calendar 28 Jan 13:10
eye 51
comments 0
comments Manba: daryo

“Manchester Yunayted”, “Torino” va “Paxtakor”. Futbol tarixidagi eng dahshatli aviahalokatlar haqida

image

Braziliyaning to‘rtinchi divizionida harakat qiladigan “Palmas” klubi futbolchilaridan iborat samolyot 24-yanvar, yakshanba tongida aviahalokatga uchradi. Samolyot bortida bo‘lgan klub prezidenti hamda to‘rt futbolchi halok bo‘ldi. Shu munosabat bilan “Sport-Ekspress” nashri futbol olamiga ta’sir ko‘rsatgan eng dahshatli aviahalokatlarni yodga oldi. “Daryo” quyida ushbu maqolani o‘zbek tilida taqdim etadi.

“Torino”, Italiya

Sana: 1949-yil 4-may

Qurbonlar soni: 31 kishi

Hozir Italiyada “Yuventus” hukmronlik qilmoqda, o‘tgan asrning 40-yillarida esa A Seriyada “Torino”ga teng keladigani yo‘q edi. Yetti yil ichida klub besh marta skudettoni qo‘lga kiritgandi va Italiya futboli tarixida oltin dubl qayd etgan birinchiga jamoaga aylangandi. “Torino”ning buyuk tarixi jamoa a’zolari, rahbarlar va bir nechta jurnalistlar bo‘lgan samolyot Lissabondan “Benfika”ga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvidan qaytayotganda o‘z poyoniga yetadi.

Barselonada yonilg‘i quygan layner Turin tomon yo‘l oladi, ammo belgilangan manzildan 12 kilometr uzoqlikda kuchli tumanga duch kelinadi. Uchuvchi instinktlariga suyangan holda qo‘nishni amalga oshirmoqchi bo‘ladi va samolyot qanoti bilan mahalliy tepaliklarning birida qurilgan panjaralarga tegib ketadi. Shundan so‘ng samolyot yerga qulaydi, bortdagilardan esa hech kim omon qolmaydi. O‘sha jamoadan jarohati tufayli uyda qolgan Lauro Tomagina baxtli tasodif tufayli o‘limdan qutulib qolgan.

“Manchester Yunayted”, Angliya

Sana: 1958-yil 6-fevral

Qurbonlar soni: 23 kishi

Foto: Rolf Stang

Buyuk Mett Basbi jamoasi “Manchester Yunayted” tarixidagi eng iqtidorlilaridan biri bo‘lgan, uning fojiasi esa “qizil iblislar” Chempionlar Kubogi yarim finaliga yo‘l olgan paytga to‘g‘ri kelgan. Angliyaliklar Belgraddan “Srvena Zvezda”ga qarshi o‘yindan qaytayotgan edi va Myunxenda yonilg‘i quyishga to‘xtaladi. Shundan so‘ng samolyot chap dvigatelidagi nosozliklar tufayli ikki marta havoga ko‘tarila olmaydi, ammo ekipaj komandiri uchinchi bor urinishga qaror qiladi.

Buning ustiga o‘sha kuni kuchli qor yog‘ayotgandi. Yog‘ingarchiliklar to‘planib qolganligi sababli samolyot uchish-qo‘nish yo‘lagi oxirida tezlikni yo‘qotadi. Aeroport to‘sig‘ini yorib o‘tgan samolyot turar-joy binosiga borib uriladi. O‘sha paytda bortda 44 kishi bo‘lib, ulardan yigirma nafari vafot etadi. Ular orasida uch murabbiy va “Manchester Yunayted”ning sakkiz futbolchisi ham bor edi. Oradan o‘n yil o‘tib, Basbi Myunxenda omon qolgan Bobbi Charlton va Bill Foulks bilan birgalikda Yevropa Kubogida zafar quchadi.

