calendar 10 Jun 11:31
eye 35
comments 0
comments Manba: qalampir

Kelasi yil oxirigacha butun dunyoga vaktsina tarqatiladi — Jonson 

image
image

"Katta yettilik" (G7) mamlakatlari ertaga, 11 iyun kuni boshlanadigan sammitda kelajakda pandemiyalarga tayyorgarlik ko'rish to'g'risida kelishuv ishlab chiqish va kelasi yil oxirigacha butun dunyoga COVID-19 vaktsinalarini tarqatish masalalarini ko'rib chiqadi. Bu haqda Buyuk Britaniya Bosh vaziri Boris Jonson maʻlum qilgan.  

"G7 kelasi yil oxirigacha butun dunyoga vaktsina tarqatishga vaʻda beradi. Biz dunyo miqyosida pandemiyaga tayyorgarlikning yangi shartnomasini ishlab chiqarishni boshlaymiz, shunda dunyo hyech qachon bunday vaziyatga tushib qolmaydi", degan Jonson. 

Taʻkidlanishicha, "Katta yettilik" mamlakatlari sammitida global atrof-muhit masalalari va taʻlim muammolari ham muhokama qilinadi. 

"Biz dunyodagi eng katta muammolarni hal qilishda birgalikda harakat qilamiz: uglerod chiqindilarini kamaytirish, biologik xilma-xillikning yo'qolishi va 2025 yilga qadar 40 million qiz uchun arzon taʻlimni yo'lga qo'yish", degan Jonson. 

Britaniya Bosh vazirining qo'shimcha qilishicha, u va AQSh Prezidenti Jo Bayden ikki mamlakatning NATO qadriyatlariga sodiqligi to'g'risidagi nizomni ham imzolaydi. 

"Prezident Bayden va men ilm-fan, texnologiya va savdo-sotiqni o'z ichiga olgan va avvalambor bizning NATOga bo'lgan sadoqatimizni taʻkidlaydigan nizomni imzolaymiz", deb qo'shimcha qilgan Jonson. 

Maʻlumot o'rnida, G7 mamlakatlari sammiti joriy yilning 11-13 iyun kunlari Buyuk Britaniyaning Kornuoll grafligida bo'lib o'tadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
392
0
xs.uz

Isroilning Gʻazoga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida yana 20 nafarga yaqin falastinlik halok boʻldi

Isroilning Gʻazo sektoriga bergan ertalabki zarbalari oqibatida 20 nafarga yaqin odam halok boʻlgan. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalarga tayanib xabar tarqatdi.'Juma kuni ertalabdan beri Isroilning Gʻazo sektorining shimoliy va janubiy hududlariga bergan zarbalari natijasida 17 falastinlik halok boʻldi', ' deyiladi xabarda.Telekanal maʼlumotlariga koʻra, bu safar Isroil tomonidan Xon-Yunis hududidagi turar-joy binolari va Jabaliyadagi qochqinlar joylashgan maktab bom

21 Apr 08:34
 
396
0
xs.uz

Fransiya maxsus kuchlari ish tashlashga kirishdi

Fransiya milliy politsiyasining jangovar va maxsus kuchlari boʻlinmasi xodimlari ish tashlash namoyishi oʻtkazmoqda. Bu haqda Fransiyaning 'TF1' telekanali xabar berdi.Ushbu boʻlinma mamlakat Ichki ishlar vazirligi yurisdiksiyasi ostida boʻlib, uning guruhlari jinoiy jinoyatlarni, jumladan, qurolli talonchilik va odam oʻgʻirlashni tergov qiladi.400 nafarga yaqin elita politsiyachi Fransiya Milliy sud politsiyasi boshqarmasi oldida namoyishga chiqdi. Ular ish vaqtidan tashqari ishlash, smen

21 Apr 08:34
 
396
0
xs.uz

Yevropa “katta oʻyinga” qoʻshildi — Parijda Ukraina boʻyicha “koʻngillilar koalitsiyasi” yigʻilishi boʻlib oʻtdi

Kecha Parijda bir qator diplomatik uchrashuvlar ham boʻlib oʻtdi va bu Ukrainadagi mojaroni tartibga solishning yangi bosqichini belgilab berdi. Shu kuni Fransiya prezidenti Emmanuel Makron AQSH Davlat kotibi Marko Rubio va AQSH prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoffni qabul qildi.Shu bilan birga, Parijda Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak, tashqi ishlar vaziri Andrey Sibixa va mudofaa vaziri Rustem Umerovdan iborat Ukraina delegatsiyasi hamda 30 ga yaqin davlat, jumladan, Fran

21 Apr 08:34
 
400
0
xs.uz

Global isish jahon yalpi ichki mahsulotini 40 foizga qisqartiradi

Yaqinda oʻtkazilgan tadqiqot, agar 2100-yilga borib Yer sharidagi haroratning issiqlik darajasi Selsiy shkalasi boʻyicha 4 gradusga (sanoatlashishdan oldingi davrga nisbatan) koʻtarilsa, dunyo iqtisodiyoti uchun jiddiy oqibatlar yuzaga kelishidan ogohlantiradi.Jahon yalpi ichki mahsuloti 40 foizga pasayishi kutilmoqda, bu avvalgi 11 foiz baholanganidan ancha yuqori. Chunki koʻpgina iqlim prognozlari savdo va resurslar orqali mamlakatlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqalarni hisobga olmaydigan maha