O‘zbekiston “Siyosatdagi ayollar” jahon reytingida 45-o‘rinni egalladi

O‘zbekiston Parlamentlararo Ittifoqning 2021-yilgi “Siyosatdagi ayollar” jahon reytingida 45-o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda UzNews. Reytingda ayollarning turli mamlakatlar parlamenti va hukumatidagi vakilligi haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.
O‘zbekiston bu borada 130 dan ortiq davlatlar, jumladan, Germaniya, Avstraliya, Kanada, AQSh, Markaziy Osiyoning barcha davlatlari va boshqalarni ortda qoldirdi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston ayollar parlamentni boshqaradigan va hukumat tarkibiga kiradigan mamlakatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Shuningdek Senat raisi Tanzila Norboyeva rahbarlik qilayotgan Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiya ishiga yuqori baho berilgan.
1889-yilda tashkil etilgan Parlamentlararo Ittifoq 179 mamlakat parlamentlarini birlashtirgan parlamentlararo muloqot uchun eng katta platformadir. Tashkilotda, shuningdek, mintaqaviy parlament organlarining 13 ta assotsiatsiyalangan a’zolari mavjud.
O‘z navbatida O‘zbekiston ham 1992-yildan Parlamentlararo Ittifoq a’zosi hisoblanadi. Garchi mamlakatning a’zoligi 2007—2017-yillarda to‘xtatilgan bo‘lsa-da, 2017-yilda Toshkent Parlamentlararo ittifoqdagi ishtirokini yana tikladi.
2019-yil oktabr oyida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi spikerining birinchi o‘rinbosari Akmal Saidov 2020—2022-yillarga Parlamentlararo Ittifoqning Yevrosiyo guruhidan Parlamentlararo Ittifoqning ijroqo‘mi a’zosi etib saylangan edi. 2020-yil 30-yanvar kuni Parlamentlararo Ittifoq ijroiya qo‘mitasi boshqaruv organlari yangi tarkibini shakllantirish doirasida PAI vitse-prezidenti hamda moliya bo‘yicha kichik qo‘mita a’zosi etib ham tayinlandi.
Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi
Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o
Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi
7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash
VATANPARVARLIK RUHIDA
Yaqinda Namangan harbiy prokuraturasi tomonidan mazkur hududdagi Mudofaa vazirligi va IIV Qorovul qo'shinlariga qarashli harbiy qismlar hamkorligida Pop tumanidagi “Navro'z” mahallasida vatanparvarlik ruhidagi tadbir tashkil etildi. Unga qo'shni “Bunyodkor” mahallasi yoshlari ham jalb qilindi.Tadbir doirasida ishtirokchilar o'rtasida sportning tosh ko'tarish, arqon tortish, kamondan otish hamda shaxmat turlari bo'yicha “Harbiy prokuror kubogi” uchun bahslar o'tkazildi. Musobaqalarda
Oʻzbekiston mudofaa byudjeti boʻyicha Markaziy Osiyoda birinchi oʻrinni egalladi
Xalqaro mudofaa sharhida taʼkidlanishicha, Oʻzbekiston mudofaa byudjeti bilan Myanmadan (2,94 milliard dollar) keyingi 63-oʻrinni band etgan.Reyting jadvalida yurtimizdan keyingi oʻrinlarda 2,04 milliard AQSH dollar byudjet bilan Qozogʻiston, 1,1 milliard dollar bilan Turkmaniston, 446 million dollar bilan Tojikiston va 221 million dollarlik byudjet bilan Qirgʻiziston joylashgan.GF maʼlumotlariga koʻra, mudofaa byudjeti eng yuqori boʻlgan top beshta mamlakat ' AQSH (895 milliard dollar)