma kuni Seuldan 250 kilometr janubi-sharqda joylashgan Sancheong okrugida boshlangan yongʻin kuchli shamol oqibatida boshqa hududlarga tarqalgan. Natijada toʻrt nafar inson halok boʻldi. Bu haqida 'Yonhap' agentligi xabar berdi.Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, yongʻin sabab olti kishi kuyish jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Minglab insonlar yashab turgan hududidan evakuatsiya qilingan.'Oʻrmon yongʻinlari quruq ob-havo hamda kuchli shamol tufayli tezda boshqa hududlarga tar

18 Apr 11:08
 
26
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem