Fukusima AESdagi avariyadan keyin 10 yil o‘tdi. Falokat zonasi hozir qanday holatda? (foto)

Roppa-rosa o‘n yil oldin Yaponiyada 20 ming kishining hayotiga zomin bo‘lgan ulkan falokat yuz berdi. Qariyb 9 ballik zilzila ortidan kelib chiqqan sunami Fukusima atom elektr stansiyasini ishdan chiqardi. Oqibatda xavfli radiatsiya tarqalib, inson hayoti va atrof-muhitga tahdid sola boshladi va stansiya atrofidagi 160 mingdan ziyod aholi o‘z uyini tark etishga majbur bo‘ldi. Yaponiya hukumatining Fukusimadagi hayotni qayta tiklashga bo‘lgan sa’y-harakatlariga qaramay, aksariyat mahalliy aholi radioaktiv ta’sir xavfi va infratuzilmaning yetishmasligi sababli xaroba hududlarga qaytishni istamayapti. Falokat zonasining bugungi kundagi ahvoli haqida “RBK” fotoreportaj tayyorladi.
Sakae Kato 2011-yil mart oyida sodir bo‘lgan fojiadan so‘ng Fukusima prefekturasining Namie posilkasidagi uyini tashlab ketishdan bosh tortdi. Mana o‘n yildan buyon u yopiq zonada yashab, tashlab ketilgan mushuklarga g‘amxo‘rlik qilib keladi.
Foto: Reuters
O‘n yil davomida Kato 23 ta mushukni tuproqqa ko‘mgan va hozirda uning qo‘lida 41 ta mushuk bor. Shuningdek, u bir itni qutqarib qolgan va yovvoyi hayvonlarni ham boqdi.
Foto: Reuters
57 yoshli Kato tabiiy ofatdan oldin kichik qurilish kompaniyasiga ega edi. U egasiz uylarda tashlab ketilayotgan va o‘layotgan uy hayvonlarini ko‘rgach, 160 ming kishi tark etgan xavfli zonada qolishga qaror qildi.
Foto: Reuters
Kato yashayotgan joy uch avlod davomida uning oilasiga tegishli bo‘lgan. “Men ketishni istamayman, menga bu tog‘larda yashash yoqadi”, — deydi u
Foto: Reuters
Sakae Katoning uyi zararsizlantirish maydoni yonida joylashgan. Kato uyiga faqat rasmiy ravishda tashrif buyura oladi, ammo u yerda tunash taqiqlanadi. Ikki qavatli yog‘och bino achinarli ahvolda: taxta plitalari chirigan, u yer, bu yerdagi tom va devorlarda teshiklar paydo bo‘lgan.
Fojiadan keyin evakuatsiya amalga oshirilgan hududlarda aloqa uzilgan. Katoning uyida suv yo‘q, shuning uchun u xavfli zona tashqarisidagi jamoat hojatxonalaridan suv tashib kelishga majbur.
Foto: Reuters
Kato tashlab ketilgan mushuklarni tutish va qutqarish uchun foydalanadigan o‘lja solingan kosani ushlab turibdi.
Foto: Reuters
Katoning so‘zlariga ko‘ra, hayvonlarga oziq-ovqat olish uchun oyiga, taxminan, 7000 dollar pul ketadi.
Foto: Reuters
Sakae Kato yovvoyi cho‘chqalarni ham boqadi. Odamlar tashlab ketgan hududlarda ularning soni ko‘paymoqda. Mahalliy hokimiyat Katoning odamlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin bo‘lgan yovvoyi cho‘chqalarni parvarish qilayotganidan norozi. 25-fevral kuni Kato cho‘chqani tuzoqdan ozod qilgani uchun hibsga olingan.
Foto: Reuters
Xisae Unuma fevral oyida Fukusima prefekturasidagi Futaba posyolkasida qolgan o‘zining tashlandiq uyiga tashrif buyurgan edi. Uning uyi AESdan 2,5 km uzoqlikda joylashgan. Uy o‘n yil oldingi zilzilaga dosh bergan, ammo hozir qulab tushay deb turibdi. “U haliyam tik turganiga hayronman”, — dedi 67 yoshli fermer.
