calendar 10 Oct 11:20
eye 31
comments 0
comments Manba: zamin

Yangicha dizayn, katta ekran va 5G: Yangi iPhone haqida nimalar maʻlum?

image
Foto: Alex Tai / SOPA Images / LightRocket via Getty Images
13 oktyabr kuni Apple yangi mahsulotlari taqdimotini o'tkazadi. Kompaniya aynan nimalarni namoyish etishiga aniqlik kiritmagan, lekin bozor tahlilchilari yangi iPhone kutishmoqda.

Yangi displey
Insayderlarning maʻlumot berishicha, 13 oktyabrda kompaniya tarixidagi eng katta displeyga ega iPhone taqdim etiladi. Xususan, 9to5Mac nashri tahlilchi Min-Chi Kuoga tayanib taqdimotda diagonali 6,7 dyuymli OLED-displeyga ega smartfon namoyish etilishini yozmoqda. Yangi iPhone ekrani 6,5 dyuymdan katta bo'lishi haqida Bloomberg ham yozgandi.

Yangi sensor
Yangi Apple smartfonining Pro-versiyasi LiDAR skaneri bilan jihozlanadi, deb yozadi Bloomberg. Bu sensor to'ldirilgan voqelik ilovalari (AR-ilova) ishlashini yaxshilaydi.

Uchta kamera
Bloomberg manbalari va Min-Chi Kuoning maʻlumot berishicha, iPhone 12 Pro va 12 Pro Max uchta kameraga ega bo'ladi. Arzonroq modellar esa ikkita kamera bilan jihozlanadi.

Yangicha dizayn
Bloomberg jurnalisti Mark Gurmanning yozishicha, Apple smartfonlari 2017 yildan buyon ilk bor mutlaqo yangicha dizaynda chiqadi. Uning maʻlumotiga ko'ra, dizaynerlar korpus chetlarining yassi bo'lishidan qochishgan. Shuningdek, iPhone 12 korpusi alyuminiydan tayyorlanadi, qimmatroq Pro modellariniki esa zanglamaydigan po'latdan ishlanadi.

Doʻstlaringiz bilan ulashing