Toshkent viloyatida "Lasetti" avtomashinasi 21 yoshli qiz tomonidan olib qochildi

2021 yilning 10 may kuni J. Azamat "102" qisqa raqamiga bergan xabariga ko'ra, shu kuni soat 15:00 larda Toshkent viloyati, Oqqo'rg'on tumani Mustaqillik ko'chasida joylashgan "Avto sug'urta" binosiga tanishi 33 yoshli A. Azamga tegishli "Lasetti" avtomashinasida "Sevara" ismli qiz bilan kelib, sug'urta polisini yangilash maqsadida avtomashinasini "Sevara" ga tashlab binoga kirib ketganini, qaytib chiqqanlarida esa avtomashinasi joyida yo'q bo'lib qolganligini maʻlum qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti maʻlum qildi.
Tezkor qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni 21 yoshli B.Sevara sodir etganligi aniqlanib, avtomashinani Totuvli mahallasi hududida boshqarib ketayotgan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Oqqo'rg'on tumani IIB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan B.Sevaraga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan.
Hozirda tergov davom etmoqda.
Tadbirkor ayollarga garovsiz kredit ajratiladi
Oʻzbekistonda ayollar tadbirkorligini rivojlantirish va ularni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yangi dasturlar joriy etilmoqda. Prezidentning 2025-yil 14-martdagi 'Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yana-da takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida'gi qaroriga koʻra, ayollar bandligini oshirish, taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish va ularning tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qator maqsadli chora-tadbirlar amalga oshiriladi.Qarorga muvofiq, 202
Toʻrtta viloyatda “valyutchik”lar qoʻlga olindi
Departamentning Xonobod shahri boʻlimi va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta qimmatliklari savdosi bilan shugʻullanib kelgan E.R. fuqaro A.T.ga 3 000 AQSH dollarini 38,7 million soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, 3 000 AQSH dollari, 35 950 Rossiya rubli va 3 000 qirgʻiz somi ashyoviy dalil sifatida olingan.Shu kabi, Departamentning Quyichirchiq tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.A. fuqaro U.B.ga 1 900 AQSH dollarini 24,7 million soʻmga,
Chiqindi poligonlarida ekosanoat zonalari tashkil etiladi
Chiqindilarni qayta ishlash sohasini yanada takomillashtirish va kompleks tizimlashtirish maqsadida Prezident Farmoni qabul qilindi. Bu haqda 'Huquqiy axborot' kanali xabar berdi.Unga koʻra, chiqindilarni qayta ishlash sohasida bir qator asosiy yoʻnalishlar belgilandi. Jumladan, mavjud qattiq maishiy chiqindi poligonlarini 2030-yilgacha 50 foizga qisqartirish va yangi hosil boʻlayotgan chiqindilarni poligonlarga yoʻnaltirmasdan, ularni maksimal darajada qayta ishlash yoki kuydirish belgiland
Oʻzbekistonda Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligi keng nishonlanadi
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriBuyuk vatandoshimiz, islomiy ilmlar rivojiga ulkan hissa qo'shgan benazir alloma, kalom ilmining sultoni Imom Abu Mansur 'Moturidiyning (keyingi o'rinlarda ' Imom Moturidiy) ibratli hayot yo'li va boy ilmiy-ma'naviy merosini har tomonlama chuqur o'rganishni rag'batlantirish, moturidiylik ta'limotiga xos bag'rikenglik va'mo'tadillik tamoyillarini xalqimiz va jahon jamoatchiligi o'rtasida keng targ'ib etish, yoshlarni Vatanga muhabbat, milliy va umumin