calendar 05 Sep 10:31
eye 60
comments 0
comments Manba: qalampir

Tarixdagi eng arzon MacBook sotuvga chiqariladi

image
image

Apple kompaniyasi o'z tarixida ilk bor eng arzon MacBook sotuvini yo'lga qo'yish ostonasida turibdi. Uning narxi oddiy mijozlar uchun 849 dollardan, talabalar uchun 799 dollardan boshlanadi. Bu haqda ixbt.com maʻlumot berdi. 

Maʻlumotga ko'ra, MacBook'ga 12 dyuymli Retina ekran o'rnatiladi. U 8 yoki 16 GB tezkor xotira, 256 dan 1 TB gacha bo'lgan SSD, Facetime HD kamerasi bilan taʻminlanadi. Quvvatining ishlash muddati 15 dan 20 soatgacha yetadi. U bitta USB Type-S porti, "kapalak" mexanizmli to'rtinchi avlod klaviaturasiga ega bo'ladi. Og'irligi esa taxminan 900 gramm.

Yangi MacBook'ning ranglari kumushrang, oltinrang va to'q kul rang bo'ladi. 

Shunday qilib, yangi MacBook Apple tarixidagi eng arzon noutbukga aylanishi mumkin.

Hozirgi kunda AQShdagi eng arzon noutbuk - Apple kompaniyasining 13 dyuymli MacBook Air'i hisoblanadi. Uning narxi 999 dollardan boshlanadi (talabalar uchun 899 dollardan).

Rushanabonu Sultonova


Doʻstlaringiz bilan ulashing