calendar 02 Apr 16:11
eye 61
comments 0
comments Manba: daryo

1-aprel – hazil kuni turli mamlakatlarda qanday nishonlanadi? (foto)

image

1-aprelda dunyoda norasmiy xalqaro bayram – kulgi yoki hazil kuni nishonlanadi. Aynan shu kunda do‘stlarni aldash yoki hazil qilish odat tusiga kirgan.

Yangi Zelandiya, Irlandiya, Buyuk Britaniya, Avstraliya va Janubiy Afrikada hazil qilish kunning birinchi yarmigacha bo‘ladi va bu vaqtdan keyin hazillashganlar “aprel tentaklari” deb nomlanadi.

Bayram tarixi

Foto: EPA

Bayram kuni ixtiro qilingan mamlakat haqida bir necha versiyalar mavjud. Ularning biriga ko‘ra, bayram qadimgi Rimda paydo bo‘lgan va kulgi ma’budi sharafiga nishonlash bilan bog‘liq.

Foto: EPA

Boshqa variantlarga ko‘ra, bayram qadimgi Hindistonda paydo bo‘lgan va u yerda 31-mart kuni nishonlanadi.

Foto: EPA

Bundan tashqari, dastlab Hindiston va Qadimgi Rimda 1-aprel kuni bahoriy tenglik kuni sifatida ham bayram qilingan. Shu munosabat bilan bu kunda turli xil hazillar, o‘yin-kulgilar uyushtirilgan. Shunday qilib odamlar tabiatni bahorgi injiqliklaridan tinchlantirishga harakat qilgan.

Foto: EPA

Ayrim manbalarga ko‘ra, 1-aprel Grigoriy taqvimiga o‘tish bilan bog‘liq. O‘rta asrlarda Yangi yil mart oyining oxirida kutib olingan va aprelning ilk kuniga qadar davom etgan.

XVI asr o‘rtalarida Fransiya qiroli Karl IX Yangi yilni 1-yanvarga o‘tkazib, taqvimni isloh qilgan. Ammo ko‘pchilik uni 1-aprelda nishonlashda davom etavergan. Shundan so‘ng ularni “aprel tentaklari” deb atashgan va o‘shandan buyon 1-aprel kulgi kuni sifatida qabul qilingan.

Foto: EPA

XVIII asrga kelib bayram ommalashgan. Ingliz, shotland va fransuz koloniyalarida ham keng tarqalgan. Qadimgi slavyanlarda esa ushbu bayram “uy odami”ni uyg‘otish sifatida nishonlanadi. Ular “uy odami” qishda uyquga ketadi va bahorda uyg‘onadi deb ishonishgan. Shuningdek, ular ham bu kunda kulgili kiyimlar kiyib, bir-birlari bilan hazillashgan.

Foto: EPA

Angliyada esa hazil va aldash kunning birinchi qismiga qadar qabul qilinadi. Kunning ikkinchi yarmidagi hazillar esa omadsizlik keltiradi, degan qarashlar mavjud.

Germaniyada 1-aprel kuni ishlamaslik va yangi ish boshlamaslikka harakat qilinadi. Kattalar orasida aqlbovar qilmas hikoyalar aytilsa, yosh bolalarga kabutar suti, chivin yog‘i olib kelish kabi imkonsiz bo‘lgan topshiriqlar beriladi.

Foto: EPA

Portugaliyada hazil kuni yakshanba va dushanba kunlari Pasxa bayramidan oldin keladi. Shu kunda odamlar bir-biriga un sepadi. Ispaniyada xuddi shu bayram 28-dekabrda nishonlanadi.

Fransiyada esa ushbu kunda odamlar bir-biriga qog‘ozdan yasalgan baliqni ehtiyotkorlik bilan yopishtirib qo‘yadi va ular “aprel baliqlari” deb ataladi.

Hindistonda esa mazkur bayram Holi festivali deb nomlanadi. Ular 31-mart kuni bir-birlariga bo‘yoq sepadi, olov ustidan sakrab, bahor kelishini shu tarzda nishonlaydi.

Foto: EPA


Doʻstlaringiz bilan ulashing

16 Apr 09:12
 
48
0
xs.uz

AQSHda Putinning yozda Ukrainada gʻalaba qozonish rejalari oshkor qilindi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Ukrainada 2025-yil yozida muzokaralarga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan jabhada gʻalaba qozonishini kutmoqda. Bu haqda CNN xabar bermoqda.Nashr mualliflarining yozishicha, Kreml AQSH prezidenti Donald Trampning amaldagi maʼmuriyatining qatʼiyatsizligini yaxshi biladi.Shu bilan birga, Putin 'Tramp oxir-oqibatda tishsiz va uni vaziyatni yumshatishdan bosh tortgani uchun samarali jazolamasligini tushunadi', deyiladi maqolada.Nashrning yozishicha, Putin Tram

18 Apr 11:08
 
27
0
xs.uz

Garvardga chet ellik talabalarni qabul qilish taqiqlanishi mumkin

AQSH Ichki ishlar vazirligi Garvard universitetiga chet ellik talabalarni qabul qilishni taqiqlash bilan tahdid qildi.Agar universitet 30-aprelga qadar antisemitizmga uchragan yoki boshqa talabalar yoki xodimlarga tahdid soladigan xorijlik talabalar toʻgʻrisida Ichki ishlar vazirligiga maʼlumot bermasa, xuddi shunday chora koʻrilishi mumkin. Shuningdek, idora ularga nisbatan qoʻllanilgan intizomiy choralar toʻgʻrisida maʼlumot berilishini talab qilgan.AQSH Ichki ishlar vaziri Kristi Noem

20 Mar 12:55
 
62
0
xs.uz

2024-yilda 150 dan ortiq iqlim ofatlari qayd etildi – BMT

BMTning Jahon meteorologiya tashkiloti (WMO) hisobotiga koʻra, 2024-yil yer yuzida rekord darajadagi issiq yil boʻldi. Issiqlik toʻlqinlari, suv toshqinlari va kuchaygan dovullar natijasida dunyo boʻylab 150 dan ortiq tabiiy ofatlar yuz berdi. Bu hodisalar millionlab insonlarning hayotiga taʼsir koʻrsatib, minglab uylarga zarar yetkazdi va oziq-ovqat yetishmovchiligiga sabab boʻldi.Hisobotda aytilishicha, dunyo boʻylab 800 mingdan ortiq kishi tabiiy ofatlar sababli oʻz uylarini tark eti

20 Mar 12:50
 
51
0
postda.uz

Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni

Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi