calendar 09 Sep 12:40
eye 45
comments 0
comments Manba: sof

Yana 224 kishida koronavirus infektsiyasi aniqlandi – O'zbekiston

image

2020 yil 9 sentyabr soat 17:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 44781 (+224) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi jamoatchilik bilan aloqalar bo'limi xabar berdi.

Yangi kasallanish holatlarining 204 nafari Toshkent shahrida, 20 nafari Toshkent viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Shu bilan birga, Yunusobod tumanida yashagan 56 yoshli E.A. (erkak) hamda Shayxontohur tumanida yashagan 59 yoshli Z.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 167 nafar, Toshkent viloyatida 69 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Namangan viloyatida 8 nafar, Farg'ona viloyatida 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Shunday qilib yurtimizda 42162 (+264) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (94 foiz) sog'aygan.

Hozirda mamlakatimizda 2255 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda. 


Doʻstlaringiz bilan ulashing

12 Apr 21:15
 
31
0
xs.uz

Jahon bozorida neft narxi yuqoriladi

Unga koʻra, mazkur holat oʻtgan haftadagi kuchli narxlar pastlashishidan soʻng tiklanish boʻldi. Qiymat pasayishiga AQSHning yangi boj tariflari global iqtisodiyotda inqiroz keltirib chiqarishi va neftga boʻlgan talabni kamaytirishi haqidagi xavotirlar sabab boʻlgandi.Brent neftining bir barreli 65,02 dollarni, WTI nefti esa 61,61 dollarni tashkil etdi. Tahlilchilarga koʻra, agar narxlar 60 dollardan pastga tushsa, ishlab chiqaruvchilar sarmoyani qisqartirishi mumkin, bu esa narxlar uchun

20 Mar 12:54
 
29
0
xs.uz

Sirdaryoda Vengriyaning “ZA-Invest Poultry” kompaniyasi bilan hamkorlikda 8 ta fabrika quriladi

Ahmadali SHERNAZAROV/'Xalq soʻzi'. Sirdaryo viloyatida Vengriyaning 'ZA-Invest Poultry' kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirilayotgan loyiha doirasida klasterning 130 gektar maydonida 8 ta parrandachilik fabrikasi, inkubator, kushxona va qayta ishlash sexlari, ozuqa ishlab chiqarish korxonasi, muzlatkich va maʼmuriy binolar quriladi. Loyiha toʻliq amalga oshirilgach yiliga 16 million dona broyler tovuq yetkazib beriladi va 120 ming tonna omuxta yem ishlab chiqariladi.Ushbu yirik loyihan

20 Mar 12:54
 
52
0
xs.uz

Yangi tashkil etilgan Kichik biznes uyushmasiga rahbar tayinlandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 19-mart kuni boʻlib oʻtgan kichik va oʻrta biznes vakillari bilan uchrashuvida Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani haqida'xabar bergan edik.Oila va xotin-qizlar qoʻmitasiga koʻra, mazkur yigʻilishda davlat rahbari Kichik biznes uyushmasini tashkil qilish hamda unga Mirzaliyeva Kamolat Kukanbayevna rahbar etib tayinlanishi boʻyicha tadbirkorlar tomonidan ilgari surilgan tashabbusni'maʼqullagan.Maʼlumot uchun, Kam

12 Apr 21:15
 
26
0
xs.uz

Xitoy AQSHga javoban uning tovarlariga 125 foizlik bojlar joriy etdi

Bojlar joriy etilishidan avval Xitoyning AQSH tovarlariga nisbatan boj stavkalari barcha mahsulotlarga tatbiq etilmagan va asosan 10 yoki 15 foizni tashkil etgan.Nashrning Xitoy savdo vazirligiga tayanib yozishicha, Vashingtonning haddan tashqari yuqori tariflardan foydalanishi iqtisodiyotni raqamlar oʻyiniga aylantirib yubordi va bu yana davom etsa, Xitoy bunday choralarni eʼtiborsiz qoldiradi.Taʼkidlash joiz, ikki davlat oʻrtasidagi tovar ayirboshlash hajmi har yili qariyb 700 milliard dol