calendar 27 Sep 11:10
eye 45
comments 0
comments Manba: daryo

Himoya niqoblarini tayyorlash uсhun eng yaxshi material nomi ma’lum bo‘ldi

image

Kaliforniya universiteti olimlari koronavirusdan himoya qilishda eng samarali bo‘lgan material nomini e’lon qildi. Tadqiqotchilar fikricha, bu ipak matosi hisoblanadi, deb yozadi Plos One.

Foto: Shutterstock

Ekologik toza sharoitda tayyorlangan ipak mikroblarni yo‘q qilish xususiyatiga ega. Undagi mis dezinfeksiyalovchi ta’sirga ega.

Olimlarning ta’kidlashicha, paxtadan tayyorlangan niqoblar yarim soatdan so‘ng himoya qilish funksiyasini to‘xtatsa, bu kabi ipak matolar muntazam “nafas oladi”.

Avvalroq singapurlik olimlar datchik yordamida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha parametrlarni kuzatib, Bluetooth orqali uni smartfonga uzatuvchi niqob yaratgani to‘g‘risida xabar berilgandi. Yaponiyada esa nutqni tarjima qilish funksiyasiga ega niqob ixtiro qilingan.


Doʻstlaringiz bilan ulashing