Vaqti kelib, o'qituvchilarning oyligini 1000 dollar ekvivalentiga yetkazamiz – Shavkat Mirziyoyev

Bugun Ko'ksaroy qarorgohida mustaqilligimizning 29 yilligi bayramiga bag'ishlangan tantanali tadbir bo'lib o'tmoqda. Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so'zladi.
«Bugun jahon miqyosida yurtimiz haqida so'z ketganda »Yangi O'zbekiston" iborasi tilga olinmoqda. Bu keyingi yillarda taraqqiyotning mutlaqo yangi bosqichiga qadam qo'yganimiz, erishayotgan zalvorli yutuqlarimizning eʻtirofidir.
Hozirgi zamonda O'zbekistonda yangi bir uyg'onish – Uchinchi Renessans davriga poydevor yaratilmoqda, desak, ayni haqiqat bo'ladi. Chunki bugungi O'zbekiston – kechagi O'zbekiston emas. Bugungi xalqimiz ham kechagi xalq emas.
Agar biz maktabgacha taʻlim, umumiy taʻlim, oliy taʻlimni rivojlantirsak albatta, uchinchi Renessansga erishamiz. Tanamizda buyuk bobolarning qoni bor, farzandlarimizda bunga 100 foiz bilimi ham, g'ayrati ham bor. Faqat biz ularga imkoniyat yaratishimiz kerak.
So'nggi 4 yilda mamlakatimizda 44 ta yangi oliy taʻlim muassasalari tashkil etildi. Yil oxirigacha yana 43 ta ochiladi. Bu ko'rsatkichlar yoshlarimizning, ota-onalarning ertangi kunga ishonchidan darak beradi. «Davlat sharoit yaratyapti, men farzandimni o'qitaman, kamolini ko'raman» demoqda.
Bu yil 1,5 mln o'g'il-qizlarimiz o'qishga hujjat topshirdi. Kelinglar, ularga imtihonlarda omad va zafarlar tilaylik.
Ota-ona maktab jamoasidan qachon rozi bo'ladi? Qachonki maktabga, taʻlim tizimiga ishonsa. Vaqti-soati keladi, o'qituvchilar oyligini 1000 dollar ekvivalentiga yetkazamiz. Taʻlimni, o'qituvchini obro'sini ko'tarsak, maktab ostonasini «SIZ» desak, albatta yillar o'tib hozirgi 1-sinf o'quvchisi ertaga Ulug'bek, Ibn Sino, Beruniy bo'ladi. Men bunga ishonaman" - dedi prezident.
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya oʻtkazildi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti tomonidan oliy taʼlim sohasidagi zamonaviy tendensiyalar, xalqaro tajribalar va innovatsion yondashuvlarni tahlil qilish, ularni milliy va xalqaro taʼlim tizimiga moslashtirish yoʻllarini muhokama qilish maqsadida 'Koʻp tarmoqli tadqiqot va taʼlimning global istiqbollari' mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya tashkil etildi.Xalqaro konferensiya qamrovi va geografiyasi ham ancha keng boʻldi. Xususan, xalqaro konferensiya ishida mamlakatimizdagi
Chet elliklar Oʻzbekistonga qanday maqsadlar bilan tashrif buyurmoqda?
Unga koʻra, yanvar oyida jami 678,7 ming nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda yurtimizga kelishgan. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 158,5 ming nafarga yoki 30,5 % ga koʻproq.Xorijliklarning 461 277 nafari qarindoshlarini yoʻqlash, 88 336 nafari xizmat yuzasidan, 75 392 nafari sayyohlik maqsadida, 41 196 nafari tijorat uchun, 8 966 nafari davolanish uchun boʻlsa, 3 508 nafari oʻqish maqsadlari bilan Oʻzbekistonga kelishgan.
Dollar kursi biroz pastladi
Unga koʻra, dollarning rasmiy kursi'10,77 soʻmga'tushdi va'12 969,56 soʻmni'tashkil qildi.Yevro kursi'10,96 soʻmga'pastlab,'14 768,44 soʻm'etib belgilandi.Rossiya rubli'2,58 soʻmga'oshdi va'157,09 soʻmni'tashkil qildi.
NAVBAHORDA TARG‘IBOT TADBIRLARI
Navbahor tumanida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.Mutassaddilar tumanning “Mehnat” mahallasida issiqxona tashkil etilgan xonadonlarda bo‘lishdi. Jumladan, Navoiy viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i, podpolkovnik F. Usmonov aholining tomorqa yerlaridan samarali foydalanish, bahorgi mavsumda daraxt ko‘chatlari va ozuqabop ekinlarni ekish, issiqxona xo‘jaligini tashkil etish bo‘yicha shart-sharoitlari bilan tanishd