calendar 28 Jan 16:10
eye 30
comments 0
comments Manba: daryo

Apple noodatiy kameralarga ega egiluvchan iPhone’ni yaratish ustida ish olib bormoqda

image

AQSh Patentlar va tovar belgilari byurosi Apple’ning bir nechta kameraga ega hamda egiluvchan korpusga moslashgan buklanuvchi qurilmasiga oid arizasini e’lon qildi. Kompaniyaning yangi patenti haqida PatentlyApple’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: Ldaily

Gap panoramali tasvirni olish uchun egiluvchan korpusning turli joylariga o‘rnatiladigan bir nechta kamerali qurilma haqida ketmoqda.

Foto: PatentlyApple

Egiluvchan korpusga o‘rnatilgan fotosensorlar datchiklarning qamrab olish kengligini turli burchaklar bilan ta’minlashi kerak.

Foto: PatentlyApple

Apple’ning birinchi egiluvchan smartfoni qachon taqdim etilishi noma’lum. “Patentdagi texnologiyada tasvirlangan buklanuvchan iPhone ehtimol, yaqin yillarda paydo bo‘lib qolar”, — deyiladi xabarda.

Avvalroq Apple kompaniyasi birinchi buklanuvchan iPhone’ni taqdim etish ustida ish olib borayotgani haqida xabar berilgandi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing