Jizzaxda noqonuniy oltin qazib olayotgan ikki erkak tosh ostida qolib, halok bo'ldi

Jizzax viloyati G'allaorol tumanida 26 yanvar kuni Buloqboshi QFYda yashovchi 4 fuqaroni hududdan 7—8 kilometr uzoqlikda joylashgan tog'dan noqonuniy ravishda oltinli rudani qaziyotgan paytida tosh bosib qolgan. Bu haqida Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi axborot xizmati xabariga tayanib "Tez.news"yozmoqda.
Maʻlum bo'lishicha, to'rt nafar fuqaro aholi yashash joyidan taxminan 7–8 kilometr uzoqlikda joylashgan tog'dan o'zlarini xavf ostiga qo'yib, tog' bag'riga 12–15 metr qazib kirib ruda olishayotgan paytda tosh fuqarolarni bosib qolgan. Oqibatda yigitlarning 2 nafari voqea joyida vafot etgan,2 nafari esa turli xil darajadagi sinish va boshqa tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasining jonlantirish bo'limiga yotqizilgan.
Mazkur fojia munosabati bilan Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasining masʻullari tomonidan muhokama uyushtirgan.
“Davlat boji toʻgʻrisida”gi qonunga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi
2025-yil 20-fevralda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni (OʻRQ-1032-son) bilan 'Davlat boji toʻgʻrisida'gi Qonunga bir qator muhim qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi. Ushbu oʻzgartirishlar issiqlik va elektr energiyasini yetkazib berish sohasi hamda chet el tijorat tashkilotlarining akkreditatsiyasiga oid masalalarni qamrab oldi.Qonunga muvofiq, issiqlik va elektr energiyasini yetkazib beruvchilarga tegishli fuqarolik ishlari boʻyicha va iqtisodiy sudlarga daʼvo, ari
Nurobod tumaniga ham yangi hokim tayinlandi
Buranov Maxsud Erkinovich Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.Maʼlumot uchun, Buranov mazkur tayinlovga qadar 'Agrobank' aksiyadorlik tijorat bankining Samarqand viloyati boshqarmasi boshligʻi lavozimida faoliyat koʻrsatgan.Hokimlik xabariga koʻra, bugun, 26-fevral kuni Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi boʻlib oʻtgan, unda tashkiliy masala koʻrilgan.Sessiyada viloyat hokimi vazifa
Kambagʻal oilalarga tadbirkorlik bilan shugʻullanishi uchun foizsiz ssudalar beriladi
Mahallalarning ixtisoslashuvi va drayver yoʻnalishlaridan kelib chiqib, kambagʻal oilalarga tadbirkorlik hamda dehqonchilik bilan shugʻullanishi uchun grant va foizsiz ssudalar ajratiladi. Bu haqida 'Huquqiy axborot' kanali maʼlumot berildi.'Aholini tadbirkorlikka jalb qilish va bandligini taʼminlash uchun moliyaviy yordamlar ajratish tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida'gi Prezident qarori (PQ-64-son, 14.02.2025-y.) qabul qilindi.Qarorga koʻra, aholin
Fargʻonada kelinlar sepiga “Maʼnaviy sarpo” beriladi
Botir MADIYOROV/'Xalq soʻzi'. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Fargʻona viloyati boʻlimi tashabbusi bilan 'Maʼnaviy sarpo' loyihasini amalga oshirishga kirishilmoqda.Ezgu tashabbus doirasida yangi oila qurayotgan kelinlar sarposini maʼnaviy jihatdan boyitish koʻzda tutilgan. Shu tariqa mumtoz va zamonaviy oʻzbek adabiyotining eng durdona asarlari jamlanib, yangi oilaga tuhfa etiladi. Bundan koʻzlangan maqsad oilalarda maʼnaviy-maʼrifiy muhit yaratish, kitobxonlik madaniyatin