calendar 25 Jul 12:20
eye 60
comments 0
comments Manba: xs

Namanganda kanalda oqib ketayotgan ayol qutqarib qolindi

image

Bugun ertalab soat 07:00 lar chamasida odamlar Shimoliy Fargʻona kanalining Yangi Namangan tumani hududidan oʻtgan qismida bir ayol kishi oqib kelayotganini koʻrib qolishadi. Shu hududda xizmat vazifasini olib borayotgan viloyat IIB YHXB boshligʻining oʻrinbosari Shavkat Sodiqov hech ikkilanmay oʻzini suvga otib, ayolni qirgʻoqqa olib chiqadi. Aniqlanishicha, u Yangi Namangan tumanida yashovchi, 2005-yildan buyon ruhiy kasallik bilan ogʻrib, davolanib kelayotgan ayol boʻlib, tushkunlik oqibatida joniga suiqasd qilish maqsadida oʻzini suvga tashlagan. Ayolga zudlik bilan tibbiy yordam koʻrsatilgan. Hozirda uning salomatligi yaxshi.

— Ertalab ishga ketayotsam, oʻt oʻchirish qismi oldida, kanal koʻprigi yaqinida tumonat odam toʻplanib turibdi. Yoʻl hodisasi boʻldimikan, deb oʻylab ularga yaqinlashdim. Qarasam, kanalda bir ayol oqib ketyapti. Hech narsani oʻylamay oʻzimni suvga otdim, olib chiqdim!

— Rahmat Sizga, sizdek mard oʻgʻlonlar koʻpaysin. Rahbar boʻlib, oʻzingiz shaxsiy namuna koʻrsatibsiz, — dedi Namangan viloyati hokimi Sh. Abdurazzoqov va podpolkovnik Sh. Sodiqovning jasoratini eʼtirof etib, uni qimmatbaho sovgʻa bilan taqdirladi.

Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

14 Apr 06:18
 
28
0
xs.uz

Samarqandda yuk mashinasi yonib ketdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida 'Isuzu' rusumlik yuk mashinasi yonib ketdi. Viloyat FVB holat yuzasidan'maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, hodisa bugun, 13-aprel kuni soat 14:15 da Oqdaryo tumani 'Kumushkent' MFYdan oʻtuvchi M-39 'Samarqand-Qarshi' avtomagistral yoʻlining 19-kilometrida sodir boʻlgan.Viloyat FVBga kelib tushgan xabarga'koʻra,'voqea'joyiga'2'ta'Yongʻin-qutqaruv'ekipaji'soat'14:22'da'yetib'borib, 8'daqiqa'ichida'yongʻinni'bartaraf'qilgan.Aniqlanishicha, 'Isuzu FV-10000' r

20 Mar 12:53
 
42
0
xs.uz

Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi qamishzorlar yoqib yuborilmoqda

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston chegarasidagi hudud osmonini qora tutun qoplagani aks etgan videolar tarqaldi. Surxondaryo viloyati hokimligi mazkur holat yuzasidan'bayonot'bilan chiqdi.Qayd etilishicha, ayni kunlarda Oʻzbekiston va Afgʻoniston davlatlari chegarasidagi neytral hududda, Amudaryo ichkarisida joylashgan kichik orolchalarda qamishzorlarni rejali tartibda yoqish ishlari amalga oshirilmoqda.'Ushbu tadbir zararli hasharotlar koʻpayishi va yuqumli kasalliklar tarqal

20 Mar 12:53
 
47
0
xs.uz

Navroʻz bayrami Surxondaryoga tarovat bagʻishlamoqda

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Surxondaryo viloyatining Navroʻz shodiyonalariga bagʻishlangan asosiy bayram sayli Termiz shahridagi Sanʼat saroyi bogʻida boʻlib oʻtdi. Sharqona yangi yil boshi, goʻzallik, bunyodkorlik va yangilanish ayyomi erta tongdan karnay-surnay sadolari ostida tantanali ravishda boshlandi.Vohaning har bir tumani oʻziga ajratilgan qoʻrgʻonlarni, oʻtovlarini hududning milliy qadriyatlariga xos bezatib, turli koʻrgazmalar tashkil etdi. Sanʼatkorlarning konsert dastu

21 Apr 08:33
 
19
0
xs.uz

Fargʻonada 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi

Fargʻona shahrida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilib ketdi. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.Qayd etilishicha, kecha, 19-aprel kuni soat 22:00 da Fargʻona shahar Madadkor hamda Madaniyat mahallalari kesishmasidagi kichik halqa yoʻli yonida 500 diametrlik ichki ichimlik suvi quvuri yorilishi kuzatilgan.Buning ortidan Madadkor, Yangisoy, Toʻqimachilar, M.Ulugʻbek hamda Yoshlar MFY hududlari avariya bartaraf etilguniga qadar ichimlik suvi