calendar 06 Jul 05:31
eye 79
comments 0
comments Manba: qalampir

Xalqaro boks assotsiatsiyasi vazn toifalarini ko'paytirdi

image
image

Xalqaro boks assotsiatsiyasi — AIBA direktorlar kengashi barcha musobaqalarda (Olimpiya o'yinlaridan tashqari) yoshlar va katta yoshli sportchilarining vazn toifalariga o'zgartirishlar kiritib, sport turini tubdan o'zgartirish to'g'risida qaror qabul qildi. Erkaklar vazn toifalari 10 tadan 13 tagacha, ayollar o'rtasida esa 10 tadan 12 tagacha ko'tariladi.

Qaror joriy yil 1 avgustdan kuchga kiradi.

Ushbu taklifni AIBA Bosh kotibi Istvan Kovach taqdim etdi. Uning taʻkidlashicha, AIBA kengashining yig'ilishida yangi vazn toifalarini muhokama qilish va kelishishdan avval erkaklar va ayollar boksida manfaatdor tomonlarning keng konsultatsiyasi o'tkazilgan.

"Biz ishonamizki, ushbu qadam ko'proq vazn toifasidagi bokschilarga o'zlarini eng kuchli va qulay his etadigan vazn toifalarida ishtirok etishlariga imkon beradi. Biz barcha takliflarni milliy federatsiyalar va AIBA qo'mitalarining hurmatli vakillari orqali to'pladik. Har bir ovoz inobatga olindi. Ushbu yangilik boksning quyi qatlamdan elitaga aylanishi uchun yordam beradi", deydi Kovach.

AIBA prezidenti Umar Kremlyov esa:

"AIBA’ning barcha raqobat tarkibini keng isloh qilish jarayonida biz ushbu muhim o'zgarishni amalga oshirmoqdamiz. Men, albatta, sportchilarimizga ko'proq imkoniyatlar berishimiz kerakligiga ishonaman, yangi bo'linishlar turli mamlakatlardan ko'proq odamlarni boks bilan shug'ullanishga undaydi va medallar qo'lga kiritishga imkon beradi. Medallarimiz qanchalik ko'p bo'lsa, mamlakatlar hukumatlari bizning sportimizga shunchalik eʻtibor berishadi va uni butun dunyoda moliyalashtiradilar", deya fikr bildirdi.

O'zgarishlar bokschilarning xavfsizligi uchun vaznni boshqarish va teng kurashni taʻminlashga xizmat qiladi. 

To'liq vazn toifalari quyidagicha taqsimlandi:

  • Erkaklar: -48, -51, -54, -57, -60, -63,5, -67, -71, -75, -80, -86, -92 +92.
  • Ayollar: -48, -50, -52, -54, -57, -60, -63, -66, -70, -75, -81, +81.

Doʻstlaringiz bilan ulashing

20 Mar 12:50
 
58
0
postda.uz

TAJRIBA VA MAHORAT USTUNLIGI

Yaqinda sportning mini futbol turi bo‘yicha “IIV Malaka oshirish instituti boshlig‘i kubogi” uchun musobaqa tashkil etildi. Unda Toshkent davlat texnika universiteti talabalari, Olmaliq shahridagi bir qator ta'lim muassasalari yoshlari hamda mazkur institut tinglovchilaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi. Qiziqarli bahslarga boy tarzda o‘tgan bellashuvlarning yakuniy natijalariga ko‘ra, tajriba va mahorat bobida raqiblaridan ustun kelgan IIV Malaka oshirish institutining

16 Apr 09:12
 
36
0
xs.uz

Samarqand davlat universitetida “Rektor kubogi” sport musobaqalariga start berildi

Samarqand davlat universitetida anʼanaviy 'Rektor kubogi' sport musobaqalari boshlandi. Mazkur bellashuvlar futbol, voleybol, kurash kabi ommabop sport turlarini oʻz ichiga olgan.Bugun 'Rektor kubogi' sport musobaqasining tantanali ochilish marosimi oʻtkazildi. Tadbir Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangrashi bilan boshlandi. Samarqand davlat universiteti rektori, Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati aʼzosi Rustam Xolmurodov, Samarqand viloyat hokimining yoshla

04 Apr 16:20
 
55
0
xs.uz

22 yoshli xalqaro grossmeyster 3 yilga xalqaro musobaqalardan chetlatildi

22 yoshli xalqaro grossmeyster Kirill Shevchenko Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) tomonidan barcha rasmiy musobaqalardan uch yilga chetlatildi. Bu qaror Ispaniyada boʻlib oʻtgan Jamoaviy Shaxmat Chempionatidagi shubhali vaziyat va keyinchalik uning gʻirromlik qilganini tan olganidan soʻng qabul qilindi. Ushbu voqea shaxmat jamoatchiligida katta muhokamalarga sabab boʻldi.Musobaqa vaqtida hakamlar Shevchenkoning uzoq vaqt davomida taxtadan uzoqlashganidan shubhalanishgan. Keyinchalik ter

12 Apr 21:16
 
28
0
xs.uz

Los-Anjeles — 2028: Suzish bahslarida rekord darajadagi medallar o‘ynaladi

Erkin usulda suzish: 50, 100, 200, 400, 800, 1500 metr;Chalqancha: 50, 100 va 200 metr;Brass: 50, 100 va 200 metr;Batterflyay: 50, 100 va 200 metr;Kompleks: 200 va 400 (yakkalik);Estafetalar: 4x100, 4x200 metr (ikkalasi ham erkin) va 4x100 miks (kompleks);Marafon: 10 km.* Aralash estafetadan tashqari barcha dasturlar ham erkaklar, ham ayollar o'rtasida hisoblanadi;** Qoraytirilgan masofalar Olimpiya dasturiga yangi kiritilgan.