Shubhali soliq operatsiyalari yuzasidan Davlat soliq qo'mitasi axboroti berdi

Maʻlumki, ommaviy axborot vositalarida Davlat soliq qo'mitasi tomonidan qo'shilgan qiymat solig'i to'lovlarini noqonuniy ravishda kamaytirish maqsadida shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan 396 ta tadbirkorlik subʻyekti bilan munosabatlarga kirishgan 8 ming 536 ta tadbirkor tomonidan qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha hisobga olingan 955 milliard so'm miqdorida soliq to'lovlariga o'zgartirishlar kiritilgani holati jamoatchilik orasida keng muhokamalarga sabab bo'lmoqda.
Yig'ilishda ushbu holat yuzasidan Davlat soliq qo'mitasining axboroti eshitildi.
Ushbu shubhali korxonalar "Bir kunlik firmalar" yoki "Naqdlashtiruvchi firmalar" ro'yxatining soliq xavfini aniqlash, tahlil qilish va baholash avtomatlashtirilgan dasturi asosida inson omilisiz shakllangan. Shuningdek, xo'jalik yurituvchi subʻyektlar lozim darajada ehtiyotkorlik chorasini ko'rish uchun kontragentini tekshirish va hujjatlarga ega bo'lish majburiyati 2020 yil 1 yanvarda amalda bo'lgan Soliq kodeksida belgilangan. Soliq kodeksining 14, 15 va 266-moddalari asosida hisobga olingan soliq summasiga tuzatish kiritilgan.
Reyestrga kiritilgan shubhali korxonalar bilan operatsiyalarni amalga oshirgan xo'jalik yurituvchi subʻyektlarning murojaatlariga tezkorlik bilan javob berish maqsadida Davlat soliq qo'mitasi va barcha hududiy davlat soliq boshqarmalarida maʻsul mutaxassislardan iborat ishchi guruhi tashkil etildi.

Bugungi kunda ishchi guruh aʻzolari tadbirkorlar bilan individiual tartibda suhbat olib borgan holda, masalalarga qonuniy yechim topmoqda.
Murojaat qilgan tadbirkorlik subʻyektlarining shubhali, deb topilgan korxonalar bilan bitimlari o'rganib chiqilmoqda, natijalari soliq qo'mitasining rasmiy saytida yoritib borilmoqda.
Davlat soliq qo'mitasi 2020 yilda pandemiya davrida soliq to'lovchilarni qo'llab-quvvatlash maqsadida chorakda bir marotaba soliq hisobotini taqdim etish huquqi berilishi ham shubhali korxonalarning vaqtida aniqlanmaganligiga sabab bo'lganini bildirdi.
Yig'ilishda deputatlar xorij tajribasidan kelib chiqib bir kunlik(obnal) firmalar muassislari va masʻul xodimlarining soliq hisobotlari bo'ycha masʻuliyatini oshirish, QQS bo'yicha alohida hisobraqami ochish takliflarini o'rganib chiqib qonunchilikka tegishli o'zgartirishlar kiritish masalalarini o'rtaga tashladi.
Shuningdek, kelgusida tadbirkorlarga yanada qulaylik yaratish maqsadida shubhali korxonalar reyestrini rasmiy veb-saytlarga tezkor joylashtirib borish choralarini ko'rish bo'yicha tavsiyalar berildi. Xo'jalik yurituvchi subʻyektlar lozim darajada ehtiyotkorlik chorasini ko'rish uchun kontragentini tekshirish va hujjatlarga ega bo'lish majburiyati va boshqa soliq islohotlari yuzasidan tushuntirish ishlarini jadallashtirish – kelgusida halol tadbirkorlarning ko'payishida muhim ahamiyat kasb etishi taʻkidlab o'tildi.
Tramp va Mask omma oldida janjallashdi
AQSH prezidenti Donald Tramp oʻzining sobiq doʻsti va ittifoqchisi, milliarder Ilon Maskni birinchi marta oshkora tanqid qildi. U tadbirkordan hafsalasi pir boʻlganini aytdi va Maskning 'Tesla' va 'SpaceX' kompaniyalariga davlat subsidiyalarini toʻlashni toʻxtatishni taklif qildi. Bunga javoban Mask uning yordamisiz respublikachi hech qachon prezidentlik saylovlarida gʻalaba qozona olmasligini aytdi va Trampni voyaga yetmaganlarni zoʻrlashga aloqadorlikda aybladi. Sobiq doʻstlar oʻrtasi
Isroilning navbatdagi hujumlari oqibatida Gʻazoda yana ellik nafardan ortiq odam halok boʻldi
Chorshanba kuni Isroilning Gʻazo sektoriga bergan navbatdagi zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 50 nafardan oshdi. Bu haqda 'Al-Jazira' telekanali Falastin tibbiy manbalariga tayanib xabar tarqatdi.'Isroilning chorshanba kuni ertalabdan Gʻazoga bergan zarbalari oqibatida 56 kishi halok boʻldi', ' deyiladi manbada.Avvalroq, Gʻazo sektori shimolidagi Jabaliya shahri va shu nomdagi lagerning bombardimon qilinishi oqibatida 30 nafardan ortiq odam halok boʻlgani xabar qilingandi.Falastin
Xitoy navbatdagi sunʼiy yoʻldoshni orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi
Xitoy yangi 'Shiyan-19' tajriba sunʼiy yoʻldoshini orbitaga muvaffaqiyatli olib chiqdi. Xitoy Aerokosmik fan va texnologiya korporatsiyasi xabariga koʻra, undan sunʼiy yoʻldosh aloqasi texnologiyasi boʻyicha tajribalar oʻtkazishda foydalaniladi.Uchirish seshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 2:09 da mamlakat janubi-gʻarbidagi Sichuan provinsiyasida joylashgan Sichan kosmodromidan 'Chanchjen-3S' raketasi yordamida amalga oshirildi.Korporatsiyaning taʼkidlashicha, sunʼiy yoʻldosh birinc
Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini taqiqladi. Ular qaysi davlatlar?
AQSH prezidenti Donald Tramp 12 davlat fuqarolarini AQSHga kirishini toʻliq va yana yetti davlat, jumladan Turkmaniston fuqarolarini qisman taqiqladi.Respublikachi bunday taqiqni oʻzining birinchi prezidentlik muddati davrida ham kiritgan edi, ammo hozir roʻyxatga KXDR va Suriya kiritilmagan.Oq uy saytida chop etilgan press-relizga koʻra, Afgʻoniston, Myanma, Chad, Kongo Respublikasi, Ekvatorial Gvineya, Eritreya, Gaiti, Eron, Liviya, Somali, Sudan va Yaman fuqarolariga toʻliq taqiq qoʻyi