calendar 15 Jun 12:10
eye 38
comments 0
comments Manba: daryo

Farg‘onalik ayol to‘rt egizakni dunyoga keltirdi

image

Farg‘ona shahridagi “Xo‘jamag‘iz” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi G‘anijon Odilov va Munavvarxon Odilova xonadonida biryo‘la to‘rt nafar egizak farzand — uch o‘g‘il va bir qiz dunyoga keldi. Bu haqda “Daryo” muxbiri Azizjon Ermatov xabar berdi.

Foto: “Daryo”

Qayd etilishicha, chaqaloqlarga To‘lqinboy, Abdukarim, Abduhakim va Zilola deb ism qo‘yilgan. Odilovlar oilasida 2016 va 2018-yilda ham qiz farzandlar dunyoga kelgan.

Foto: “Daryo”

Shifokorlarning ta’kidlashicha, chaqaloqlar sog‘lom, ular zudlik bilan jonlantirish bo‘limiga o‘tkazilgan va kerakli muolajalar qilingan.

Foto: “Daryo”

Farg‘ona shahar FHDYo bo‘limi xodimlari chaqaloqlarga tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomalarni tug‘ruqxonaning o‘zida sayyor tartibda topshirgan.

Ma’lum qilinishicha, 2021-yilning 1-iyun kuniga qadar Farg‘ona viloyatida 35 ming 125 nafar bola dunyoga kelgan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
43
0
xs.uz

Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi

Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

20 Mar 12:50
 
54
0
postda.uz

VATANPARVARLIK RUHIDA

Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda

20 Mar 12:54
 
62
0
xs.uz

Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi

Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)