calendar 01 Jun 13:10
eye 36
comments 0
comments Manba: daryo

Shavkat Mirziyoyev Sheroboddagi zamonaviy issiqxona va anor qadoqlash korxonasi bilan tanishdi

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Sherobod tumanidagi zamonaviy issiqxonani ko‘zdan kechirdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

“Sherobod agro impeks” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga qarashli ushbu majmua 2020-yili ishga tushirilgan. 29 gektarlik issiqxonada pomidor, bodring, bulg‘or qalampiri, baqlajon kabi bozorbop mahsulotlar yetishtirilmoqda. Bu yerda 200 nafar mahalliy yoshlar ishlamoqda.

Mahsulot hajmini ko‘paytirish orqali uning tannarxini arzonlashtirish muhimligi ta’kidlandi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu yerda “Sherobod anor impeks” korxonasi ham tashkil etilgan. 5 million dollarlik mazkur loyiha natijasida anorni qadoqlash va qayta ishlash yo‘lga qo‘yilgan. Uskunalar Janubiy Koreya va Sloveniyadan keltirilgan.

Anor bo‘lmagan paytda korxona to‘xtab qolmaydi. Meva-sabzavot va poliz mahsulotlarini saralab, bozorga chiqaradi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Korxona 6 ming tonna qadoqlash, 2 ming tonna anor sharbati ishlab chiqarish quvvatiga ega. Bu yerda 70 kishi ish bilan ta’minlangan.

Anor mevasi aholi va bog‘dorchilik xo‘jaliklaridan sotib olinadi. Sherobod tumanida bir yilda qariyb 30 ming tonna anor yetishtiriladi. Shundan 8 ming tonnasi eksportga chiqarilmoqda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Yaqingacha tumanda 2 ming 400 gektar anorzor bor edi. 2021-yilda hosildorligi past bo‘lgan 3 ming gektardan ziyod paxta va g‘alla maydonlari o‘rnida fermer xo‘jaliklari va tadbirkorlar tomonidan anor bog‘lari tashkil etildi. Buning natijasida qo‘shimcha 3 mingta yangi ish o‘rni yaratildi. Uch yildan keyin bu yangi ko‘chatlardan 18 ming tonna hosil olish mumkin. Uning 8 ming tonnasi qayta ishlanishi va 10 ming tonnasi eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Sherobodda anorchilik bilan shug‘ullanuvchi oila bilan suhbatlashgani hamda Sherobod quyosh elektr stansiyasi qurilishiga tamal toshini qo‘ygani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

21 Apr 08:34
 
314
0
xs.uz

Dollar kursi pastlashda davom etmoqda

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'26,23 soʻmga'tushdi va'12 938,20 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'33,72'soʻmga'pastlab,'14 710,73'soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'1,23 soʻmga'oshdi va'159,51 soʻmni'tashkil qildi.

04 Apr 16:20
 
61
0
xs.uz

2025-yilda Oʻzbekistonga tashrif buyurgan hindistonliklar soni deyarli 50 foizga oʻsdi

2025-yilning yanvar-fevral oylarida Hindistondan Oʻzbekistonga 10,3 ming nafar turist tashrif buyurdi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumot berdi. Taʼkidlanishicha, mazkur koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 3,3 ming nafarga yoki 47,4 foizga koʻpni tashkil etmoqda.Turistlar tashrifi turli maqsadlarga asoslangan boʻlib, ularning eng koʻp qismi sayohat qilish uchun kelgan. Xususan, 5 ming 310 nafar Hindiston fuqarosi Oʻzbekistonga turizm maqsadida tashrif buyurgan. Bu e

20 Mar 12:50
 
39
0
postda.uz

VAZIFALAR QANDAY BAJARILMOQDA?

Qarshi shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda “qizil” toifadagi mahallalarda Prezidentning 2025-yil 3-yanvardagi “2025-yilda respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosi muhokama qilindi.Yig‘ilishda mahallalarni jinoyatdan xoli hududga aylantirish, ko‘chalarga kuzatuv kameralari o‘rnatish va ularni p

18 Apr 11:08
 
309
0
xs.uz

Dollar va yevro kursi pastladi, rubl esa koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'30,16 soʻmga'tushdi va'12 964,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'17,40 soʻmga'pastlab,'14 744,45 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,60'soʻmga'oshdi va'158,28 soʻmni'tashkil qildi.