“Strongest”, Boliviya

Sana: 1969-yil 26-sentabr

Qurbonlar soni: 74 kishi

“Strongest”ning 19 nafar futbolchisi bo‘lgan yo‘lovchi samolyoti Santa-Krusdan La-Pasga parvoz qilayotgandi. Layner And tog‘lari ustidan uchib o‘tayotganda bort bilan aloqa uzilib qoladi, bir soat o‘tgach esa samolyot radarlar kuzatuvidan ham g‘oyib bo‘ladi. Samolyot qoldiqlari ertasi kuni kechqurun topiladi, ammo fojianing aniq sababini bilishning imkoni bo‘lmaydi. Taxminlarga ko‘ra bortda yong‘in sodir bo‘lgan va tutun ekipajni favqulodda qo‘nishga majbur qilgan. Bularning barchasi kuchli qorbo‘ron bilan birga samolyotni Choketang tog‘iga qulashga olib kelgan.

“Paxtakor”, O‘zbekiston (SSSR)

Sana: 1979-yil 11-avgust

Qurbonlar soni: 178 kishi

Foto: “Paxtakor” FK

Dneprodzerjinskda aviatsiya tarixidagi eng katta fojialardan biri yuz bergan. Bu “Paxtakor” futbolchilari mahalliy “Dinamo” bilan o‘yin uchun Toshkentdan Minskga uchib kelayotgan odatiy reyslardan biri edi. Dispetcherning xatosi tufayli ichida “paxtakorchilar” bo‘lgan layner Chelyabinsk–Voronej–Kishinyov yo‘nalishidagi boshqa bir samolyot bilan to‘qnashib ketadi. Halokatda 178 kishi, jumladan, 14 nafar futbolchi va “Paxtakor”ning uch nafar xodimi halok bo‘ladi.

Zambiya terma jamoasi

Sana: 1993-yil 23-aprel

Qurbonlar soni: 30 kishi

Ushbu Afrika jamoasining samolyoti 1994-yilgi Jahon Chempionati saralashi uchun Senegal tomon yo‘l olgan edi. Parvoz yonilg‘i quyish uchun uchta qo‘nishni o‘z ichiga olgandi. Birinchisidan keyin dvigatel bilan bog‘liq muammolar aniqlanadi, ammo uchuvchi parvozni davom ettirishga qaror qiladi. Keyingisida esa layner muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshiradi va yonilg‘i quyadi ham, ammo parvoz paytida muammoli dvigatel yonib ketadi, vahimaga tushgan uchuvchi esa ikkinchi dvigatelni o‘chiradi. Shu tariqa samolyot dengizga qulab tushadi va bortdagilarning barchasi halok bo‘ladi.

“Shapekoense”, Braziliya

Sana: 2016-yil 28-noyabr

Qurbonlar soni: 71 kishi

Foto: Google Images

Avvalroq “Shapekoense” Braziliya A Seriyasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi, ammo to‘rt yil oldin ushbu jamoa qit’a maydonlarini yondirib tashlayotgandi va Janubiy Amerika Kubogi finaliga qadar yetib borgandi. Ammo Kolumbiyaning “Atletiko Nasyonal” klubiga qarshi birinchi o‘yinga uchish halokatli bo‘lib chiqdi va barchasiga yakun yasadi. Parvoz xarajatlaridan tejash, bortdagi uskunalar bilan bog‘liq muammolar va yonilg‘i yetishmasligi laynerning tog‘ga urilishi bilan yakun topdi.

Qutqaruvchilar yetti kishini tirik holda topishga muvaffaq bo‘ldi, ular orasida to‘rt nafar futbolchi ham bor edi. Keyinchalik ular orasidagi jamoa darvozaboni Danilu kasalxonada vafot etadi. Ushbu falokat 71 kishining hayotiga zomin bo‘ldi. Bular – jamoa murabbiylar shtabi, klub rahbarlari, futbolchilar, jurnalistlar, muxlislar va ekipaj a’zolari.

