calendar 01 Jul 20:10
eye 55
comments 0
comments Manba: daryo

Jaziramadan hushini yo‘qotgan harbiy, raqs to‘garagidagi qariyalar, falastinliklardan yashirinayotgan Isroil kuchlari. 1-iyul suratlari

image

O‘zbekiston va dunyoning turli nuqtalarida 1-iyul kuni olingan suratlarni namoyish etamiz.

Vostochniy kosmodromidan OneWeb sun’iy yo‘ldoshlari ortilgan “Soyuz-2.1b” raketa tashuvchisi uchirildi.

Foto: “TASS”

Toshkent ko‘chalaridan birida hosil bo‘lgan ko‘lmakda salqinlanayotgan qushlar. “O‘zgidromet” ma’lum qilishicha, 2-iyun kuni Toshkentda harorat kunduzi 39–41 daraja bo‘ladi. Kelasi hafta mamlakatda 46 darajagacha issiq bo‘lishi kutilmoqda.

Foto: “Daryo” / Dilshod Sharipov

Nyu-Dehlida shifokor o‘yinchoqlar bilan bezatilgan furgon ichida boladan koronavirus tahlili uchun namuna olyapti.

Foto: AFP

Omsk shahri 2021-yilgi Buyuk ipak yo‘li rallisi startiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: “TASS”

Shahzodalar Uilyam va Garri Londonda malika Diana haykali ochilishida qatnashdi. 1-iyul kuni malika Diana 60 yoshni qarshilagan bo‘lar edi. Diana 1997-yil 31-avgustda Parijdagi avtohalokatda vafot etgan.

Foto: Getty Images

Janubiy Avstraliyada urishayotgan ikki g‘arbiy kulrang kenguru.

Foto: Alamy

Ispaniyaning Valensiya shahrida “El Dormitorio. Centennial Bedroom Art” badiiy ko‘rgazmasi ochildi.

Foto: Getty Images

Turkiyaning Mersin shahridagi hayvonot bog‘ida kun isib ketishi sababli meva ta’mli muz yeyayotgan lemur.

Foto: Getty Images

Janubiy Koreyada koronavirus cheklovlarini yumshatilganidan so‘ng birinchi marta qayta ochilgan raqs darsiga tashrif buyurgan keksa ayollar.

Foto: Getty Images

Politsiya xodimlari Nyu-Dehlidagi Xitoy elchixonasi oldida tibetlik namoyishchilarni Xitoy Kommunistik partiyasining 100 yillik yubileyiga qarshi mitingi paytida hibsga olmoqda.

Foto: Reuters

Amerika Qo‘shma Shtatlari dengiz akademiyasida qasamyod qilish marosimida qatnashayotgan bitiruvchilar.

Foto: Getty Images

Turkiya hukumati koronavirus pandemiyasi sabab qo‘yilgan cheklovlarni yumshatdi.

Foto: “TASS”

Pekinning Tiananmen maydonidagi ishtirokchilar Xitoy Kommunistik partiyasining 100 yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Foto: EPA

Kubada qattiq yog‘ingarchilik va drenaj tizimining noto‘g‘ri ishlashi oqibatida suv toshqini ichida qolgan ko‘cha bo‘ylab harakatlanayotgan transportlar.

Foto: AFP

Sharqiy Quddusning Falvan mahallasidagi falastinlikning do‘koni buzib tashlaganidan keyin boshlangan namoyish vaqtida yashirinib o‘tirgan Isroil xavfsizlik kuchlari.

Foto: Reuters

Julian Assanjning 50 yoshga to‘lgani munosabati bilan uni ozod qilishni talab qilayotgan odamlar joylashgan kema Vestminster saroyi yaqinidan o‘tmoqda.

Foto: The Guardian

Oregon shtati hukumati yuqori harorat tufayli karantin cheklovlarini yumshatdi.

Foto: Getty Images

Gonkongda hudud Xitoyning yurisdiksiyaga o‘tganining 24 yilligi munosabati bilan norozilik namoyishi bo‘lib o‘tdi. Buyuk Britaniya va Xitoyning 1984-yilgi kelishuviga asosida Gonkong 1997-yil 1-iyulda rasmiy Pekinning boshqaruviga o‘tgan.

Foto: AP Photo

Vashingtonda jazirama tufayli AQShning Faxriy qorovuli hushidan ketib yiqildi. Kanadaning g‘arbiy va AQShning shimoli-g‘arbiy qismida termal gumbaz deb nomlangan yuqori atmosfera bosim zonasi paydo bo‘ldi. AQShda “tarixiy” deb atalgan jazirama tufayli o‘nlab o‘lim holati qayd etildi.

Foto: EPA

Janubiy Koreyada gullagan kungaboqarlar ichida suratga tushayotgan odamlar.

Foto: “TASS”

Indoneziyadagi Merapi vulqonining faolligi natijasida lava oqishi davom etmoqda.

Foto: Getty Images

Vengeriyaning Nyirchaholi shahri yaqinida gullagan lavanta.

Foto: EPA

“Smolvill” teleserialidagi roli bilan tanilgan aktyor Allison Mak Nyu-Yorkning Bruklin tumanida NXIVM tashkiloti marosimida qatnashgani uchun sudlanayotgan paytida jabrlanganlardan kechirim so‘rab yig‘lab yubordi.

Foto: Reuters


Doʻstlaringiz bilan ulashing

17 May 21:47
 
110
0
xs.uz

Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'39,72 soʻmga'oshdi va'12 935,27 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'28,64 soʻmga'koʻtarildi va'14 367,20 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,09 soʻmga'yuqorilab,'160,47 soʻmni'tashkil etdi.

18 Apr 11:08
 
580
0
xs.uz

Dollar va yevro kursi pastladi, rubl esa koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'30,16 soʻmga'tushdi va'12 964,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'17,40 soʻmga'pastlab,'14 744,45 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,60'soʻmga'oshdi va'158,28 soʻmni'tashkil qildi.

04 Apr 16:19
 
54
0
xs.uz

Dunyoning elektr skuter ishlab chiqaruvchi yetakchi “Yadea” kompaniyasi Toshkentda flagman doʻkonini ochdi

Jahonning mashhur ikki gʻildirakli transport vositalari ishlab chiqaruvchisi sanalgan 'Yadea' brendi endi Oʻzbekistonda ham faoliyat boshladi. Bu ayni brend uchun muhim qadam boʻlib, aholiga zamonaviy va ishonchli elektr skuter va elektron velosipedlarni taqdim etadi. 'Yadea' ushbu yoʻnalishda 8-yildan buyon ketma-ket dunyoda sotuvlar boʻyicha yuqori oʻrinlarni egallamoqda. Endilikda oʻzbek xaridorlari kompaniyaning innovatsion mahsulotlari bilan shaxsan tanishishi mumkin.Doʻkon Toshkent

04 Apr 16:20
 
70
0
xs.uz

2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi

2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu e