calendar 03 Sep 12:31
eye 51
comments 0
comments Manba: qalampir

Yangi rekord: O'zbekistonda koronavirusdan sog'ayganlar 40 mingdan oshdi

image
image

 Bugun, 3 sentyabr soat 17:00 holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 53 nafarga oshib, jami bemorlar 42688 nafarga yetdi. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirligi xabar berdi.
 
Yangi kasallanish holatlari: 

•  47 nafari Toshkent viloyatida;

•  6 nafari Andijon viloyatida tana harorati ko'tarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.
 
Shu bilan birga, Chinoz tumanida yashagan 71 yoshli O.A. (ayol) hamda Olmazor tumanida yashagan 46 yoshli N.M. (ayol), jami 2 nafar koronavirusga chalingan bemor vafot etdi.
 
Bugun ayni paytga qadar Toshkent shahrida 115 nafar, Toshkent viloyatida 51 nafar, Sirdaryo viloyatida 17 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, Namangan viloyatida 6 nafar hamda Qashqadaryo viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi. 

Shunday qilib, O'zbekistonda 40081 (+198) nafar koronavirus infektsiyasiga chalingan fuqarolar (93 foiz) sog'aygan.
 
Hozirda mamlakatda 2274 nafar bemorga shifokorlar tomonidan belgilangan standartlar bo'yicha davo choralari ko'rilmoqda.

Ahrorbek Hayrullayev


Doʻstlaringiz bilan ulashing

08 Sep 16:44
 
24
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 7-sentyabr kuni qanday ob-havo boʻlishi maʼlum qilindi

Unga koʻra, Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 12-14 daraja, kunduzi 24-26 daraja boʻladi.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja, kunduzi 20-25 daraja boʻladi.Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo

24 Aug 17:26
 
21
0
xs.uz

Oʻzbekistonda 24-avgust kuni qanday ob-havo kutilayotgani maʼlum qilindi

'Oʻzgidromet' 24-avgust, shanba kuni kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.Toshkent shahrida havo bir oz bulutli, vaqti-vaqti bilan oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 metr/sekund tezlikda esadi, kechga tomon 10-12 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo bir oz bulutli, baʼzi joylarda oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 9-14 metr/sekund tezlikda esadi.Buxoro va Navoiy v

24 Aug 17:26
 
28
0
xs.uz

Oʻzbekistondagi hududlarning master rejalari ishlab chiqiladi

Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-avgustdagi 497-son qarori bilan Hududning master-rejasini ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash toʻgʻrisidagi nizom qabul qilindi.Prezidentning 2023-yil 11-sentyabrdagi PQ-299-son qaroriga muvofiq, shaharsozlik va tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish, hududlar qismlarining yaqin, oʻrta va uzoq muddatli istiqbolda hududiy va iqtisodiy rivojlanishini rejalashtirish hamda ularning iqtisodiy salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun master-rejalarni ishlab ch

10 Oct 16:28
 
18
0
xs.uz

“Milton” toʻfoni sabab AQSHdagi oʻzbekistonliklar ogohlikka chaqirildi

Joriy yilning 6-oktyabr kuni Florida hukumati 'Milton' toʻfoni yaqinlashib kelayotgani sababli shtatning 51 shahrida'favqulodda holat'eʼlon qilgan edi. Shu munosabat bilan Oʻzbekistonning AQSHdagi elchixonasi vatandoshlarga murojaat bilan chiqib, ehtiyot choralarini koʻrishga chaqirdi. Bu haqda 'Dunyo' axborot agentligi'xabar bermoqda.Unga koʻra, fuqarolar'shoshilinch yordam kerak boʻlsa, elchixonaning quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishi'mumkin:Shuningdek, toʻfon natijasida jabr