Foto: Reuters
Fukusima Chernobildan keyingi eng dahshatli yadro halokati bo‘ldi. Tabiiy ofatdan keyin 1150 kvadrat kilometr hudud zararlangan. Ushbu hudud tarkibiga 11 ta shahar va ko‘plab qishloqlar kiradi. 20 ming odam fojia qurboniga aylandi va prefekturaning 160 mingdan ortiq aholisi o‘z uylarini tark etdi.
Foto: Reuters
Xisae Unuma Masami Yosidzavaga tegishli fermer xo‘jaligidagi buqaga sabzavot yetkazib beradi. U hukumat va stansiya operatori bo‘lgan Tokyo Electric Power’ga qarshi norozilik sifatida nurlangan chorva mollarini o‘ldirish bo‘yicha buyruqni buzgan.
Tabiiy ofatdan keyin Unumaga tegishli 50 sigirdan faqat bittasi omon qolgan. Sigir Unuma va uning o‘tgan hayotini bog‘lab turgan so‘nggi nishonaga aylandi.
Foto: Reuters
Unuma hozirda Tokio yaqinidagi Saytama prefekturasida sabzavot yetishtiradi. 3 yil oldin Saytamada uning eri vafot etgan. Ayolning aytishicha, hukumat uning dalalaridan radioaktiv tuproqni qirib tashlagan taqdirda ham Futabaga qaytmaydi.
Foto: Reuters
Uning eski uyi atrofidagi radiatsiya darajasi Tokiodagi nurlanish darajasidan, taxminan, 20 baravar yuqori.
Foto: Reuters
Tokio Olimpiadasiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida Fukusimani milliy tiklanish ramziga aylantirgan hukumat aholini zararsizlangan hududga qaytishga chaqirmoqda. Biroq ko‘pchilik haliyam atom elektr stantsiyasi, yangi zilzilalar xavfi, ish joylari va sifatli infratuzilmaning yetishmasligidan xavotirlanmoqda.
Foto: Reuters
Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi
Italiya prezidenti kasalxonaga yotqizildi
Italiya prezidenti Serjio Mattarella shifoxonaga yotqizildi.Mahalliy 'La Stampa' gazetasining oʻz manbalariga tayanib xabar berishicha, prezidentga yurak stimulyatori oʻrnatish uchun shifoxonaga joylashtirilgan.Bir kun avval Mattarella Rimdagi Santo Spirito kasalxonasining kardiologiya boʻlimiga olib kelingan. Maʼlum boʻlishicha, unga yurak stimulyatori oʻrnatish zarurati bor.Xabarda aytilishicha, bu rejalashtirilgan protsedura.Mattarella hozir 83 yoshda. U dastlab 2015-yilda Italiya prezi
Rossiyadagi koʻp qavatli uylardan biridagi kvartirada toʻrt nafar oʻzbekistonlik jonsiz holatda topildi
Joriy yilning 13-aprel kuni Rossiyaning Kaliningrad shahri Gagarin koʻchasidagi koʻp qavatli uyda 4 nafar oʻzbekistonlik fuqaro jonsiz holatda topilgan.Maʼlumotlarga koʻra, ularning oʻlimida jinoyat alomatlari aniqlamagan va taxminan 11-13-aprel oraligʻida vafot etishgan. Oʻlimga is gazidan zaharlanish sabab boʻlgan. Fuqarolar xonadonni salkam bir oy avval ijaraga olgan. Ular Kaliningradga Oʻzbekistondan ishlash uchun borgan.Qoʻshnilar vafot etgan shaxslar haqida ijobiy fikr bildirgan
Kun tarixi: 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni
Mamlakatimizda har yili 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni sifatida keng nishonlanadi. Bunda “O‘zbekiston Respublikasida nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 1992-yil 14-oktabrdagi 47/3-sonli qarori huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.Ushbu sanani nishonlashdan asosiy maqsad – butun dunyoda amalga oshiriladigan dastur va loyihalarda nogironlar boshqa nogiron bo‘lmagan kishilar bilan teng huquqlilik asosi