O‘zbekistonning yozgi Olimpiya o‘yinlaridagi debyuti: Atlanta — 1996 haqida

Yaponiyaning Tokio shahrida bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiya o‘yinlari boshlanishiga sanoqlik kunlar qoldi. “Daryo” to‘rt yillikning eng nufuzli musobaqasi oldidan O‘zbekistonning o‘tgan Olimpiadalardagi ishtirokini yodga oladi.
Bu sahifada O‘zbekiston vakillari uchun debyut bo‘lgan 1996-yil AQShning Atlanta shahrida o‘tkazilgan yozgi Olimpiya o‘yinlari haqida so‘z boradi.
Jorjia shtatidagi yozgi o‘yinlar 1996-yilning 19-iyul kuni start olgan va 4-avgustga qadar davom etgan. Musobaqada 197 mamlakatdan bo‘lgan 10,7 ming atlet 26 ta sport turi bo‘yicha bellashuvlarda qatnashgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi 12 ta sport turi bo‘yicha jami 71 ta yo‘llanma qo‘lga kiritadi. Debyut Olimpiadada o‘zbekistonlik sportchilar ikkita medalga ega chiqqan holda umumjamoa hisobida 58-o‘rindan joy oladi.
-86 kilogramm vazn toifasida ishtirok etgan dzyudochi Armen Bagdasarov O‘zbekiston safida yozgi Olimpiya o‘yinlari tarixida ilk medalni qo‘lga kiritgandi. Shuningdek, bokschi Karim To‘laganov -75 kilogramm vazn toifasida bronza medaliga sazovor bo‘lgan.
Atalanta—1996 Olimpiadasida ishtirok etgan barcha o‘zbekistonlik sportchilar
Yengil atletika
- Anvar Kuchmurodov
- Yuriy Aristov
- Yevgeniy Petin
- Ramil G‘aniyev
- Oleg Veretelnikov
- Sergey Kot
- Roman Poltoratskiy
- Vitaliy Xojatelev
- Sergey Voynov
- Vladimir Parfyonov
- Lyudmila Dmitriadi
- Svetlana Munkova
Boks
- Ulug‘bek Ibragimov
- Muhammadqodir Abdullayev
- Narimon Atoyev
- Karim To‘laganov
- Dilshod Yorbekov
- Temur Ibragimov
- Ruslan Chagayev
Dzyudo
- Armen Bagdasarov
- Alisher Muxtorov
- Temur Muhammadxonov
- Andrey Shturbabin
- Vladimir Shmakov
- Dmitriy Solovyov
- Kamol Murodov
Og‘ir atletika
- Ulug‘bek Ibragimov
- Temur Ibragimov
- Viktor Yanski
- Baxtiyor Nurullayev
- Aleksandr Urinov
- Valentin Manushev
- Igor Xalilov
Baydarka va kanoeda eshkak eshish
- Aleksandr Popov
- Vitaliy Anosov
- Ivan Kireyev
- Yevgeniy Astanin
- Vladimir Shoislomov
- Irina Lyalina
- Tatyana Levina
- Jamoa: Vladimir Shoislomov, Sergey Shoislomov
- Jamoa: Vladimir Alimdyanov, Rafael Islomov
- Jamoa: Konstantin Yashin, Anatoliy Tyurin, Vladimir Kazansev, Andrey Shilin
- Jamoa: Tatyana Levina, Yelena Lebedeva, Inna Isakova, Irina Lyalina
Kurash
- Adhamjon Ochilov
- Damir Zaxardinov
- Ramil Islomov
- Arsen Fadzayev
- Boris Budayev
- Ruslan Xingchagov
- Shamsiddin Xudoyberiyev
- Bahodir Qurbonov
- Grigoriy Pulyayev
- Shermuhammad Qo‘ziyev
Qilichbozlik
- Rafkat Ro‘ziyev
Suzish
- Ravil Nachayev
- Vyacheslav Kabanov
- Dmitriy Pankov
- Oleg Puxnatiy
- Jamoa: Oleg Svetkovski, Ravil Nachayev, Oleg Puxnatiy, Vyacheslav Kabanov
- Jamoa: Aleksandr Agafonov, Vyacheslav Kabanov, Dmitriy Pankov, Oleg Svetkovski
Tennis
- Dmitriy Tomashevich
- Oleg Ogorodov
- Jamoa: Oleg Ogorodov, Dmitriy Tomashevich
Velosport
- Jamoliddin Abdujaparov
Badiiy gimnastika
- Oksana Chusovitina
- Anastasiya Dzyundzyak
O‘q otish
- Shuhrat Ahmedov
O‘zbekiston delegatsiyasi shu vaqtga qadar 6 ta Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan. Umumiy hisobda o‘zbekistonlik sportchilar Olimpiadaga 460 ta yo‘llanmani qo‘lga kiritgan. O‘zbekiston vakillari yozgi o‘yinlarda 31 ta medalga ega chiqqan — 7 ta oltin, 6 ta kumush va 17 bronza.
O‘zbekiston vakillarining Olimpiadalarda qo‘lga kiritgan barcha sovrinlari
Foto: “Daryo” / Husan Sobitov
Tursunoy Jabborova — Osiyo chempionati sovrindori
Biroz avval ayollar o'rtasida -87 kg. vazn toifasida bahslar o'tkazildi. E'tiborlisi, ushbu vaznda yurtimiz sharafini himoya qilgan Tursunoy Jabborova dast ko'tarishda 108 kg. natija qayd etib, bronza medalga sazovor bo'ldi.Afuski, Jabborovaga siltab ko'tarish va umumiy hisobda biroz omad yetishmadi u yakunda sakkizinchi pog'onadan joy oldi. Shuningdek, ushbu vaznda qatnashgan yana bir vakilimiz Nigora Suvonova oltinchi natijani qayd etdi.
Nukusda “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Qizg'in bahslarga boy bo'lgan musobaqa yakuniga ko'ra:16 ' 21 yoshlilar orasida:1-o'rin: Beruniy tumani 'Shabboz' MFY2-o'rin: Qorao'zak tumani 'Dosnazarov' MFY3-o'rin: Qo'ng'irot tumani 'Sanoat' MFY.22 ' 30 yoshdagilar orasida:1-o'rin: Mo'ynoq tumani 'Jayhun' MFY2-o'rin: Shumanay tumani 'Momiy' MFY3-o'rinni Xo'jayli tumani 'Uzumzor' MFY jamoalari egalladi.Musobaqa yakunida g'oliblar tashkilotchilar tomonidan tayyorlangan diplom, qimmatbaho sovg'alar va O'zbekiston Respublikasi bosqichiga yo'llan
“Sport – tinchlik elchisi” musobaqasi mamlakatimiz talabalarini birlashtirdi
Marosimda so'z olgan rasmiylar oliy va diniy ta'lim muassasalari o'rtasida sportni ommalashtirish, talabalarni sog'lom turmush tarzi va jismoniy faollikka jalb qilish, ta'lim muassasalari o'rtasida sportni targ'ib qilish orqali do'stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta'kidlashdi.Musobaqa doirasida yoshlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kibersport, kurash, arqon tortish, tosh ko'tarish kabi turlar bo'yicha bellashishmoqda.Shuningdek, sport sohasid
“Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilarihtml5-dom-document-internal-entity1-quot-end sport musobaqalarining sport kurashlari bo‘yicha mintaqaviy bosqichiga start berildi
Musobaqada Baliqchi, Bo'ston, Ulug'nor, Shahrixon tumanlarining 15-17 yosh toifasidagi iqtidorli sportchilari kurash maydonida o'zaro kuch sinashmoqda.