“Chiroqchidagi masjid taqdiri sud qaroriga bog‘liq”. Adliya boshqarmasi mas’uli sukut saqlangan masala haqida so‘z ochdi

Qashqadaryoda soxta hujjatlar asosida faoliyati tugatilgan masjid taqdiri sud qaroriga bog‘liq ekani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i ishtirokidagi matbuot anjumanida boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Isoqov ma’lum qildi, deya xabar berdi “Daryo” muxbiri.
Ta’kidlanishicha, 28-yanvar kuni Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi mas’ullari ishtirokida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani tashkil etilgan.
Unda so‘z olgan boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Alisher Isoqov “Daryo” muxbirining “Chiroqchida 300 yillik tarixga ega masjid soxta hujjatlar bilan yopilgach, uning taqdiri nima bo‘ldi? Aholi shikoyati qanoatlantirildimi?”, degan savoliga “Mazkur ish sudda ko‘rib chiqilmoqda”, deb javob berdi.
Ma’lum qilinishicha, masjid yopilganidan norozi bo‘lgan aholi masjid soxta hujjatlar asosida yopilganini aytib, masjid faoliyati to‘xtatilishiga asos bo‘lgan yig‘ilish bayonnomasini haqiqiy emas, deb topishni so‘rab sudga murojaat qilgan.
“Masjid yopilishidan norozi bo‘lgan fuqarolar bilan suhbatlashib, ularga vakolat doiramizdan kelib chiqqan holda javob berganmiz. Qolaversa, o‘sha qishloqqa ham borib, odamlar bilan muloqot qildik. Adliya boshqarmasi ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organ bo‘lgani uchun taqdim qilingan hujjatga asoslanib, yangi masjidni ro‘yxatdan o‘tkazib berganmiz. Ayni kunda fuqarolar masjid yopilishiga asos bo‘lgan yig‘ilish bayonini haqiqiy emas deb topishni so‘rab, fuqarolik ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumanlararo sudiga shikoyat kiritilgan. Ish sudda ko‘rilmoqda. Sud qanday qaror chiqarsa, ish shunday tashkil etiladi”, — dedi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Daryo”ga murojaat qilgan chiroqchiliklar 300 yillik tarixga ega masjid soxta hujjatlar bilan yopilganini aytib, buni masjid imomiga nikoh o‘qitmay qo‘yganlik uchun o‘zlariga berilgan jazo deb hisoblayotganini ma’lum qilgandi. “Daryo” muxbiri bilan suhbatlashgan Musulmonlar idorasining viloyatdagi vakili Rahmatilla Usmonov esa “Bobosher” jome masjidi yopilmaganini, shunchaki hujjatlarida kamchilik borligini bildirgandi.
Ta’kidlash lozimki, mazkur maqolaga Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi o‘z vaqtida munosabat bildirmagan.
Andijonda 100 ming dollar imtiyozli kredit olib berishini aytgan shaxs ushlandi
Qayd etilishicha, Departamentning Hazorasp tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro T.J. fuqaro O.B.ning ishonchiga kirib, unga goʻyoki Xorazm viloyati tijorat banklarida ishlovchi tanishlari orqali 1,5 mlrd soʻm imtiyozli kredit ajratilishida yordam berishi evaziga 150 mln soʻm pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.Andijon viloyatida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa fuqaro U.O. fuqaro B.M.ga goʻyoki Andijon shahar bank xizmat
Oʻzbekistonda dollar kursi “qulamoqda”
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'62,87 soʻmga'tushdi va'12 768,26 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi ham'142,76 soʻmga'pastladi va'14 400,04 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli ham'1,56 soʻmga'tushib,'162,63 soʻmni'tashkil etdi.
Toʻrt oyda oʻzbekistonliklar 3 million AQSH dollarlik olma eksport qildi
Oʻzbekiston 2025-yilning yanvar-aprel oylarida xorijga umumiy qiymati 3 million AQSH dollariga teng boʻlgan 4 ming 727 tonna olma eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi tomonidan eʼlon qilingan rasmiy maʼlumotlarda keltirilgan.Davlatlar kesimida eng koʻp olma eksport qilingan davlat Rossiya boʻlib, bu davlatga jami 2 840 tonna mahsulot yetkazib berilgan. Ikkinchi oʻrinda esa 1 564 tonna bilan Qozogʻiston qayd etilgan. Bu ikki mamlakat umumiy eksport hajmining katta qismini
Dollar kursi oshishda davom etmoqda
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi 54,42 soʻmga oshdi va 12 760,21 soʻmni tashkil qildi.Yevro kursi ham 0,46 soʻmga koʻtarildi va 14 704,87 soʻm etib belgilandi.Rossiya rubli ham 0,88 soʻmga koʻtarilib, 160,08 soʻmni tashkil etdi.