calendar 18 Sep 17:10
eye 41
comments 0
comments Manba: daryo

“Rospotrebnadzor” koronavirusning aniqlangan mutatsiyalari haqida ma’lumot berdi

image

Hozirgi kunda dunyoda koronavirusning minglab mutatsiyasi mavjud, deb xabar bermoqda “RIA Novosti” “Rospotrebnadzor” matbuot xizmatiga tayanib.

Foto: Getty Images

Xabarda aytilishicha, ulardan 22 tasi qayd etilgan va barqaror ravishda meros bo‘lib kelmoqda. Bu mutatsiyalar 2020-yilning yanvar oyidan mart oyi oralig‘ida paydo bo‘lgan, keyinchalik virus genomida keng tarqalgan mutatsiyalar aniqlanmagan.

Koronavirus genomi o‘zgaruvchanligini tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, eng barqaror o‘zgarish ikkita yagona mutatsiyaning paydo bo‘lishidir. Ayni paytda o‘rganilayotgan namunalarning 93 foizida ushbu bir juft o‘zgarishga ega.

Ushbu mutatsiyaga virusning dastlabki variantlari yanvar oyi oxirida Xitoyda, keyinchalik Avstraliyada aniqlangan. Fevral oyiningi oxirida esa ular G‘arbiy Yevropaning aksariyat mamlakatlarida, Saudiya Arabistoni, AQSh, Kanada, Meksika, Braziliya, Marokash va Senegalda topilgan.

Qayd etilishicha, Rossiyada o‘rganilayotgan namunalarning taxminan 99 foizida ushbu mutatsiya juftligi topilmoqda.

Biroq mutaxassislar Rossiya va xorijiy mamlakatlardagi koronavirus genomlarini taqqoslagandan so‘ng, P314L (ORF1b gen) va D614G (gen S) mutatsiyasiyali shtammlarning G‘arbiy Yevropada keng tarqalgan variantlari Rossiyaga 2020-yilning mart va aprel oylarida ommaviy ravishda olib kelinganligini aniqlagan.

Avvalroq AQSh bosh infeksionisti koronavirusning xavfli mutatsiyasidan ogohlantirgandi. Indoneziya olimlari koronavirusning mutatsiyaga uchragan shtammini aniqlagandi. Hindistonlik shifokorlar ham yangi turdagi koronavirusning 10 ta mutatsiyasini aniqlagan.

Doʻstlaringiz bilan ulashing