Koronavirus pandemiyasiga qaramasdan Turkmanistonda talabalar paxta terimiga jo‘natiladi
Ob-havo sharoitlari sababli Turkmanistonning Lebop viloyatida g‘o‘za bilan band bo‘lgan maydonlarning taxminan 60 foiziga ekin qayta ekilgan. Shu sababli paxta terimining boshlanishi noma’lum muddatga qoldirildi. Bu haqda ”Xronika Turkmenistana” xabar berdi.
Qayd etilishicha, terim mavsumi ortga surilganiga qaramasdan viloyatdagi Saidiy nomidagi pedagogika instituti talablari va bir necha litsey o‘quvchilari paxta terimiga borishi zarurligi haqida ogohlantirilgan. Talabalar viloyatning uzoq tumanlariga olib ketiladi.
Talabalar va budjet tashkilotlari xodimlari 2020-yilda koronavirus pandemiyasi sababli aholini paxta terimiga ommaviy jo‘natish bekor qilinishiga umid bildirgandi, biroq bu yuz bermadi.
Tumanlardagi qishloq xo‘jaligi birlashmalari rahbarlari qarshi chiqishiga qaramasdan hududlar rahbarlari talabalar va davlat idoralari xodimlarini qo‘shimcha ish kuchi sifatida paxta terimiga jo‘natadi. Paxta ishlab chiqaruvchilarning o’zlari ham bunday yordamni xohlamaydi. Bu ular uchun ortiqcha xarajat va ishlarni yuzaga keltiradi.
Avvalroq Turkmanistonning Sarhadobod shahrida pista terishga jo‘natilgan 11 nafar askar halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Shimoliy Koreya Ukrainada Rossiyaga yordam berayotgan boʻlishi mumkin — Seul
Ukraina kuchlarining yaqinda uyushtirgan hujumida Shimoliy Koreya askarlari halok boʻlgan boʻlishi mumkin. Shimoliy Koreya askarlari Ukrainada Rossiya qoʻshinlari bilan birga jang qilyapti degan taxmin bor. Bu fikrlarni Janubiy Koreya mudofaa vaziri Kim Yong Xyon aytib oʻtdi.Vazir mahalliy siyosatchilarga 3-oktyabr kuni Donesk yaqinidagi Ukraina zarbasidan 6 nafar Shimoliy Koreya zobiti halok boʻlganligi ehtimoli yuqori ekanini maʼlum qildi. Bu haqda oʻtgan hafta Ukraina matbuoti xabar qi
Ukraina Rossiya tomonidan bosib olingan Qrimdagi neft terminaliga zarba berdi
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy urush muhim bosqichga kirganini maʼlum qilganidan keyin mamlakat harbiylari bosib olingan Qrimdagi Rossiyaning urush harakatlari uchun muhim boʻlgan yirik neft terminaliga zarba berganini aytdi.'Tunda Qrimning vaqtincha bosib olingan Feodosiya shahridagi dushmanning dengizdagi neft terminaliga muvaffaqiyatli zarba berildi', ' deyiladi ukrainalik harbiylar tomonidan tarqatilgan xabarda.Moskva ham, Kiyev ham qimmatga tushayotgan urushni qanday davom ettirish
Isroil “Hizbulloh”ning yana bir yetakchisini yoʻq qilganini maʼlum qildi
Isroil mudofaa kuchlari 'Hizbulloh' harakatining Bayrutdagi shtab-kvartirasi qoʻmondonlaridan biri yoʻq qilinganini maʼlum qildi.Manbaga koʻra, 'Hizbulloh' shtab-kvartirasi qoʻmondoni Suhayl Husayn Husayniy havo kuchlari tomonidan berilgan aniq zarbada halok boʻlgan. U Erondan logistika va qurol-yarogʻ yetkazib berish hamda harakat boʻlinmalari oʻrtasida qurol taqsimoti uchun masʼul boʻlgan.Avvalroq, Isroil Bayrutdagi 'Hizbulloh' razvedka boshqarmasiga tegishli nishonlarga zarba berga
Isroil hujumlari oqibatida Gʻazoda halok boʻlganlar soni 42 mingdan oshdi
2023-yilning 7-oktyabridan beri Isroilning Gʻazo sektoriga uyushtirgan zarbalari oqibatida halok boʻlganlar soni 42 mingdan oshgan, Bu haqda anklav sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlum qildi.Vazirlik bayonotiga koʻra, soʻnggi 24 soat ichida Gʻazo sektoridagi shifoxonalarda 45 kishi hayotdan koʻz yumgan va yana 130 nafar yaralangan inson olib kelingan.'Oʻtgan yilning 7-oktyabridan buyon halok boʻlganlar soni 42 010 nafarga yetdi, 97 720 nafari jarohat olgan', ' deyiladi bayonotda.2023-yil