calendar 29 Jan 18:10
eye 38
comments 0
comments Manba: daryo

Buyuk Britaniya va yana yetti davlatdan O‘zbekistonga keluvchilar uchun qo‘yilgan cheklovlar 1-martga qadar uzaytirildi

image

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq epidemiologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida, xususan, boshqa mamlakatlardan virusning yangi shtammlari kirib kelishining oldini olish borasida Buyuk Britaniya, Italiya, Germaniya, Daniya, Avstriya, Avstraliya, Niderlandiya va Janubiy Afrika davlatlari bilan xalqaro aviareyslar (kirish, chiqish va tranzit reyslar orqali mamlakatga kirish)ni to‘xtatish kabi choralar ko‘rilgan edi.

Hozirda yuzaga kelgan holatlar tahlili hamda yuqorida qayd etilgan mamlakatlardagi epidemiologik vaziyatni inobatga olgan holda 2021-yilning 1-fevraliga qadar kiritilgan cheklov muddati Respublika maxsus komissiyasining qarori bilan 2021-yilning 1-martiga qadar uzaytirildi. Bu haqda SSV xabar bermoqda.

Shuningdek, qoidaga ko‘ra:

  • Yuqorida nomlari sanalgan davlatlarda so‘nggi 14 kun davomida bo‘lgan shaxslar yuqoridagi cheklov amal qilgan davr mobaynida O‘zbekistonga kiritilmaydi.
  • So‘nggi 14 kun davomida ushbu davlatlarda bo‘lgan holda uchinchi davlatlar orqali kelayotgan O‘zbekiston fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar 14 kun davomida vaqtinchalik karantinda saqlash majmuasi yoki tegishli mehmonxonada karantinga olinadi.

Dekabr oyi o‘rtalarida Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi mutatsiyasi aniqlangandi. Ko‘pgina mamlakatlar, shu jumladan, Rossiya Buyuk Britaniyaga parvozlarni vaqtincha to‘xtatdi. Rossiyalik virusolog yangi variantning tez tarqalayotgani sababli u asta-sekin eski shtamm o‘rnini bosishini aytgan.

Avvalroq O‘zbekistonda fevral oyida karantin cheklovlari kuchaytirilishi haqidagi mish-mishlar rad etilgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
43
0
xs.uz

Uch oyda 15 mingdan ortiq oʻzbekistonlikka ipoteka kreditlari ajratildi

Unga koʻra, ajratilgan mablagʻlarning 3 trillion soʻmi Iqtisodiyot va moliya vazirligi va 1,1 milliard soʻmi tijorat banklari tomonidan taqdim etilgan. Bundan tashqari, Ipotekani qayta moliyalashtirish kompaniyasi tomonidan ham 310 milliard soʻmdan ortiq mablagʻ yoʻnaltirilgan.Shu yilning uch oyi davomida Oʻzbekistonning 15 033 nafar fuqarosi ipoteka kreditlarini olgan boʻlib, ularning 63 foizi erkaklarga berildi. 75 foiz holatda kredit oluvchilar mablagʻni yangi qurilgan uylar uchun o

18 Apr 11:08
 
324
0
xs.uz

Dollar va yevro kursi pastladi, rubl esa koʻtarildi

Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'30,16 soʻmga'tushdi va'12 964,43 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'17,40 soʻmga'pastlab,'14 744,45 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'0,60'soʻmga'oshdi va'158,28 soʻmni'tashkil qildi.

12 Apr 21:15
 
34
0
xs.uz

Oʻzbekiston va AQSH foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzoladi

7-aprel kuni delegatsiya togʻ-kon sanoati, mehmonxona biznesi va oziq-ovqat sanoati yoʻnalishlarida faoliyat yurituvchi kompaniyalar bilan muzokaralar olib bordi. Uchrashuvlarda Oʻzbekistonda biznes yuritish imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar va sarmoya uchun qulay muhit haqida taqdimotlar boʻlib oʻtdi.Yakunda foydali qazilmalar sohasida hamkorlik boʻyicha kelishuvlar imzolandi. Unga muvofiq, foydali qazilma konlarini izlash va qazib olishga sarmoya jalb qilish, yuqori darajada maydalash

16 Apr 09:12
 
39
0
xs.uz

Tramp dori vositalari va chiplarga ham boj joriy etmoqchi

Yangi bojlar sunʼiy intellekt, avtomobilsozlik va elektronika sohalarida katta ahamiyat kasb etuvchi chiplar hamda dori vositalarini ishlab chiqaruvchilarga qattiq zarba boʻlishi mumkin. Chunki bojlar narxlarning oshishiga va dorilarning tanqisligiga olib keladi.Tramp mahsulotlarni xorijdan olib kelish oʻrniga, ularni AQShda ishlab chiqarishni kuchaytirmoqchi. Lekin ishlab chiqarishni davlatning oʻziga koʻchirish yillarni talab qiladi va qimmatga tushadi.Taʼkidlash joiz, bojxona toʻlovlar