calendar 17 Sep 16:10
eye 39
comments 0
comments Manba: daryo

“Qizil kalit”: kompyuterdagi ma’lumotlarni zudlik bilan o‘chirib tashlashga qodir fleshka yaratildi

image

Fayllarni, masalan, suratni o‘chirib tashlash har doim ham oson bo‘lavermaydi, aksariyat ma’lumotlarni baribir qayta tiklash mumkin. Bu esa ma’lum darajadagi xavfni yuzaga keltiradi, ayniqsa, gap eski qurilmani sotish haqida ketganda. Bu kabi holatlar uchun Redkey USB Computer Data Wipe Tool paydo bo‘ldi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Kickstarter

Devays USB konnektorga ega eshik kaliti shaklida ishlangan. Ixtirochilar undan foydalanishni maksimal darajada osonlashtirgan: uni shunchaki kompyuterga ulash va bir-ikkita klavishlarni bosish kerak xolos. Jarayonni boshqarish uchun kengaytirilgan sozlamalar menyusidan ham foydalansa bo‘ladi.

Redkey uchun barcha ma’lumotlarni o‘chirishga bir necha soniyadan ikki daqiqagacha vaqt talab etiladi. Loyiha mualliflari zarur fayllardan nusxa olib qo‘yishni tavsiya qiladi — “kalit”dan foydalangandan so‘ng ularni ortga qaytarib bo‘lmaydi. O‘chirish dasturi yozib oladigan barcha qurilmalarda ishlaydi.

“Kalit”dan kompyuterdagi barcha ma’lumotlarni o‘chirishdan tashqari raqamli hujjatlar uchun mo‘ljallangan shrederlarda ham foydalansa bo‘ladi. Redkey dunyo bo‘ylab turli mudofaa tashkilotlari tomonidan o‘rnatilgan NIST, GDPR va boshqa qator ma’lumotlarni o‘chirishga mo‘ljallangan global standartlarga mos keladi.

Shuningdek, ixtirochilar undan foydalanishdagi qulaylikni ham yoddan chiqarmagan. Kompyuterdagi ma’lumotlar o‘chirilayotgan bir vaqtda qurilma ekranida Yerning turli nuqtalaridagi skrinseyverlar surati paydo bo‘ladi.

Redkey’dan 2000-yildan keyin ishlab chiqarilgan kompyuterlarda foydalanish mumkin. Minimal talab: Windows operatsion tizimi va 512 megabayt tezkor xotira yoki 2006—2016-yillarda oddiy USB portga ega Intel protsessorida yaratilgan Apple kompyuterlari. Aftidan, yangi Type-C’li MacBook’da bu foyda bermaydigan ko‘rinadi.


Doʻstlaringiz bilan ulashing