Emiliano Sala

Sana: 2019-yil 19-yanvar

Qurbonlar soni: 2

Foto: Daily Post

2019-yilda argentinalik hujumchi Emiliano Sala hayotida muhim voqea yuz bergandi – u Fransiyaning “Nant” jamoasidan o‘sha paytda APLda harakat qilgan “Kardiff”ga o‘tgandi. Angliyaga borish uchun 59 yoshli Devid Ibbotson boshqargan xususiy samolyot ijaraga olinadi. Uchuvchi garchi ob-havo yaxshi bo‘lishini kutgan va parvozni kechiktirgan bo‘lsa-da, vaziyat yomonlashishiga qaramay, uchishga qaror qiladi. Parvoz paytida balandlikni pasaytirish to‘g‘risida bir nechta ko‘rsatmalar kelib tushadi, shundan so‘ng samolyot tezlikni keskin oshirib, aylanishni va balandlikni o‘zgartira boshlaydi. Oxir-oqibat, layner La-Mansh kanali ustiga qulab tushadi. Bir necha kundan so‘ng esa halokat ro‘y bergan hududdan Salaning jasadi va samolyot qoldiqlari topiladi.

Boshqa maqolalar: 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

19 Aug 07:04
 
44
0
xs.uz

Messi maydonga tushmagan oʻyinda “Inter Mayami” AQSH liga kubogini tark etdi

MLSning amaldagi chempioni 'Kolambus Kryu' va Lionel Messi yetakchiligidagi 'Inter Mayami' oʻrtasidagi Liga kubogi 1/8 finali oʻyini yakunlandi. Uchrashuv 3:2 hisobida mezbonlarning gʻalabasi bilan yakunlandi. Shu tariqa, 'Kolambus Kryu' turnirning chorak finaliga chiqdi.Oʻyinda mezbonlar hujumchisi Diyego Rossi dubl qayd etdi. Yana bir golni Kristian Ramires kiritdi. 'Inter Mayami' safida Matias Roxas va Diyego Gomes gol urdi, urugvaylik hujumchi Luis Suares esa golli uzatmani amalga oshird

09 Oct 12:40
 
2
0
xs.uz

Oʻzbekistonlik futbolchi faoliyatini PSJda davom ettirishi mumkin

Fransiyalik insayder Muhammad Tuchabe-Ter Parijning PSJ klubi oʻzbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanovga qiziqish bildirayotgani maʼlum qildi. Bu haqda u oʻz X sahifasida yozdi.'PSJ braziliyalik himoyachi Markinosga oʻrinbosar izlamoqda va 20 yoshli Husanov bu pozitsiya uchun munosib nomzod', deydi u.Shuningdek, 'Foot01' sayti oʻzbekistonlik futbolchini eʼtirof etgan va tez orada uni Yevropaning top-klublarida, jumladan, PSJda koʻrishimiz mumkinligini qayd etgan.'Abduqodir Husanov mavsu

19 Aug 07:04
 
45
0
xs.uz

“Bunyodkor” stadionidagi 2 bahs terma jamoa oʻyini sabab boshqa joyga koʻchirildi

Shu yilning 5-sentyabr sanasida Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH'2026 saralashi doirasida KXDR termasini qabul qiladi.Bellashuvga 'Bunyodkor' arenasi mezbonlik qiladi.'Xabaringiz bor, yozning chillasidan chiqish 'Bunyodkor' uchun ogʻir kechdi. Ayni vaqtda stadion parvarishi uchun masʼul tashkilotlar sentyabr oyiga qadar vaziyatni oʻnglash ustida ishlamoqda. Atrofi tribunalar bilan toʻliq oʻralgan stadionlar maysasi avgust oyining soʻnggi 10 kunligiga kelibgina oʻzini tiklashni boshla

09 Oct 12:40
 
4
0
xs.uz

Yilning eng nufuzli ikkita kurash musobaqasi Termiz shahrida oʻtkaziladi

Farhod ESONOV/'Xalq soʻzi'. Joriy yilning 15-19-oktyabr kunlari dunyo polvonlari Prezident sovrini ' 20 ming AQSH dollari uchun bellashadi.Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun 'World Series Pro' xalqaro turnirining final bosqichi hamda Al Hakim at-Termiziy xalqaro musobaqasida sayyoramizning eng kuchli polvonlari bahslarga kirishadi.'World Series Pro' xalqaro turnirining Osiyo, Yevropa, Afrika va Pan-Amerika qitʼasidan saralangan 80 nafar kurashchi Oʻzbekiston Respublikasi Prezi